Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Ilmiy-innovatsion loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi

O‘zbekiston Milliy universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev hamda tegishli mas’ullar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Unda professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchi-olimlarning ilmiy, innovatsion hamda startap lohiyalarini qo‘llab-quvvatlash, moliyalashtirish hamda ularni amaliyotga keng jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur uchrashuvda ilm-fan sohasini rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishda ilmiy-innovatsion loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab o‘tildi.

Professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlashilib, ularning ilm-fan sohasini rivojlantirish, loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarini tinglandi, bir qator masalalar atroflicha muhokama qilindi.

O‘zMU Axborot xizmati