Geofizikaviy tadqiqot usullari kafedrasi

D.X.Atabayev - Kafedra mudiri
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
71 246-55-55
e-mail: atabaev_d@mail.ru
1966- yildagi Toshkent zilzilasidan so'ng Fanlar Akademiyasi taklifi bilan va O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining qaroriga ko‘ra 1968-yilda Geologiya fakultetida «Geofizikaviy tadqiqot usullari» kafedrasi qayta tashkil etildi. 1968-yildan 1993-yilga qadar kafedraga Davlat mukofoti laureati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan geolog, g-m.f.d. professor B.B.Tal-Virskiy rahbarlik qilgan. 1993-1999 yilga qadar Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati g-m.f.n. dotsent X.O.Otaboev rahbarlik qilgan. 1999-yildan 2010-yilgacha g-m.f.d. dotsent Sh.S.Radjabov rahbarlik qilgan. 2010-yildan boshlab hozirgi kunga qadar kafedraga g-m.f.doktori dotsent D.X.Atabaev rahbarlik qilmoqda.
Kafedraning asosiy yo'nalishi bo'yicha ta'lim sohasidan tashqari, katta mikyosda ilmiy ishlar ham olib boriladi. Geofizika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun “Xuddiy va kidiruv geofizikasi” va “Tajribaviy va amaliy geofizika” laboratoriyalari tashkil etilgan. Xo'jalik shartnomalar asosida ushbu laboratoriyalarda olib borilgan ishlar xajmi bo’yicha Universitetda etakchi o'rinlarni egallab kelgan. Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari asosan uchta yo’nalish bo’yicha olib boriladi. Birinchisi – geodinamika, seysmiklik va litosferaning chyuqurlikdagi tuzilishi. Ikkinchi – xozirgi kunda rivojlanayotgan yo‘nalish – bu strukturaviy geofizika va neftgazdor xudlarni geofizik usullar bilan o‘rganish. Uchinchi yunalish – muxandislik geofizikasi va seysmomikrorayonlashtirish (SMR). Kafedra azolari xalqaro Pomir-Himolay loyihasini bajarishda Rossiya, Hindiston, Pakistan va Italiya geofiziklari bilan xamkorlikda faol ishtirok etgan. Universitet tomonidan bu loyihani bajarishda ilmiy rahbarlikni prof. B.B.Tal-Virskiy olib borgan. 1970 yildan bo'shlab kafedra azolari xalqaro ELAS (astenosferaning elektr o’tkazuvchanligi) loyihasini amalga oshirmoqda. 2001-2003 yy. Dotsentr X.O.Otaboev rahbarligida “Paleorift” xalqaro loyihasi amalga ochirildi. Bunda Buxoro-Xiva neftgazdorlik viloyatining cho'kindi qoplamasi MOVZ usullari bilan o'rganildi. 2005-2014 yy. D.X.Atabaev rahbarligida “Oʻzbekgeofizika” AJ xoʻjalik shartnomalarti asosida Surxondaryo, Qashqadaryo va Zarafshon botiqliklarining chuqurlik tuzilishi bo’yicha ishlar bajarildi. Ishlar natijalariga bo’yicha neftgazdor strukturalarning regional prognozi amalga oshirildi. 2017-yilda NKMK bilan tuzlangan xo'jalik shartnomasi bo’yicha Muruntau karieridan rudalarni chiqarish uchun quriladigan tunnelni xavfsizligini ta'minlash maqsadida, uning bo’rtlaridagi yer yoriqlari aniqlandi va o’rganib chiqildi.
GEOFIZIKAVIY TADQIQOT USULLARI KAFEDRASI |
Fan doktorlari 8 |
Jami o’qituvchilar 28 |
Fan nomzodlari 3 |
PhD 6 |
Ilmiy darajasi yo’q o’qituvchilar 11 |
Geofizikaviy tadqiqot usullari kafedrasi O‘zbekiston Respublikasining ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari uchun keng profildagi “5140900 – Geofizika” hamda “60531300 - Seysmologiya va Seysmometriya” yonalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar “bakalavr” darajasini oladi. Bakalavriat yo‘nalishi bazasida kafedrada “70530505 - Gefizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari” hamda “70531301 - Seysmologiya va Seysmometriya” magistratura mutaxassisliklari ochilgan. Ularda o‘qish muddati 2 yil, o‘qishni tamomlagandan so‘ng “magistr” akademik darajasini oladi. Kafedrada “04.00.06 – Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari” ixtisosligi bo’yicha tayanch doktorantura mavjud.
