Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi

Kafedra mudiri - fan doktori, DSc Mambetjhanov Qahramon Kurbandurdiyevic

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 

e-mail: mambetjhanov@nuu.uz


O‘rta Osiyo Davlat universiteti tarkibida 1944 yilda Siyosiy iqtisod kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga 1944-1949 yillarda i. f. d., professor Aminov Olim Mo‘minovich, 1949-1959 yillarda i. f. n., dotsent Stolyarov D. D., 1959-1963 yillarda i. f. n., dotsent Tarasyuk I. A. mudirlik qilganlar. 1964 yilda kafedra ikkiga, ya’ni Gumanitar fakultetlar siyosiy iqtisod kafedrasi va Tabiiy fakultetlar siyosiy iqtisod kafedrasiga bo‘lindi.

  Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi 1968 yilda Tarix fakulteti tarkibida Siyosiy iqtisod kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. Bu kafedraga 1968-1974 yillarda i.f.d., prof. Ibragimov Alixon Ibragimovich, 1975 yilda i.f.n., dos. Qosimov Narimon Azizovich rahbarlik qilganlar. 1975 yilda mazkur kafedra Gumanitar fakultetlar siyosiy iqtisod kafedrasiga qo‘shilgan va bu kafedraga 1975-1988 yillarda yu.f.n., prof. Natochiev Fedor Stepanovich mudirlik qilgan.

 1979 yilda Falsafa-iqtisod fakulteti tashkil etildi va uning tarkibida alohida Siyosiy iqtisod kafedrasi shakllantirildi. Bu kafedraga 1979-1990 yillarda i. f. d. , prof. Rasulov Muxtor Rasulovich rahbarlik qilgan. 1991 yilda Iqtisodiyot fakulteti tashkil topdi va uning tarkibida Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi faoliyat ko‘rsata boshladi. Bu kafedraga 1991-1992 yillarda i. f. d. , prof. Zaynutdinov Sayfutdin Muxiddinovich, 1993-1996 yillarda i. f. d. , prof. Abdug‘aniev Abduvohid Abdug‘anievich, 1997-2002 yillarda i. f. n. , dos. Xoshimov Pazliddin Zuxurovich, 2003 yilda i. f. n. , dos. Tolametova Zilola Abdujabborovna, 2004 yilda i. f. d, prof. Xamraev Odil Xamzaevich, 2005 yilda i. f. d. , prof. Karimov Raxmonqul Karimovich, 2005-2012 yillarda i. f. n. , dos. Umarov Kamol Yusupovich, 2013-2015 yillarda i. f. d. Shodmonov Erkin Sherqulovich mudirlik qilganlar. 2015 yildan hozirgi vaqtga qadar kafedraga i. f. n. , prof. Muminov Nozim Gaffarovich rahbarlik qilib kelmoqda.

 Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi tashkil topganidan buyon mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga iqtisodiy fanlar o‘qituvchilarini hamda iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlariga yuqori malakali kadrlarni tayyorlab kelmoqda.

 Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va 70310102 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni tayyorlovchi kafedra hisoblanadi.

 Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, magistrantlari va iqtidorli talabalari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining fundamental va amaliy grantlari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.


