Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Forishga sayohat qil” turizm aksiyasi o‘tkazildi

 

Joriy yilning 9-11-iyul kunlari Jizzax viloyati Forish tumanida O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan “Forishga sayohat qil” turizm aksiyasi tashkil etildi.

Mazkur aksiya doirasida «Turizm istiqbollari yoshlar nigohida» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda «Forish-Nurota-Mojrum turistik ob’yektlarida mexmonxona servisi va gastroturizmning dolzarb masalalari» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirlarda O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati, viloyat turizm boshqarmasi, tuman hokimligi mutasaddilari, Forish tumanidagi uy mexmonxonalari hamda ovqatlanish shahobchalari vakillari ishtirok etishdi.

Ilmiy-amaliy anjumanda O‘zMU prorektorlari, Ravshan Musurmonov, Jabbor Muhammadiyev, Vali Yodgorov, tarix fanlari doktori, professor Akbar Bobobekov, Avaz Ermatov, Jizzax viloyat turizm boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Fayoz Qo‘shoqovlar so‘zga chiqib, Forish tumanining turizm imkoniyatlari haqida o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Majrum qishlog‘idagi ekoturizm ixlosmandlariga xizmat ko‘rsatuvchi mehmon uylari faoliyati bilan tanishishdi.

Shuningdek, Forish tuman 30-son madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan “Bog‘don” folklor etnografik xalq ansambli ijodkorlari tomonidan ijro qilingan Forish tumani tarixi, urf-odat va an’analarini aks ettiruvchi kuy-qo‘shiqlar, laparlar, aytishuvlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zMU Axborot xizmati