Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga doir uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida 1-bosqichga qabul qilingan tayanch doktorantlar, doktorantlar, stajyor-tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilar ishtirokida ilmiy-tadqiqot faoliyatiga oid  uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yoqub Ergashov izlanuvchilarni samimiy tabriklab, ularga universitetda ilmiy faoliyat olib borish uchun yaratilgan barcha imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. U, shuningdek, ilmiy stajirovkalarda ishtirok etish, xalqaro ma’lumotlar bazalari va undagi nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish tartiblari xususida to‘xtalib o‘tdi.

Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Nargiza Nurmuhamedova tadqiqotchilarga yakka tartibli ish rejasini shakllantirish, yil yakuni bo‘yicha monitoringdan o‘tish tartibi bo‘yicha ma’lumot berdi.  Bundan tashqari universitetda foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan elektron resurslar hamda mazkur resurslardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ham tushuntirish berildi.

Uchrashuvda 100 nafardan ziyod tadqiqotchilar ishtirok etib, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga  batafsil javob olishdi. Bu tadbir O‘zbekiston Milliy universitetining ilmiy tadqiqotlar sohasidagi samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar doirasining muhim qismi sifatida alohida ahamiyatga ega.

Uchrashuv natijasida tadqiqotchilar ilmiy faoliyatni rivojlantirish borasidagi yangi imkoniyatlar hamda ilmiy tadqiqot ishlarini yanada samarali tashkil etish uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

O‘zMU Axborot xizmati