Kafedrada o`tiladigan fanlar to`grisida ma`lumot

1 Iqtisodiyot nazariyasi jahon miqyosida to‘plangan va bir tizimga keltirilgan iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari, kategoriyalari, qonunlarini, tamoyillarini, ularning amal qilish xususiyatlari va mexanizmlarini hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish
2 Iqtisodiy ta’limotlar tarixi ayrim shaxslar, ijtimoiy guruhlar va umumjamiyat manfaatini ifodalovchi iqtisodiy fikr, qarash, g‘oya nazariya va ta’limotlarni shakllanishi va rivojlanishini tahlili asosida iqtisodiy dunyoqarashni shakllantirish
3 Biznes rejalashtirish biznes-rejani biznes yuritish strategiyasi va taktikasini belgilovchi xujjat sifatida ishlab chikishi va amalga oshirish buyicha bilimlar majmuini shakllantirish buyicha yunalish ixtisosligiga mos bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirish
4 Innovatsion iqtisodiyot iqtisodiyot, shu jumladan ilmiy tadqiqot, iqtisodiy tahlil va pedagogik faoliyat sohasida innovatsiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini va fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va sanoatda innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy masalalari to‘g‘risida nazariy bilimlarni shakllantirish hamda va amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish
5 Xufyona iqtisodiyot xufyona iqtisodiy faoliyat vujudga kelishi sabablari, mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari to‘g‘risidagi bilimlarni berish orqali ularda iqtisodiyotni xufyonalashtirish va korrupsiya qarshi kurash ko‘nikmalarini shakllantirish
6 Tarmoqlar iqtisodiyoti bozor iqtisodiyoti rivojlanish, inqiroz sharoitida qishloq xo‘jaligi, sanoat, qurilish iqtisodiyotining nazariy va amaliy masalalari to‘g‘risida talab qilinadigan bilimlarni erkin bozor qonun va qonuniyatlari asosida shakllantirish
7 Raqamli iqtisodiyot raqamli platformalar bazasida iqtisodiy faoliyatni tashkil qilishning yuqori va ilg‘or texnologik usullari borasida istiqbolli fikrlashlarini shakllantirish hamda raqamli iqtisodiyot determinantlariga asoslangan iqtisodiy, texnologik, tashkiliy-boshqaruv bilimlaridagi qobiliyatlarini rivojlantirish, talabalar uchun zarur bo‘lgan raqamli iqtisodiyot qamrovi va mazmun mohiyati to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlari majmuini shakllantirish, o‘zaro bog‘liq (samarali, yuqori ilg‘or) texnologiyalar va ularni tadbiq etish bilan tanishtirish
8 Institutsional iqtisodiyot institutsional iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishining ham nazariy, ham amaliy tomonlarini, iqtisodiyot sub’ektlari faoliyatini o‘rganish usullari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish
9 Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish iqtisodiyotni tartibga solishning davlat mexanizmining o‘ziga xos xususiyatlari, shakl va usul,vositalari, davlatning iqtisodiy siyosati to‘g‘risidagi tizimli,keng qamrovli  nazariy bilim va amaliy  ko‘nikmalarini xosil qilish
10 Iqtisodiy xavfsizlik davlat va shaxsning muhim hayotiy manfaatlarini tan olgan holda mamlakag iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha nazariy na amaliy bilimlar berish
11 Mehnat iqtisodiyoti mehnat munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni, shu jumladan mehnat kategoriyasining moxiyati , mehnat jarayonlarini namoyon bo‘lishining o‘ziga xos shakllari, mehnat bozorini rivojlantirish va uning amal qilish mexanizmi samaradorligini oshirish, aholi bandligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlarini, mehnatni faoliyatini tashkil etish, mexnatga haq to‘lash, mehnatning samaradorligi, mehnat unumdorligi, aholini turmush darajasi va daromadlari , mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq bir qator masalalarni o‘rgatish hamda uni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilish
12 Iqtisodiyot.Praktikum nazariy bilimlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari hamda iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuvlarini shakllantirish
13 Inson taraqqiyoti O‘zbekiston va jahonda inson taraqqiyoti va aholi turmush darajasini oshirishning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rgatish
14 Real sektor iqtisodiyoti Ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyotining nazariy va amaliy jihatlarini o‘rgatish
15 Makroiqtisodiy tahlil Iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining iqtisodiy tahlil metodologiyasi va amaliyoti bo‘yicha bilimlar berish.
16 Investitsiyalarni boshqarish investitsiya tizimining shakllanish mexanizmini, investitsiyalarni baholashning tashkiliy-iqtisodiy, me’yoriy, ilmiy va uslubiy asoslarini, investitsiyalarni baholashning asosiy yo‘nalishlari, shakllari va usullarini haqida bilimlar berish
17 Investitsionion loyihalar tahlili Investitsiya loyihalari tahlili fanini o‘rgatishdan maqsad - talablarga amaliyotda loyihalar tuzish, tahlil qilish va samarali loyihalarni tanlab olishning nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatishidan iborat.
18 Davlat byudjeti va g‘aznachilik tizimi O‘zbekiston Respublikasi byudjet jarayoni, davlat byudjetining g‘azna ijrosi haqidagi nazariy bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, ularda mamlakatda amalga oshirilayotgan institutsional islohotlarning bugungi bosqichida davlat moliya tizimida amalga oshirilayotgan modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari borasida amaliy ko‘nikmalar hosil qilish
19 Amaliy buxgalteriya Buxgalteriya hisobini yuritishda qo‘llaniladigan informatsion dasturiy ta’minot paketlaridan foydalanish bo‘yicha bilimlar beriladi
20 Tizimli taxlil davlat boshqaruvi apparatini takomillashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini taqsimot qilish, ishchi kuchi va uskunalarga bo‘lgan talabni belgilash, turli mahsulotlarga ehtiyojlarni aniqlash kabi yirik biznes vazifalarini bajarish bo‘yicha bilimlar berish
21 Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining tahlili hamda prognozi uchun talab qilinadigan nazariy va amaliy masalalar to‘g‘risida bilimlarni berish.

