15 ta fakultet. 80 ta kafedra. 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi. Talabalar soni 30 000+. Professor-o‘qituvchilar soni 2 000+. Bitiruvchilar soni 200 000+.

Hamkorlik doirasida dars mashg’ulotlari tashkil etildi

Oʻzbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti dekani Obidjon Zikirov boshchiligida fakultet jamoasining S.X.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyga hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan tashrifi amalga oshirildi. Dastlab, fakultet dekani Obidjon Zikirov litsey oʻquvchilariga universitet haqida, xususan, Matematika fakultetidagi shart-sharoitlar, oʻquv tizimi hamda fakultetning salohiyati toʻgʻrisida ma’lumot berib oʻtdi. Oʻquvchilarning dunyoqarashi, fanga boʻlgan qiziqishi hamda amaliyotda natijasining samaradorligini oshirish maqsadida fakultetning yosh olimlari, xalqaro fan olimpiadalari g’oliblari va yosh ixtirochilar F.Haydarov, R.Joʻrayev, Sh.Ibodulloyev, D.Yazdonov, J.Toʻrayev, M.Rajabov, J.Toʻychiboyevlar yuqori sinf o’quvchilariga xalqaro olimpiada masalalari bo’yicha master-klass o’tdilar. Dars mashgʻulotlari davomida oʻquvchilar koʻplab ma’lumotlarga ega boʻlib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Akademik litsey rahbariyati akademik litseyga tashrif hamda olib borayotgan hamkorlik uchun universitet va Matematika fakulteti rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, kelgusida matematika fan toʻgaraklarini yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha kelishib oldilar.

O’zMU Axborot xizmati