Geofizikaviy tadqiqot usullari kafedrasida o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda
Bakalavriat № Fan nomi Fan haqida qisqacha ma’lumot 1 Geofizika asoslari Geofizika atamasi –“geo”-er, “fizika”-fizika, yani «Yer fizikasi» degan ma’noni bildiradi. Bu fan yer po‘stida, mantiyada va yadroda bo‘lib o‘tadigan fizik jarayonlar va xar xil tog‘ jinslar va tuzilmalar ta’sirida xosil bo‘lgan fizik maydonlar tuzilishini, kuchlanishini o‘rganadi. 2 Geofizik tadqiqotlar usullari Geofizik tadqiqotlar usullari fani fizik maydonlarni va xodisalarni o‘rganish va taxlil qilish usulluriga asoslangan. Fizik maydonlarni Yer yuzasida, tog‘ qazilmalarida, burg‘i quduqlarida, dengizda, ummonda, atmosfera va kosmosda o‘rganish mumkin. 3 Geologiyada masofaviy tadqiqot usullari va raqamli haritalash Masofadan zondlash-bu tadqiqot obekti xaqida ma’lum bir masofadan xavodan yoki koinotdan turib malumotlarni olish usulidir, yani qabul qilishi sezgir apparatlar elementining, tadqiqot obekti yuzasi bilan bevosita bog‘lanishi va uning tasvirini yoki fizik parametirlari xaqida malumot olishdir. 4 Yer fizikasi Yerning ichki tuzilishi, uning xususiyatlari, Yerning asosiy qatlamlari (geosferalar) paydo bo‘lish jarayonlari va ularning kelajakda rivojlanishini o‘rganish imkoniyatini o’rganuvchi fundamental fandir. 5 Seysmotomografiya Yerning fizik maydonlari va ularni aniqlovchi parametrlarni, seysmorazvedkaning to‘g‘ri va teskari vazifalar to‘g‘risida tushunchalarni, tog‘ jinslarning fizik xossalari va geologik ob’ektlarning xodisaviy tavsifnomalar bilan bog‘likligini, seysmorazvedka dala ishlarini o‘tkazish uslublari va olingan ma’lumotlarni talqin qilish masalalarini tahlil qilishdir. 6 Yadroviy geofizika Yadroviy geofizika-geologik tuzilishi va tog‘ jinslarining kimyoviy tarkibini o‘rganishda radioaktiv parchalanish xodisalariga asoslangan fizik usullardir. 7 Geofizik ma’lumotlarni komplekslash Zamonaviy geologik qidruv ishlari murakkab jarayon bo‘lib, bir qator ketma-ket tadqiqot bosqichlarini tashkil etadi. Xar bir tadqiqot bosqichida foydali qazilmalarni joylashish qonunyatlarini o‘rganish va sanoatga yaroqli konlarni topishdagi tayin masalalari geofizik ma’lumotlarni kompleks talqin qilish orqali yechiladi. 8 Burg‘i quduqlarda amaliy geofizika Burg‘i quduqlarda turli fizik maydonlarni o‘rganishga asoslanib, tog‘ jinslarining xususiyatlarini aniqlash va kesimlarni kernsiz geologik hujjatlashtirish usullarni, geologik tuzilishni va tog‘ jinslarining litologik tarkibini o‘rganish va foydali qazilmalarni, ayniqsa neft va gaz konlarini qidirish, xamda shu foydali qazilmalarni ishlab chiqishda geofizik usullarni o‘rganish imkoniyatini beradi. 9 Geofizikaviy usullarni komplekslash Geologik mamsalalarni yechishda turli geofizik tadqiqotlar usullarini qo’llash va o’rganilaetgan ob’ekt xaqidagi ma’lumotlarni bir ma’noli echimga keltirish geofizikaviy usullarni komplekslash jrqali amalga oshiriladi. Magistratura 10 QGT ma’lumotlarni talqin qilish Geologiya fanining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan, Yer yuzasi, Yer osti tog‘ qazilmalari va quduqlarda olib boriladigan geofizikaviy tadqiqot usullarini qamrab oladi. Geofizik tadqiqot usullari turli fizik maydonlarning o‘zgarishi asosida Yer qa’ridagi nome’yorliklarni aniqlashda va ularni geologik izohlash natijasida turli foydali qazilma konlarini topishga xizmat qiladi. Geofizik tadqiqot usullarini qo‘llanilishi muhim xalq xo‘jalik axamiyatiga ega, chunki ular Yer qobig‘ining har xil chuqurliqdagi geologik-geofizik tuzilishi xaqida va foydali qazilmalarni topishda, boshqa usullar bilan aniqlanmaydigan tabiiy holatida yotgan tog‘ jinslarning fizik xossalari bo‘yicha ma’lumotlarni olishga imkon beradi. 