Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

JABBAROV ZAFARJON ABDUKARIMOVICH
JABBAROV ZAFARJON ABDUKARIMOVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan doktori, DSc

Ilmiy unvoni:

Dotsent

Qabul kunlari:

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

Tuproqshunoslik kafedrasi 1935 yilda universitetning Geologiya-geografiya fakulteti tizimida tashkil etilgan, bu O‘zbekistonda tuproqlarni o‘rganish davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ulkan ilm tarmog‘iga aylanganligidan dalolat beradi. Hozirgacha kafedrada Agrokimyo va agrotuproqshunoslik, Tuproqshunoslik taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha baklavr, Tuproqshunoslik, Eksperimental agrokimyo mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura va Tuproqshunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturada o‘qish yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Milliy universitetining tuproqshunoslik kafedrasiga shu kungacha quyidagi olimlar mudirlik qilgan:
• 1935-1962 yillarda – prof.M.A.Orlov
• 1962-1968 yillarda – akademik S.N.Rijov
• 1968-1981 yillarda – dots. X.A.Abdullaev
• 1981-1986 yillarda – dots. V.U.Sayfuddinova.
• 1986-2008 yillarda – prof. L.Tursunov
• 2008-2011 yillarda – dots.M.Faxrutdinova
• 2011-2014 yillarda – dots.T.Abdraxmanov
• 2014-2015 yillarda – dots.Z.Xaidmuxamedova
• 2015-2020 yillarda – dots. S.Sidiqov
• 2020 yildan boshlab professor Z.Jabbarov rahbarlik qilib kelmoqda.

Tuproqshunoslik kafedrasi faoliyati davomida tadqiqotlar bajarilgan:

• Antropogen omil ta’sirida bo‘lgan sug‘oriladigan yerlarda zich haydalma qatlamning hosil bo‘lish nazariyasi ishlab chiqildi va unga qarshi kurashishning amaliy choralari asoslab berildi.
• Lalmi va sug‘oriladigan yerlarda yetishtiriladigan asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari uchun uchun tuproq namligining optimal me’yordagi quyi chegarasi belgilandi.Sug‘oriladigan hududlar uchun qishloq xo‘jalik ekinlarini vegetatsiya davridagi suvga ehtiyojini aks ettiruvchi gidromodul rayonlashtirish amalga oshirildi.
• Sug‘oriladigan yerlarning fizik xossalarini yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘lgan tuproq himoyalovchi va resurs tejamkor texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash imkoniyati yaratildi.
• O‘zbekiston asosiy tuproqlarining mineralogik tarkiblari, ularning tog‘ jinslari va to‘rtlamchi davr yotqiziqlarilarining petrografik tarkibi bilan bog‘liq holda tadqiq qilindi.
• Turli o‘lchamli yengil va og‘ir minerallarning hamda kichik o‘lchamdagi kristall yoki amorf holatdagi birlamchi va ikkilamchi minerallarning tarkibi, qayta kristallanish va hosil bo‘lish qonuniyatlari tahlil qilib berildi
• Tuproqlarning ifloslanish tezligi, darjasini aniqlashda hozirgi zamon GAT texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatib berildi.
• Neft va neft mahsulotlari bilan ifloslangan tuproqlarning rekultivatsiya qilish texnologiyasi ishlab chiqildi.
• 2025 yilda WRB Xalqaro tuproqlar referativ kalassifikatsiyasi ilk bor o‘zbek tiliga o‘girildi.

Kafedra tarkibi

Sidikov Saidjon Xxx

Professor

Batafsil

Kenjayev Yunus Chintoshevich

Professor

Batafsil

Djalilova Gulnora Tulkunovna

Professor

Batafsil

Gafurova Lazizaxon Akramovna

Professor

Batafsil

Sattarov Djurakul Xxx

Professor

Batafsil

Abdraxmanov Toxtasin Xxx

Professor

Batafsil

Mahammadiyev Samad Qilichevich

Dotsent

Batafsil

Abdushukurova Zamira Zaynitdinovna

Dotsent

Batafsil

Ergasheva Olimaxon Xaliqjonovna

Dotsent

Batafsil

Maxkamova Dilafruz Yuldashevna

Dotsent

Batafsil

Nabiyeva Gulchexra Mirergashevna

Dotsent

Batafsil

Isxakova Shoira Mirsadikovna

Dotsent

Batafsil

Faxrutdinova Mashkura Fazliddinovna

Dotsent

Batafsil

Aliboyeva Malika Alimovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Atoyeva Gulhayo Raxmonovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Zakirova Salomat Qasimbayevna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
KASIMOV UMEDILLO SALIMOVICH

Kasimov Umedillo Salimovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Abdullayev Shohruh Zafar o‘g‘li

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

  • Tuproqshunoslik kafedrasida tuproqlar, o‘simliklar va ularning oziqlanishi bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirda kafedrada 03.00.13-Tuproqshunoslik ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi va biologiya fanlari ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/5.05.2023.B/Qx.01.17 raqamli Ilmiy Kengash faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
  • Tuproqshunoslik kafedrasida bugungi kungacha 50 ga yaqin Davlat dasturlari va xalqaro dasturlar asosida loyihalar va xo‘jalik shartnomalari bajarilgan, jumladan, bugungi kunda 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan “Orol dengizining qurigan tubi hududida tarqalgan tuproq-gruntlarining sho‘rlanganlik holati, fizik, kimyoviy va biologik xossalariga ko‘ra o‘simliklar ekish xududlarini guruhlashning ilmiy asosini yaratish” mavzusida fundamental loyiha bajarib kelinmoqda.

