Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Germaniyaning Toshkentdagi Gyote instituti hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʼzbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulьteti nemis filologiya kafedrasi uzoq yillardan beri Germaniyaning Toshkentdagi Gyote instituti bilan turli jabhalarda xamkorlik qilib keladi.

Shu xamkorlikni yanada mustaxkamlash maqsadida 28 may kuni Germaniyaning Toshkentdagi Gyote instituti til boʼlimi boshligʼi Dildora Muxammadaminova, institut taʼlim soxasida xamkorlik boʼlimi xodimlari Dilorom Ismatillaeva, Sayyora Toʼrakulovalar «Nemis tilini oʼqitishni oʼrganish» (Deutsch lehren lernen, DLL) dasturini Oʼzbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulьteti Nemis filologiya kafedrasining oʼquv dasturiga kiritish» taklifi bilan OʼzMU Xalqaro boʼlimga tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda ikki tamon ham DLL(Deutsch lehren lernen) “Nemis tilini oʼqitishni oʼrgatish” dasturini universitet nemis filologiya kafedrasining oʼquv dasturiga kiritish»ni yangi oʼquv yilidan amalga oshirishga kelishib olishdi.

Shu davrgacha DLL(Deutsch lehren lernen) Germaniyada chop etilgan darslikning 6 ta qismi nemis filologiya boʼlimining 3 va 4 kurslari talabalari bilan olib borilgan nemis tili darslarida aprobatsiyadan oʼtkazilib bu darsliklar talabalar tomonidan yaxshi oʼzlashtirildi. Yana shuni qayd etib joizki, Gyote instituti nemis filologiyasi kafedrasi professor-oʼqituvchilarini mazkur darslikni oʼqitish boʼyicha malaka oshirishni tashkil qilishlarini ham aytib oʼtdilar.

Xalqaro aloqalar boʼlimi