11 Uch o‘lchamli seysmorazvedka Uch o‘lchamli seysmorazvedka fanining zamonaviy nazariy va amaliy yutuqlarini xamda uning aloxida bo‘limlari oldida turgan muammolarini o‘rganish bo‘lib, seysmologik tadqiqot ishlarini olib borishdagi ilmiy, dala, sanoat va texnik muammolarin sintez qila olishdir. 12 Geoelektrika Tog‘ jinslarining elektromagnit xususiyatlari va elektromagnit maydonlar parametrlarni vaqt davomida va fazoda taqsimlanish qonuniyatlarini, xamda turli ilmiy va xalq xo‘jalik masalalarini yechishda ulardan foydalanishni o‘rgatishdan iborat. 13 Geofizik ma’lumotlarni kompleks interpretatsiyalash Turli geologik muxitlarni, ularni chegaralarini o‘rganishda geofizik usullar kompleksini qo‘llash, xamda turli geotektonik sharoitlarda olingan geofizik malumotlarni kompleks interpretatsiyalab geologik izoxlashni o‘rgatishdan iborat. 14 Muxandislik geofizikasi va gidrogeofizika Muxandislik geofizikasining fizik geologik asoslarini o‘rganish –muxandislik geofizikasidagi tadqiqotlar maqsadi, usullari va obektlari, ularni geologik tuzilishi xususiyatlari va jinslarning fizik xususiyatlarini o‘rganish. 15 Mikroseysmik rayonlashtirish Atrofdagi zonalardan tebranishlarni inobatga olgan holda mikroseysmik rayonlashtirishda, mikroseysmik faollik xaritalarini tuzishda, tarqalish va to‘planish usullari yordamida zilzila epitsentrini aniqlashda, mikrorayonlashtirish xaritalarini tuzishda to‘g‘ri qarorlar va to‘liq hamda tugallangan xulosalar tayyorlanishi hamda turli ilmiy va xalq xo‘jalik masalalarini yechishda ulardan foydalanishni o‘rgatishdan iborat. 16 Mukammal seysmik rayonlashtirish Atrofdagi zonalardan tebranishlarni inobatga olgan holda mikroseysmik rayonlashtirishda, mikroseysmik faollik xaritalarini tuzishda, tarqalish va to‘planish usullari yordamida zilzila epitsentrini aniqlashda, mikrorayonlashtirish xaritalarini tuzishda to‘g‘ri qarorlar va to‘liq hamda tugallangan xulosalar tayyorlanishi hamda turli ilmiy va xalq xo‘jalik masalalarini yechishda ulardan foydalanishni o‘rgatishdan iborat. 17 Zamonaviy seysmologiyaning dolzarb muammolari Seysmologiya fanining zamonaviy nazariy va amaliy yutuqlarini hamda uning alohida bo‘limlari oldida turgan muammolarini o‘rganish bo‘lib, seysmologik tadqiqot ishlarini olib borishdagi ilmiy, dala, sanoat va texnik muammolarini sintez qila olish. 18 Umumiy seysmik rayonlashtirish Atrofdagi zonalardan tebranishlarni inobatga olgan xolda umumiy seysmik rayonlashtirishda, umumiy seysmik faollik xaritalarini tuzishda, tarqalish va to‘planish usullari yordamida zilzila epitsentrini aniqlashda, rayonlashtrish xaritalarini tuzishda to‘g‘ri qarorlar va to‘liq xamda tugallangan xulosalar tayorlashni xamda turli ilmiy va xalq xo‘jalik masalalarini yechishda ulardan foydalanishni o‘rgatishdan iborat. 19 Geopotentsial maydonlar Tog‘ jinslarinig zichlik va magnit xususiyatlari gravitatsion va magnit maydonlar parametrlarni vaqt davomida va fazoda taqsimlanish qonuniyatlarini tariflab berishni o‘rgatishdan iborat. 