Kafedra olimlari tomonidan hozirgi kunda quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda:

  • geografik axborot texnologiyalari asosida tuproqlarni elektron raqamlangan xaritilarini yaratish;
  • masofaviy zondlash maʼlumotlari va dala tadqiqotlari natijalarini integratsiya qilish orqali tuproqdagi degradatsiya jarayonlarini o‘rganish;
  • aniq dexqonchilikni joriy kilish maqsadida tuproq resurs maʼlumotlarini geoaxborot taxlil qilish va analitik axborot tizimini yaratish;
  • tuproq metagenomikasi, sugʼoriladigan, lalmikor va yaylov tuproqlari unumdorligini oshirishda agrobiotexnologiyalar va aqilli qishloq xo‘jaligi yordamida tuproqlar unumdorligini oshirish;
  • yashil iqtisodiyot va tuproqshunoslikda innovatsion texnologiyalar;
  • degradatsiyaga uchragan tuproqlarda uglerod sekvestratsiyasi;kimyoviy ifloslangan tuproqlar rekultivatsiyasi;
  • turli hil chiqindilardan biochar olish va uni degradasiyaga uchragan tuproqlarda qo‘llash;
  • Orol dengizining qurishi natijasida kelib chiqqan muammolarning ilmiy yechimini topishga qaratilgan tadqiqotlar;
  • qiyin melioratsiyalangan gipsli tuproqlarining ekologik, biologik muammolarini innovasion texnologiyalar yordamida o‘rganish, indikator mezonlarini ishlab chiqish va tuproqlar unumdorligini oshirish.
  • qgrolandshaft tuproqlarining ekologik muammolarini zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘rganish va tuproqlar unumdorligini oshirish;
  • degradatsiyaga uchragan tuproqlarining unumdorligini oshirishda zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalar va ularning ilmiy asoslari;

organik dehqonchilikda sideratsiyaning roli;

  • sideratsiyaning tuproq unumdorligi va undagi mikro va makroorganizmlarga ta’siri;
  • siderat ekinlarini ekinlarni almashlab ekishdagi o‘rni;
  • siderat ekinlari birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va ishlab chiqarishga keng joriy etish;
  • turlicha ta’minlangan tuproqlarda o‘g‘it qo‘llash tizimini navlar xususiyatiga moslashtirish, o‘simliklar oziqlanishini boshqarish, tuproqdagi oziq elementlarning umumiy zahirasini harakatchan zahiraga o‘tkazish,  tuproq xossalariga qarab o‘g‘it qo‘llash tizimini tabaqlashtirish;
  • sug‘oriladigan tuproqlar unumdorligini oshirish, gumus xolatini yaxshilashda innovatsion texnologiyalar qo‘llash;
  • mineral va organik o‘g‘itlar samaradorligini oshirish chora tadbirlarini ishlab chiqish;
  • noan’anaviy o‘g‘itlar tayyorlashning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish.

Kafedra olimlari tomonidan bugungi kungacha 5 ta Ixtiroga patent, 50 ga yaqin intelektual mulk uchun guvoxnoma, 60 ga yaqin monografiya, Scopus va Web of Science xalqaro bazasidagi nufuzli jurnallarda maqolalar e’lon qilingan.

Xalqaro hamkorlik

Tuproqshunoslik kafedrasi dunyoning bir qator davlatlari, jumladan, Rossiya, Polsha, CHexiya, Hindiston, Xitoy, Avstriya, Germaniya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlarining olimlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yilgan. Bu yo‘nalishda amalga oshirilga ishlar o‘rnida quyidagilarni ta’kidlash mumkin: Moskva davlat universiteti olimlari bilan darslik, o‘quv qo‘llanmalar nashr qilingan, ularni o‘quv jarayoniga jalb qilish keng yo‘lga qo‘yilgan, Varshava universiteti, Vageningen universiteti, CHexiya Agrar universiteti olimlari bilan hamkorlikda turli loyihalar hamkorlikda bajarib kelinmoqda.
Hozirgi kungacha quyidagi halqaro loyihalar bajarilgan:
1. Erasmus Mundus fondining “Central Asia Student International Academic exchange with European Union – CASIA” xalqaro akademik loyihasi kotibi (2010-2016 yy);
2. Erasmus Mundus fondining “Training of Individuals through Mobility from Uzbek Republic to nternational Academic” exchange with European Union –TIMUR)” xalqaro akademik loyihasi (2011-2018 yy);
Hozirgi kunda Turkiya, Belorussiya, Xitoy olimlari bilan hamkorlikda turli mavzularda ilmiy loyihalar ustida ishlab, ularni grant shaklida bajarish ishlari olib boriloqda.