Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Geologiya va geoinfarmatsion tizimlar fakulteti faol talabalari taqdirlandi

O’zbekiston Milliy universiteti 3-sonli talabalar turar joyida “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” shiori ostida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag’ishlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o’tkazildi.
Tyutorlar, ma'naviyat-marifat ishlari bo’yicha dekan muovini va tarbiyachi-pedogoglar hamkorligida tashkillashtirilgan bayram tadbirida iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlari, raqs va oʻyinlar ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashdi.
Dastur soʻngida Geologiya va geoinfarmatsion tizimlar fakulteti dekani A.Umarov Qomusimiz qabul qilinish tarixi haqida va amaliy ahamiyatiga toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, fakultetning faol, iqtidorli talabalarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

O’zMU Axborot xizmati