Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

INSHEA instituti

O’zMU delegatsiyasi Fransiyaning INSHEA institutida

Ma’lumki, O’zbekiston Milliy universiteti va Fransiyaning INSHEA (Institut National Supérieur de formation et de recherché (pour l’éducation des jeunes handicapés et les enseignements adaptés)) instituti hamkorligida inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo’yicha hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.

Hamkorlik doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, inklyuziv ta’lim tajribasini o’rganish va imkoniyati cheklangan talabalar uchun muhim bo’lgan ma’lumotlarni olish maqsadida O’zMU delegatsiyasi 2023 yilning 23-may kuni mazkur institutga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolarini INSHEA xalqaro aloqalar bo’yicha mas’uli Sofi Jint kutib olib, institut tuzilmasi bilan tanishtirib o’tdi. Mazkur institutda olib borilayotgan zamonaviy texnologiyalar to’g’risida ma’lumotlar berib o’tildi. Inklyuziv ta’limga oid dasturlar, maxsus qurilmalar va innovatsion loyihalar ko’rsatildi.

O’zMU vakillarining INSHEA institutidagi tashrifi 27-mayga qadar davom etdi, mazkur tuzilmaga oid zaruriy tajribalar o’rganilishi va kelgusida inklyuziv ta’lim mutaxassislarini o’qitish bo’yicha kelishuvlar olib borish rejalashtirildi.