Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Fizika

Dekan - Eshonqulov G'ofur Boboqulovich
Manzil:
Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy
Qabul kunlar: Dushanba-Shanba, 14:00 – 17:00
Tel: +998971 246-08-94
E-mail
:


Dekan o'rinbosari - Sultonov Odiljon Ziyomiddinovich
Manzil:
Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy
Qabul kunlar: Dushanba-Shanba, 14:00 – 17:00
E-mail:


Dekan o'rinbosari - Haqqulov Jahongir Mardonovich
Manzil:
Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy
Qabul kunlar: Dushanba-Shanba, 14:00 – 17:00
E-mail:


Fakultet tarixi

O‘rta Osiy Davlat universiteti rektorining 1959 yil 20 iyundagi 276-sonli buyrug‘iga asosan fizika-matematika fakulteti ikkita alohida fakultetga ajralib, 1959 yildan boshlab, Fizika fakulteti mustaqil faoliyat ko‘rsata boshladi.

1991 yili universitetda, xususan, Fizika fakulteti hayotida yangi davrning boshlanishi bo‘ldi. Mustaqillik yillarida fakultetda ta’lim-tarbiya, ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari tubdan o‘zgardi. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida rivojlanish yo‘lini tanlagandan so‘ng, dastlabki yillardayoq, yurt oldida xalq xo‘jaligining barcha sohalarini  yuksak madaniyat va ma’naviyatga ega hamda jahon andozalari darajasidagi bilimga ega kadrlar bilan ta’minlashga  erishish vazifalari qo‘yildi. Bu vazifalar bosqichma-bosqich, izchil islohotlar yo‘li bilan amalga oshirildi va davom etmoqda.

 Professor o‘qituvchilar to‘g‘risida   

Professor-o‘qituvchilar umumiy soni 64 nafarni tashkil etadi, jumladan:

  • 3 nafar akademik
  • 14  nafar fan doktori
  • 28  nafar fan nomzodi
  • 7  nafar PhD 
  • 12 nafar ilmiy darajasi yo‘q o‘qituvchilar

 2.1 Professor o‘qituvchilar tarkibi    (55 nafar erkak / 9 nafar ayol)

3.Ta’lim dasturlari soni: 

  • Bakalavr -                                  3 ta yo‘nalishda
  • Magistratura -                           8 ta mutaxassislikda
  • Ilmiy darajalar beruvchi,      1 ta ilmiy kengash
  • Mutaxassislikda (DSc, PhD)     8 ta

3.1.Bakalavr yo‘nalishlari(kunduzgi):
60530900 – Fizika,
60531200 – Tibbiyot fizikasi,
60531100 – Astronomiya  

3.3.Bakalavr yo‘nalishlari (kechki): 

Nomlari--- 60530900 – Fizika

4. Magistratura mutaxassisligi:
- 70530901 – Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
- 70530902 – Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari (qo‘llash sohalari bo‘yicha)
- 70530904 – Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof – muhit fizikasi
- 70530905 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi
- 70530906 – Mikroelektronika
- 70531101 – Astronomiya (tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha)
- 70531201 – Tibbiyot fizikasi
- 70720601 – Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)

5. Talabalar kontingenti

5.1. Kurslar kesimida

Bakalavriat yo‘nalishlari: 1243 nafar
1-kurs: 372 nafar
2-kurs: 335 nafar
3-kurs: 293 nafar
4-kurs: 243 nafar

Magistratura mutaxassisliklari:  294 nafar
1-kurs: 161 nafar
2-kurs: 133 nafar

5.2. Yigitlar / qizlar soni

Bakalavriat yo‘nalishlari:
1-kurs:  227 nafar yigitlar/ 145 nafar qizlar
2-kurs:  204 nafar yigitlar/ 131 nafar qizlar
3-kurs: 186 nafar yigitlar/ 107 nafar qizlar
4-kurs: 105 nafar yigitlar/ 138 nafar qizlar

Magistratura mutaxassisliklari:
1-kurs: 107 nafar yigitlar/ 54 nafar qizlar
2-kurs: 87 nafar yigitlar/ 46 nafar qizlar

Grant / shartnoma

Bakalavriat yo‘nalishlari:
1-kurs:  92 nafar grant / 280 nafar shartnoma
2-kurs:  84 nafar grant/  251 nafar shartnoma
3-kurs: 73  nafar grant/ 220 nafar shartnoma
4-kurs: 68 nafar grant/ 175 nafar shartnoma

Magistratura mutaxassisliklari:
1-kurs: 126 nafar grant/ 35 nafar shartnoma
2-kurs: 18 nafar grant/ 15 nafar shartnoma

5.3.Talabalar turar joyi (foto) va talabalarning TTJ dan foydalanish ko‘rsatkichi (raqamlarda)

Fizika fakultetiga biriktirilgan 2 – TTJ   490 nafar  talaba bugungi kunda istiqomat qilib kelmoqda.