20 Seysmik tadqiqot ob’ektlari Turli seysmik to‘lqinlarni xosil bo‘lish sharoitlari, ularni qo‘zg‘atish va qayd qilish usulllari, turli seysmik tadqiqot malumotlarini talqin qilish asosida seysmogeologik model qurish, xulosalar chiqarishni o‘rganishdan iborat. 21 Quduqlarda geofizik tadqiqotlar ma’lumotlarini interpretatsiyalash Geologiya fanining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan, Yer yuzasi, Yer osti tog‘ qazilmalari va quduqlarda olib boriladigan geofizikaviy tadqiqot usullarini qamrab oladi. Geofizik tadqiqot usullari turli fizik maydonlarning o‘zgarishi asosida Yer qa’ridagi nome’yorliklarni aniqlashda va ularni geologik izohlash natijasida turli foydali qazilma konlarini topishga xizmat qiladi. Geofizik tadqiqot usullarini qo‘llanilishi muhim xalq xo‘jalik axamiyatiga ega, chunki ular Yer qobig‘ining har xil chuqurliqdagi geologik-geofizik tuzilishi xaqida va foydali qazilmalarni topishda, boshqa usullar bilan aniqlanmaydigan tabiiy holatida yotgan tog‘ jinslarning fizik xossalari bo‘yicha ma’lumotlarni olishga imkon beradi. 22 Quduqlarda geofizik tadqiqotlar ma’lumotlarini interpretatsiyalash Geologiya fanining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan, Yer yuzasi, Yer osti tog‘ qazilmalari va quduqlarda olib boriladigan geofizikaviy tadqiqot usullarini qamrab oladi. Geofizik tadqiqot usullari turli fizik maydonlarning o‘zgarishi asosida Yer qa’ridagi nome’yorliklarni aniqlashda va ularni geologik izohlash natijasida turli foydali qazilma konlarini topishga xizmat qiladi. Geofizik tadqiqot usullarini qo‘llanilishi muhim xalq xo‘jalik axamiyatiga ega, chunki ular Yer qobig‘ining har xil chuqurliqdagi geologik-geofizik tuzilishi xaqida va foydali qazilmalarni topishda, boshqa usullar bilan aniqlanmaydigan tabiiy holatida yotgan tog‘ jinslarning fizik xossalari bo‘yicha ma’lumotlarni olishga imkon beradi. 23 Neft va gaz geofizikasi “Neft va gaz geofizikasi” kursi orqali neft, gaz konlari va uyumlarining fizik maydonlarda namo`n bo’lishi qonuniyatlari, ular uyumlarining xosil bo‘lish shart-sharoitlari, geologik-qidruv ishlari uslublari va shu kabi geofizik tadqiqot ishlarini olib borishdagi ilmiy, dala, sanoat va texnik masalalarini echishni o’rganishga xizmat qiladi. 24 Zamonaviy geofizikaning dolzarb muammolari Geofizika fanning zamonaviy nazariy va amaliy yutuqlarini xamda uning aloxida bo‘limlari oldida turgan muammolarini o‘rganish bo‘lib, geofizik tadqiqot ishlarini olib borishdagi ilmiy, dala, sanoat va texnik muammolarni sintez qilish. 25 Markaziy Osiyo geofizik maydonlari va geodinamikasi Markaziy Osiyo xududining Yuqori mantiya va Yer qobig‘i, fundament va chexol jinslarning tuzilishini o‘rganish.Zamonaviy endogen rejimlar, xududning geodinamikasi va evolyutsiyasi, neft va gaz qopqonlarini aniqlashda regional geofizik malumotlarni talqin qilish, geofizik malumotlarni geologik taxlil qilish. 26 Yerni masofaviy zondlash ma’lumotlarini interpretatsiyalash Masofaviy zondlash malumotlarining turlari va ularni geologiya –qidiruv ishlarida qo‘llash asoslarini;masofaviy zondlash malumotlarning qayta ishlash usullarini;masofaviy zondlash malumotlari geologik taxlil qilishni;masofaviy geologik-geofizik malumotlarni kompleks taxlil qilishni va alumotligini baxolash. 