Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“Erkin Vohidov ijodining turkiy xalqlar madaniyatida tutgan o‘rni” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’z ishini boshladi

“Erkin Vohidov ijodining turkiy xalqlar madaniyatida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti “O‘zbek adabiyotshunosligi” kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan “Erkin Vohidov ijodining turkiy xalqlar madaniyatida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Anjumanda universitet professor-ustozlari, iqtidorli talabalar, Erkin Vohidov oila a‘zolari va shoir she‘riyati ixlosmandlari ishtirok etmoqda. Shuningdek, anjumanda xalqaro universitetlar professorlar:Temur Xo‘ja o‘g‘li – Michigandavlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori(AQSh), Veli SavashYelok – Anqara Hoji Bayram Valiy universitetiprofessori (Turkiya), Yashar Qosimbeyli, Ozarboyjon Milliy ilmlar akademiyasi adabiy aloqalar bo‘limiyetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori va bir qancha ustozlar so‘zga chiqib, shoirning boy adabiy merosi, she‘riyatining o‘ziga xosligi, xalqaro maydonda o‘rganilishi haqida so‘z yuritdilar.
Xalqaro anjuman ishi Erkin Vohidov ijodiy faoliyati, Erkin Vohidov asarlari badiiyati va Erkin Vohidov ijodi xorijiy xalqlar madaniyati kabi sho‘balarda o‘z ishini davom ettiradi.

O’zMU Axborot xizmati