6. Fakultet tarkibidagi kafedralar
- Umumiy fizika
- Nazariy fizika
- Fotonika
- Yadro fizikasi
- Yarimo‘tkazgichlar va polimerlar fizikasi
- Astronomiya va astrofizika

7. Ilmiy labaratoriyalar (mavjud bo‘lsa)mavjud emas

-Tadqiqot mavzularmavjud emas

- Erishilgan natijalar -  mavjud emas

8. Xalqaro aloqalar.

- Xorijiy o‘qituvchilar (Qaysi universitetlardan, shtatda, soatbay) -

2021/2022 o‘quv yilida Yaponiyaning Osaka universiteti professori Nakamura Katsuxiro Nazariy fizika kafedrasida asosiy shtatda magistratura mutaxassisliklari talabalariga dars mashg‘ulotlarini o‘tkazadi va magistrantlarga ilmiy rahbarlik qiladi.

-Xorijiy talabalar. (Qaysi davlatlardan)mavjud emas

- Xalqaro talabalar almashinuvi (talabalar soni va universitet nomi)2021/2022 o‘quv yilida Batirali Sadikov nomidagi Qirg‘iz – o‘zbek universiteti bilan 1 nafar talaba almashinuvi amalga oshirilgan.  

Agar mavjud bo‘lsa xorijiy va mahalliy grantlar to‘g‘risida asosan kalendar yili, mablag‘i (yillar kesimida, raqamlarda), to‘g‘risida ma’lumotlar. Saytda diagramma va infografikalarda aks ettirish uchun.

YilKafedra nomiXorijiy ilmiy tadqiqot markazlari grantlari va xorijiy ilmiy fondlari mablag‘lariDavlat grantlari asosida o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan mablag‘lar
2020Nazariy fizika0189 000 000 so‘m
202160 000 euro0
2020Umumiy fizika00
202100
2020Fotonika0169 000 000 so‘m
2021507 000 000 so‘m250 000 000 so‘m
2020Yarimo‘tkazgichlar va polimerlar fizikasi0207 000 000 so‘m
2021160 300 euro230 000 000 so‘m
2020Yadro fizikasi68 792 euro0
202180 000 euro0
2020Astronomiya va astrofizika0264 000 000 co‘m
202100
2020Jami879 576 575 so‘m
(68 792 euro)
829 000 000 so‘m
2021348 300 euro
(4 227 188 229 so‘m)
480 000  000 so‘m

 Bundan tashqari fakultetingiz bo‘yicha  tanlovlar, olimpiadalar, musobaqalar g‘oliblari bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va talabalar haqida ma’lumotlar, fakultet hayotiga (o‘quv, amaliyot, tabiatga sayohat va boshqa jarayonlarga) oid sifatli fotosuratlar bilan berilsa fakultetning veb sahifadagi ma’lumotlari yanada jozibador bo‘ladi.

Mustaqillik yillarida fakultet professor-o‘qituvchilari davlatimiz tomonidan bir qator mukofotlarga loyiq kurildi, jumladan, Valiev Uyg‘un Vaxidovich-O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi, Norqulov Nematjon-O‘zbekiston Respublikasida   xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, Musaxanov Mirzayusuf Mirzamahmudovich-Shuxrat medali sohibi, Vlasov Sergey Igorevich – Shuhrat medali sohibi, talaba Eldor Karimboev-Shuhrat medali sohibi bo‘lishdi. Fakultetda faoliyat ko‘rsatayotgan Muqimov Komil Muqimovich, Mamadalimov Abdug‘afur Teshaboevich, Musaxonov Mirzayusuf Mirzamahmudovich, Mo‘minov Tolib Musaevichlar O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi akademiklari etib saylanishdi. 8 nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi Davlat stipendiasi sohibi, 2 nafar talaba Ulug‘bek davlat stipendiyasi sohibi bo‘lishgan.