27 Ekologik geofizika Tabiiy va texnogen geofizik jarayonlar va xodisalar ta’siri ostida geologik muxitdagi o‘zgarishlarni o‘rganishni, xamda litosferaning ekologik barqarorligini baxolashning geofizik usullarini aniqlashni rat. 28 Rudali va norudali konlar geofizikasi Rudali va norudali konlar geofizikasi fanining zamonaviy nazariy va amaliy yutuqlarini xamda uning aloxida bo‘limlari oldida turgan muammolarni o‘rganish bo‘lib, rudali va norudali konlar geofizikasi ishlarini olib borishdagi ilmiy, dala, sanoat va texnik muammolarini sintez qila olish. 29 Zilzilalar o‘chog‘i mexanizmi Seysmologiyada elastiklik nazariyasini qo‘llanilishi, seysmik asboblarning ishlash asoslari, qayd etish usullari va seysmik kuzatish xizmati, zilzilalar, ularni sababi va ro‘y berishi, zilzila o‘chog‘ining xosil bo‘lishi va uning mexanizmi, zilzila o‘chog‘larining klassifikatsiyasi, tektonik kuchlanishlar maydoni, seysmotektonik potetsial to‘g‘risidagi bilim berish va jarayonlarni taxlil qilish asosida xulosalar chiqarishni o‘rgatishdan iborat. 30 Muxandislik seysmologiya Muxandislik seysmologiyasi masalalarni yechishda to‘lqinlarning elastiklik nazariyasini qo‘llanilishi, muxandislik seysmologiyasida qo‘llaniladigan sboblarning ishlash asoslari, qayd etish usullari va seysmik kuzatish xizmati, zilzila tasirida bino va inshootlarni o‘zini tutish qonuniyatlari.zilzila kuchi xamda qurilish materiallari tasniflari, yerning makro va mikroseysmik sharoitlari.to‘lqinning so‘nish qonuniyati va oshib borishi to‘g‘risida bilim berish va jarayonlarni taxlil qilish asosida xulosalar chiqarishni o‘rgatadi. 31 Seysmik xavfni va riski baholash Seysmik rejimning nazariy va fizik asoslari, zilzilalarni qayta ishlash uslublari va seysmologik malumotlarni taxrirlash. Ushbu olingan dalillarni taxlil qilish natijalari asosida seysmik rejimi tariflarini xisoblashdan iborat. 32 Seysmotektonika va geodinamika Yerningi geologik evolyutsiyasi, litosfera plitalari tektonikasi Yer tarixidagi tektonik faollik sikllari, xamda turli ilmiy va xalq xo‘jalik masalalarini yechishda ulardan foydalanishni o‘rgatishdan iborat. |
GEOFIZIKAVIY TADQIQOT USULLARI KAFEDRASIDA TAHSIL OLAYOTGAN TAYANCH DOKTORANT VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR
T/r | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.SH | Tayanch doktorant yoki mustaqil izlanuvchi | Dissertatsiya ishining mavzusi |
1 | To’xtameshov Fayzulla G’ulomjon o’g’li | Tayanch doktorant | O’zbekiston yirik shaharlarini mikroseysmik rayonlashtirish (Buxoro shahri misolida) |
2 | To’xtasinov Axmadjon Xasanjon o’g’li | Tayanch doktorant | Geologik –geofizik ma’lumotlar majmuasi asosida O’zbekiston xududi yer qobig’ini turlarga ajratish |
3 | Atabayev Bexzod Dilshotovich | Tayanch doktorant | Geofizik malumotlar bo’yicha Zarafshon botiqligi tuzilishining geologic o’ziga xosliklari |
4 | Israilova Zulfiya Ulug’bekovna | Tayanch doktorant | Buxoro-Xiva regionidagi Ispanli-chandir kotarmasining Yura davri terrigen yotqiziqlari petrofizik xossalarining laterial variatsiyalari |
5 | Akbarov Umid Murodjonovich | Mustaqil izlanuvchi | “Ustyurt neft gaz viloyatini paleozoy davri yotqiziqlarini 3D geolog-geofizik modeli” |
6 | Qudratov Sobir Sultonovich | Mustaqil izlanuvchi | “Seysmik vibratorlar va portlatish usullari bilan ishlab bo’lmaydigan xududlarda 3D seysmik qidiruv ishlarini olib borish(Uchqizil ko’li misolida)” |
7 | Azimov Farrux Shuxratovich | Mustaqil izlanuvchi | Yura davrigacha bo’lgan cho’kindilar va rivojlanishi uchun geofizik o’rganish materiallarini umumlashtirish (Ustyurt platosi misolida) |
8 | Toshpo'latov Farhod Norbayevich | Erkin izlanuvchi | Janubiy O’zbekiston hududida kuchli zilzila o’chog’i zonasining geofizik xususiyatlari |