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot.

Tashkilot va muassasa nomi Filiallari to‘g‘risida ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Har bir viloyatda Iqtisodiyot boshqarma va har bir tumanda bo‘linmasi mavjud
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Har bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi Har bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Har bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud
«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati Toshkent sh. (2 tagacha talabani amaliyotga oladi)
Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish markazi Har bir viloyatda boshqarma mavjud
«O‘zbekinvest Hayot» sug‘urta kompaniyasi Har bir viloyatda boshqarma mavjud
Qishloq qurilishbank Har bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud
ATB “Agrobank” Har bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud
“Toshkent” Respublika fond birjasi Toshkent sh. (15 tagacha talabani amaliyotga oladi)
Aksionerlik tijorat  “Aloqabank “ Mirobod filiali, Qo'qon filiali, Andijon filiali, Buxoro filiali, Qashqadaryo filiali, Navoiy filiali, Namangan filiali, Qoraqalpog'iston filiali, Samarqand filiali, Surxondaryo filiali, Xorazm, Farg`ona filiali, Jizzax filiali
ATB “Mikrokreditbank” Har bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud
Xususiy aksioner tijorat banki “DAVR-BANK” Toshkent sh., Toshkent viloyati (Kibray, Zangiota, Bektemir tumanlari)
 “XALQ SUG’URTA” MChJ sug‘urta kompaniyasi Toshkent sh.
Aksionerlik tijorat “Xalq Banki” Toshkent shahar Uchtepa filiali Toshkent shahar Uchtepa tumani
AITB “Ipotekabank” Yakkasaroy filiali Toshkent sh. Yakkasaroy tumani
AT Asaka banki Zarafshon shahri filiali Navoiy viloyati Zarafshon shahri
“KENG MAKON” mebel fabrikasi Toshkent sh. va Toshkent v.da joylashgan
Professor-o‘qituvchining F.I.Sh. Ilmiy darajasi, unvoni
Muminov Nozim Gaffarovich Kafedra mudiri. i.f.n., professor
Abulkosimov Xasan Pirnazarovich i.f.d., professor
Egamberdiev Farmonkul Tursunkulovich i.f.d., professor
Yuldashev Shuxrat Ganievich i.f.d., professor
Mamedov Xusan i.f.d., professor
Mambetjanov Kaxramon Kurbandurdievich i.f.d., dotsent
Xashimov Pazliddin Zukurovich i.f.n., professor
Maxmudova Guljaxon Nematdjanovna i.f.d., professor
Elov Dilshod Abdujabborovich i.f.n., dotsent
Karimov Diyor Muxtarovich i.f.n., dotsent
Olimjonova Shoira Olimjonovna dotsent
Tolametova Zilola Abdijabborovna dotsent
Ambarsumyan Anastas Alekseevich dotsent
Jo‘raboev Ibroximjon Tursunqulovich   i.f.n., dotsent
Xaydarov Mirekub Tadjievich dotsent
Kim Tatyana Valerevna Phd, dotsent
Abdullaeva Ra’no Gafurovna Phd, dotsent
Zoxirova Gulnora Muxammadievna k.o‘qituvchi
Muxitdinova Nasibaxon Keldibaevna k.o‘qituvchi
