Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Fransiya-Oʻzbekiston II ta'lim forumi

Bugun, 28 noyabr kuni Parijda Fransiya-O‘zbekiston 2 chi taʼlim forumining ochilishi bo‘lmoqda. Unda 500 ga yaqin ikki davlatning oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va vakillari ishtirok etmoqda.

O‘tgan yili oktyabr oyida “O‘zbekiston Fransiya 1 chi taʼlim forumi” O‘zbekiston mitlliy universitetida bo‘lib o‘tgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida universitet vakillari turli yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini yaxshi yo‘lga qo‘ydilar.

Forumning ochilishida oliy taʼlimda amalga oshirilgan ishlar, hamkorlik natijalari bo‘yicha chiqishlar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forumda O‘zbekiston milliy universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shuxrat Toshmatov ham qatnashmoqdalar.

Kunning ikkinchi yarmida ikki davlat oliy taʼlim muassasalari vakillarining ikki tomonlama muzokaralari boshlandi.

Unda Shuxrat Toshmatov Sakle universiteti, Ren universiteti hamda nogironlar va imkoniyati cheklanganlarga ixtisoslashgan ilmiy tadqiot instituti vakili bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Milliy universitetida har bir hududda imkoniyati cheklangan insonlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, mavjudlarini yangilash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Universitetning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasida mazkur yo‘nalishni yanada takomillashtirish rejalashtirilgan.

Ikkinchi Fransiya-O‘zbekiston ta’lim forumida O‘zMU prorektori Shuhrat Toshmatov Fransiya INSHEA bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Sakle universiteti bilan Parij Sakle universiteti xalqaro bo‘lim boshlig‘i Sebastyan Kartiye bilan hamkorlik bo‘yicha suhbat (QS 69 / THE 117 / ARWU 16) olib borildi hamda fizika, huquq, iqtisod yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.