О‘zbekiston Respublikasi Davlat Geologiya qo’mitasi “GidroInGeo”instituti |
GEOFIZIKAVIY TADQIQOT USULLARI KAFEDRASI MAHALLIY HAMKORLARI |
О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi "Yuqori texnologiyalar markazi” |
О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi G’.O.Mavlonov nomidagi “Seysmologiya instituti” |
“Toshkent Geologiya ekspeditsiyasi” |
“O’zR FVV “Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi |
H.M.Abdullayev nomidagi “Geologiya va geofizika instututi” DM |
“O’zbekgeofizika” AJ |
GEOFIZIKAVIY TADQIQOT USULLARI KAFEDRASI PROFESSOR O’QITUVCHLAR TARKIBI
Atabaev Dilshot Xusainbaevich – kafedra mudiri, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, dotsent, 1985 yil Toshkent Davlat universitetining Geologiya fakultetini tamomlagan. “Geofizika asoslari va geokimyo”, “Seysmik tadqiqot ob’yektlari” kurslari bo‘yicha bakalavriatura va magistratura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi. |
Radjabov Shuxrat Sayfullaevich – geologiya-mineralogiya fanlari doktori, dotsent, 1992 yil Toshkent Davlat universitetining Geologiya fakultetini tamomlagan. “Geofizik tadqiqot usullari”, “QGT ma’lumotlarini interpretatsiyalash” kurslari bo‘yicha bakalavriatura va magistratura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi. |
Xusanbaev Davron Djuraevich – geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent v.b., 1984 yil Toshkent Davlat universitetining Geologiya fakultetini tamomlagan. “Yer fizikasi”, “Geofizik ma’lumotlarni komplekslash” kurslari bo‘yicha bakalavriatura va magistratura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi. |
Goipov Akram Bayramovich – geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, 2016 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geologiya fakultetini tamomlagan. “Geologiyada masofaviy tadqiqot usullari va raqamli xaritalash”, “Geofizik tadqiqot usullari” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi. |
Muxammedraximov Chingiz Shermaxammedovich – o‘qituvchi, 2019 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Geologiya va Geoinformatsion tizimlar” fakultetini tamomlagan. “Geofizik tadqiqot usullari”, “Geologiyada masofaviy tadqiqot usullari va raqamli xaritalash” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi. |
Ziyabov Shoxrux Rustamjon o‘g‘li - o‘qituvchi, 2019 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Geologiya va Geoinformatsion tizimlar” fakultetini tamomlagan. “Geofizik tadqiqot usullari”, “Elektrotomografiya” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi. |
Abdullaev Nodirxon Qodirxon o‘g‘li - o‘qituvchi, 2019 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Geologiya va Geoinformatsion tizimlar” fakultetini tamomlagan. “Geofizika asoslari va geokimyo”, “Geofizik tadqiqot usullari” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi. |
Allamberdiev Iskandar Sunnatilla o‘g‘li - o‘qituvchi, 2020- yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Geologiya va Geoinformatsion tizimlar” fakultetini tamomlagan. “Geofizik tadqiqot usullari”, “Yer fizikasi”, “Yadroviy geofizika” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi. |
Qodirov Musurmonqul Muzaffarjon o‘g‘li - o‘qituvchi, 2020 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Geologiya va Geoinformatsion tizimlar” fakultetini tamomlagan. “Seysmologiya va seysmometriya”, “Geofizik tadqiqot usullari” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi. |
