Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Fan va front qahramonlari: oʻqituvchilar va olimlar xotirasi”

2025-yil 23-aprel kuni Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 80 yilligi va Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining 90 yilligiga bagʻishlab “Fan va front qahramonlari: oʻqituvchilar va olimlar xotirasi” mavzusida telemost boʻlib oʻtdi.

Tadbir Tarix fakulteti tashabbusi bilan, Shimoliy va Markaziy Osiyo tadqiqotchilari konsortsiumi doirasida tashkil etildi. Teleko‘prikni Novosibirsk Davlat Universiteti professori A.S. Zuev ochib berdi.

Unda yetakchi olimlarning ma’ruzalari tinglandi. Jumladan, prof. A.B. Xoliqulov 2025-yil 19-fevraldagi Prezident qaroriga e’tibor qaratib, 9-may – Xotira va qadrlash kuni sifatida urush faxriylariga hurmat koʻrsatish an’anaga aylanganini ta’kidladi. Prof. Z.R. Ishanxo‘jaeva esa urushdagi jasorat har doim ibrat maktabi boʻlib qolishini aytib o‘tdi.

Shuningdek, V.I. Molodin, O.P. Kobzeva, D.V. Alinazarova va S.O. Egorov kabi olimlar ham o‘z chiqishlarida urushdagi va urushdan keyingi ilmiy faoliyat haqida ma’lumot berdi.

Mazkur telemost ilm-fan va tarix xotirasini asrashda muhim maydon bo‘ldi.