Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Elsevier vakillari bilan uchrashuv

2021-yilning 10-dekabr kuni O’zbekiston Milliy universiteti va Markaziy Osiyo va Ozarbayjondagi Elsevier S&T rahbari Damir Raxmetov bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda O’zbekiston Milliy universitetining Elsevier bilan bevosita oʼzaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ushbu tashkilot mahsulotlaridan yetakchi dunyo reytinglari boʼyicha universitet vakolatxonasini monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish, xususan, professor-oʼqituvchlarining ilmiy faoliyati hamda universitetning xalqaro reytinglardagi mavqeini oshirish masalalar koʼrib chiqildi.
Maʼlumot o`rnida: Elsevier - global ilmiy hamjamiyat bilan hamkorlik qiladigan, 2500 dan ortiq jurnal va 20000 dan ortiq kitob nashr etadigan ilmiy, texnik va tibbiy axborot mahsulotlari va xizmatlarining yetakchi provayderi.

O’zMU Axborot xizmati