Davlat va korporativ strategiyalari
A.Sadikov-Kafedra mudiri
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
V.I.Kvint-ilmiy maslahatchi
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
“Davlat va korporativ strategiyalar” kafedrasining ilmiy maslahatchisi akademik Vladimir Lvovich Kvint – M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Moskva iqtisodiyot maktabi “Iqtisodiy va moliyaviy strategiyalar” kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Rossiya fanlar akademiyasi xorijiy a’zosi.
V. Kvint tomonidan 98 ta kitob, 345 ta maqola, 88 ta konferensiya maruzalari va tezislari chop etilgan. RINS tarkibda chop etilgan maqolalarga iqtiboslar soni 3568 ta.
Akademik V. Kvint Rossiya Federatsiyasining Aleksandr Nevskiy, Hurmat, Do’stlik ordenlari, O‘zbekiston Respublikasining "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlangan.
Kafedraning tashkil etilishi
“Davlat va korporativ strategiyalari” kafedrasi O’zbekiston Milliy universiteti rektori, professor I. U. Madjidovning 2023-yil 3-oktyabrdagi 01-348-sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan.
Kafedrani tashkil etishning asosiy maqsadi respublikamiz davlat boshqaruv organlari hamda kompaniyalarga “davlat va koorporativ strategiyalari” mutaxasislagi bo‘yicha ekonomist-strateg kadrlar tayyorlashdan iborat. Mutaxassislik o‘quv rejasi Moskva davlat universiteti Moskva iqtisodiyot maktabi o‘quv rejasi asosida tuzildi.
2023 yil 30 oktabr-3 noyabr kunlari iqtisodiyot fakulteti dekani A. Umarov, "Davlat va korporativ strategiyalari" kafedrasi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi A. Sodiqov hamda kafedra dotsenti L. sxay tomonidan yangi tashkil qilingan kafedra faoliyatini tashkil qilish, magistratura yo‘nalishi bo‘yicha iqtisodchi-strateglar tayyorlash bo‘yicha M.Yu Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti Moskva oliy iqtisodiyot maktabi “Iqtisodiy va moliyaviy strategiyalari" kafedrasi faoliyati chuqur o‘rganildi.
Akadamik V.L. Kvint 2024 yil 3 may kuni O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilariga “Strategiyalashnining nazariy va metodologik asoslari mavzusida ma’ruza o‘qidi.
Kafedrada o‘qitilayotgan va o‘qitilishi rejalashtirilayotgan fanlar:
1 | Barqaror rivojlanishni strategiyalash | Barqaror rivojlanish sohasidagi turli mamlakatlarning tajribasi juda katta farq qilganligi sababli, 2030 yil kun tartibining barcha maqsadlari va tegishli vazifalari umumiy, universal shaklda shakllantirilgan va qoida tariqasida aniq miqdoriy maqsadlar mavjud emas. Har bir mamlakat BRMni lokalizatsiya qilishi, yaʼni 2030 yilga moʼljallangan kun tartibidagi 169 ta vazifadan oʼzining rivojlanish ustuvorligi va moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, milliy rivojlanish maqsadlarini ishlab chiqishi belgilangan. |
2 | O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishini prognozlashtirish | Iqtisodiyotga ta’sir qilayotgan asosiy omillardan quyidagilar ta’kidlangan: jahon iqtisodiyotida va mamlakat tashqi savdo hamkorlarida iqtisodiy faollikning keskin susayishi, xomashyo narxlarining tushib ketishi va moliya bozorlardagi beqarorlik fonida iqtisodiy pasayish tendensiyalarning kuzatilishi. |
3 | Mintaqaviy iqtisodiyot | Turli tabiiy-iqlim sharoitlari, iqtisodiy salohiyatlarini, bozor islohotlarini amalga oshirish avvalo xududiy darajada namoyon bo‘lishini, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni xal etishda xududiy boshqaruv organlari ma’suliyati va ularning vakolatlarini kengayishi hamda muhim iqtisodiy masalalar tarmoq, umumrespublika miqyosidan xududiy darajaga o‘tkazilishini amalda qanday borayotganini o‘rgatish |
4 | Iqtisodiyotni strategiyalash asoslari | Talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida yuzaga keladigan asosiy muammolar, ularning yechimlari, O‘zbekiston Respublikasini jadal rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirish hamda ularning ushbu masaladagi fikrlash doirasini kengaytirishdan iborat. |
5 | Korporativ strategiyalar | Bu kompaniyani boshqarish rejasi bo'lib, unda korxonaning biznes tamoyillari, missiyasi va maqsadlari, shuningdek, maqsadlarga erishish vositalari va usullari ko'rsatilgan. |
6 | Strategik boshqaruv | “Strategik boshqarish” fani iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning xo’jalik yuritish faoliyatini boshqarish, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yo’llarini o’rganadi. |
O‘qitilishi rejalashtirilayotgan fanlar:
7.Iqtisodiyotni strategiyalash asoslari
8.Mikroiqtisodiyot 3 (strategik jihatlari)
9.Makroiqtisodiyot 3 (strategik jihatlari)
10.Ekonometrika 3 (strategiyalashda qo‘llash)
11.Strategiyalash nazariyasi va uslubiyati
12.Global iqtisodiy rivojlanish (strategik jihatlari)
13.Strategik moliyaviy menejment
14.Hududiy strategiyalash asoslari
15.Tarmoqlarni strategiyalash asoslari
16.Strategik boshqaruv
17.Strategik liderlik
18.Hududiy strategiyalash asoslari
19.Tarmoq strategiyalash asoslari
20.Inson salohiyatini boshqarish strategiyasi
Kafedra xodimlari
T.r. | FISH | Ilmiy darajasi va unvoni | Lavozimi | Shtat birligi |
1 | Sodiqov Avazbek Madaminovich | I.f.d.professor | professor | 1 |
2 | Zokirov Saidfozil Sayidakbarovich | I.f.d.professor | professor | 1 |
3 | Tsxay Lana Aleksandrovna | (PhD) dotsent | dotsent | 1 |
4 | Musayeva Dilnoza Dilshodovna | PhD | Katta o’qituvchi | 1 |
5 | Begimova Dilshoda Dilshodovna | PhD | Katta o’qituvchi | 1 |
6 | Aliqulov Aziz Haydarjonovich | O’qituvchi | O’qituvchi | 0.5 |