Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

HAMKORLIK DOIRASIDAGI UCHRASHUV

2021-yilning 24-noyabr kuni Qozon Federal universiteti (QFU) Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya instituti direktori Nailya Gumerovna Bagautdinova O`zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida O`zbek-Qozon qo`shma dasturi talabalari bilan uchrashdi. Shuningdek, QFU Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya instituti direktori Nailya Bagautdinova fakultet dekanlari va bo`lim boshliqlari bilan QFU xalqaro reytinglar natijasi, universitet reytingini oshirish strategiyasi borasida tajribalarini o'rtoqlashdi.

Uchrashuv davomida Nailya Bagautdinova QFUning tashkil topish tarixiga to`xtalib, Rossiya Federatsiyasining 2030 loyihasidagi ishtiroki xususida ishtirokchilarga ma'lumot berdi. Ma’lumot uchun: Qozon Federal universiteti QS reytingida 347-o’rinni va THE reytingida 801-1000 o`rinni egallagan.

O’zMU Axborot xizmati