Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

IJTIMOIY ISHNING RIVOJLАNIShI VА GLOBАL MUАMMOLАR

Joriy yilning 5 may kuni А-OT-2021-64 "Oilalarga sifatli va tezkor ijtimoiy xizmatlar koʼrsatish uchun mobil ilova yaratish" loyihasi doirasida Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulьteti “Ijtimoiy ish” kafedrasi, Oʼzbekiston nogironlar uyushmasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʼrganish markazi hamkorligida “Ijtimoiy ishning rivojlanishi va global muammolar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi (xalqaro ishtirokchilar bilan) oʼtkazildi.

Konferentsiyani OʼzMU xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor R.Shirinova, Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshligʼi M.Nurmatova ochib berdi.

Konferentsiyada Qirgʼiziston, Qozogʼiston, Rossiya, Tojikistondan soha mutaxassislari, hamkor tashkilot rahbarlari va xodimlari, Ijtimoiy fanlar fakulьteti rahbariyati va professor-oʼqituvchilari, kafedra professor-oʼqituvchilari, magistrlari ishtirok etdi. Olima, koʼplab shogirdlarning ustozi, sotsiologiya fanlari doktori, professor marhum Maʼrifat Ganievaning ilm-fan sohasiga qoʼshgan hissasi haqida fikrlar bildirib oʼtildi.

Konferentsiyada ehtiyojmand oilalar bilan ijtimoiy ish olib borishning keng qamrovli dolzarb masalalari, Oʼzbekistonda ijtimoiy siyosatni rivojlantirish istiqbollari, aholini ijtimoiy himoya qilish jarayonida fuqarolik jamiyatining tutgan oʼrni, aholini salomatligini taʼminlash jarayonlarining samaradorligini oshirish yoʼllari, nogironligi bor shaxslarning ijtimoiy-madaniy moslashuvi tizimini takomillashtirish, aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy himoyalashda axborot texnologiyalarini rivojlantirishning asosiy jihatlari, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish tizimini takomillashtirish muammolari kabi masalalar tahlil qilindi.

Konferentsiyada ilgari surilgan fikrlar va jamlangan maqolalar toʼplam shaklida chop qilinadigan boʼldi.

Nodira Latipova

OʼzMU “Ijtimoiy ish” kafedrasi mudiri,

sotsiologiya fanlari doktori, professor