🔴 6–7 dekabr kunlari Fransiyaning qadimiy va madaniy markazlaridan biri sanalgan Tur shahrida Festival des Langues xalqaro Tillar festivali tashkil etildi. Dunyo mamlakatlaridan 80 dan ortiq til va madaniyat vakillarini bir maydonga jamlagan mazkur nufuzli tadbirda turli millatlar o‘rtasida madaniy almashinuv va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli dasturlar amalga oshirildi
🔴 Festival doirasida ishtirokchilar uchun til darslari, milliy qo‘shiq va raqslar namoyishi, an’anaviy taomlar degustatsiyasi, shuningdek, millat va madaniyatlarni o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar tashkil etildi.
🔴 Mazkur xalqaro anjumanda O‘zbekistonning milliy ko‘rgazmasi ham keng namoyish etildi. Festival mehmonlari uchun o‘zbek tili darsi, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi, o‘zbek tili tarixi hamda o‘zbek klassik adabiyotiga bag‘ishlangan ta’limiy chiqishlar o‘tkazildi.
🔴 Tadbirni tashkil etgan Linguafest’37 xalqaro assosiasiyasi prezidenti Stavros Hadjiyanni o‘zbek tili, milliy raqs va qo‘shiqlar bilan faol ishtirok etgan O‘zbekiston oliygohlari professorlarini maxsus sertifikatlar bilan taqdirladi
🔴 O‘zbekiston stendi 6–7 dekabr kunlaridagi mazkur festivalda xalqaro assotsiatsiya a’zosi Mishel Boassone, shuningdek O‘zbekiston–Fransiya do‘stlik jamiyati hamkorligida tashkil etildi.
🔴 Tarixiy Tur shahri — mashhur fransuz adibi Onore de Balzak tavallud topgan va ijod qilgan maskan sifatida ham jahon madaniy hayotida alohida o‘rin tutadi. Ana shunday qadimiy va madaniy muhitda o‘tkazilgan Festival des Langues xalqaro tashkiloti har yili an’anaviy ravishda turli madaniyatlarni birlashtirish, til va milliy qadriyatlarni ommalashtirishga xizmat qilayotgan muhim sohaviy tadbirlardan biri hisoblanadi.