Ergashev Abbos Jamol o‘g‘li -- o‘qituvchi, 2021 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geologiya fakultetini tamomlagan. “Geofizika asoslari va geokimyo”, “Geofizik tadqiqot usullari” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi. |
Atabaev Bexzod Dilshotovich – o‘qituvchi, 2013 y. M. Gubkin nomidagi Rossiya Davlat Neft va gaz universiteti Toshkent filialini tamomlagan. “Geofizik tadqiqot usullari” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi. |
Meliboev Boxodir Fayzulloevich – o‘qituvchi, 2016 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geologiya fakultetini tamomlagan. “Geofizik tadqiqot usullari” kursi bo‘yicha bakalavriatura talabalariga ma’ruza, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi. |
To‘xtasinov Axmadjon Xasanjon o‘g‘li - o‘qituvchi, 2017 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geologiya fakultetini tamomlagan. “Geofizika asoslari va geokimyo”, “Geofizik tadqiqot usullari” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga ma’ruza, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi. |
To‘xtameshov Fayzullo G‘ulomjon o‘g‘li - o‘qituvchi, 2016 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geologiya fakultetini tamomlagan. “Geofizikaviy tadqiqot usullari” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi. |
О‘zR Davlat Geologiya qo’mitasi “Gidroingeo”instituti |
GEOFIZIKAVIY TADQIQOT USULLARI KAFEDRASI FILIALLARI |
О‘zR Innovatsion rivojlanish vazirligi "Yuqori texnologiyalar markazi” |
О‘zR FA G’.O. Mavlonov nomidagi “Seysmologiya instituti” |
“ Toshkent Geologiya ekspeditsiyasi” |
“O’zR FVV “Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi” |
“O’zbekgeofizika” AJ |
Familya ismi sharifi | Elektron pochta | |
Atabayev Dilshot Xusainbayevich | atabaev_d@mail.ru | |
Husanbayev Davron Djo’rayevich | shark_24@mail.ru | |
Goipov Akram Bayramovich | Goipov9700@mail.ru | |
Muxammedraximov Chingiz Shermaxammedovich | Chechenxan1990@gmail.com | |
Ziyabov Shoxruh Rustamjon o’g’li | sziyabov92@gmail.com | |
Abdullayev Nodirxon Qodirxon o’g’li | Khon.abdullaev@gmail.com | |
Allamberdiyev Iskandar Sunatilla o’g’li | Iskandarallamberdiyev23@gmail.com | |
Qodirov Musurmonqul Muzaffarjon o’g’li | musulmonqodirov69@gmail.com | |
Ergashov Abbos Jamol o’gli | abbosxon@mail.ru | |
To’xtameshov Fayzulla G’ulomjon o’g’li | maxturon@mail.ru | |
To’xtasinov Axmadjon Xasanjon o’g’li | axmad326@mail.ru | |
Meliboyev Bahodir Fayzullayevich | boxodirm@mail.ru | |
Atabayev Bexzod Dilshotovich | begi.atabaev@gmail.ru | |
Rajabov Shuxrat Sayfullayevich | radjabovs@mail.ru | |
Ibragimov Roman Solomonovich | ibrroma@yandex.ru | |
Ibragimova Tatyana Lyudvigovna | tam.anay@yahoo.com | |
Ibragimov Alisher Xaydarovich | alisher1957@mail.ru | |
Nurmatov Ulfat Amonovich | nurmatov@gmail.ru | |
Xodjimetov Alinazar | ahodjimetov@mail.ru | |
Mordvintsev Dmitriy Olegovich | dmitriymordvintsev@gmail.com | |
Alimuhamedov Ilhom Mizratovich | ||
Zakirov Azamat Shuxratovich | azamatzakirov@mail.ru | |
Yanbuxtin Ilyas Rustamovich | ilyas_7@mail.ru | |
Inatov Nurbek Komiljon o’g’li | nurbek.inatov@gmail.com | |
Yodgorov Sharofiddin | engineer_geolog@mail.ru | |
Yadigarov Eldor | yadigarov1987@mail.ru | |
Shukurov Zuxriddin | zukhriddin85@mail.ru | |
Toshpo’latov Farhod Norbayevich | farxod81@mail.ru |