Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Gong-Kong ta’lim universiteti delegatsiyasi O’zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi

Gong-Kong ta’lim universiteti rektori, professor Stephen Cheung Yan-leung boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini O‘zMU rektori Inom Madjidov qabul qildi. Hamkorlik uchrashuvida O‘zMUning pedagogika va psixologiya yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, Gong-Kong ta’lim universiteti bilan ta’lim tizimini rivojlantirish bo’yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi. Pedagogika yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borish, akademik mobillikni yo’lga qo’yish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ma'lumot o'rnida, Gong-Kong ta’lim universiteti ta’lim grantlari qoshidagi sakkizta subsidiyalangan universitetlardan biri hisoblanib, unda uchta fakultet va o’ndan ortiq akademik yo‘nalishlar mavjud.