O‘zMU professor-o‘qituvchilari Germaniyada ma’ruza o‘qib qaytdi
O‘zbekistonning Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi tomonidan ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy hamkorlik doirasida “O‘zbek tili haftaligi” o‘tkazildi.
Berlindagi Gumboldt universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.