Xamraev Olimjon  Yaxshiboevich   k.o‘qituvchi
Jannazarova Gavxar Kaipnazarovna k.o‘qituvchi
Normurodov Xusan Eshmaxmatovich k.o‘qituvchi
Razakova Barno Sayfievna k.o‘qituvchi
Umarov Okil Omiljonovich o‘qituvchi
Xamidova Nargiza Miryusup kizi o‘qituvchi
Xolmatjonov Farxod Maxammatisanovich o‘qituvchi
Raxmatullaeva Dilbar Olimovna o‘qituvchi
Xasanova Nigora Xasan kizi o‘qituvchi
Pulatova Shaxnoza Abdurashidovna o‘qituvchi
Eshmirzaev Faruddin Ilxomjonovich o‘qituvchi
Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni   Dissertatsiya ishi mavzusi
Muminov Nozim Gaffarovich Kafedra mudiri Bozor munosabatlari shakllanishi davrida O‘zbekiston iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar
Abulkosimov Xasan Pirnazarovich professor Shakllanayotgan bozor iqtisodiyotida inson omili va uni faollashtirish yo‘llari    
Egamberdiev Farmonkul Tursunkulovich professor O‘zbekistonda agrosanoat kompleksini rivojlantirishning mintaqaviy xususiyatlari
Yuldashev Shuxrat Ganievich professor  
Mambetjanov Kaxramon Kurbandurdievich professor Milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullarining nazariy asoslarini takomillashtirish
Maxmudova Guljaxon Nematdjanovna professor Iqtisodiyotni modernizatsiyalash modellarining nazariy asoslarini takomillashtirish
Xashimov Pazliddin Zukurovich professor Ijtimoiy soha moddiy-texnika bazasini rivojlantirishning iqtisodiy qonuniyatlari (Siyosiy-iqtisodiy jihatlari)
Elov Dilshod Abdujabborovich dotsent Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mintaqaviy agrosanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish strategiyasi samaradorligi (Qashqadaryo viloyati misolida)
Karimov Diyor Muxtarovich dotsent Uzbekiston Respublikasi sanoatida xorijiy investitsiyalar samarali faoliyat kursatishining tashkiliy-iktisodiy mexanizmi (kushma korxonalar misolida)
Olimjonova Shoira Olimjonovna dotsent Agrar sohada institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishning nazariy jihatlari
Tolametova Zilola Abdijabborovna dotsent Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida mehnat salohiyatining yangilanishi va undan samarali foydalanish
Ambarsumyan Anastas Alekseevich dotsent O'zbekistonning bozorga o'tishi sharoitida iqtisodiy munosabatlar tizimida kichik korxonalar  
Xaydarov Mirekub Tadjievich dotsent  
  Jo‘raboev Ibroximjon Tursunqulovich     dotsent "XX asrning 20-yillari xalq xo'jaligining ko'zga ko'ringan rahbarlarining asarlarida ishlab chiqarish va tovar aylanmasi kontseptsiyasining rivojlanishi".  
Kim Tatyana Valerevna k.o‘qituvchi Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turizm sohasini innovatsion rivojlantirish
Abdullaeva Ra’no Gafurovna k.o‘qituvchi Hunarmandchilik faoliyatini tadbirkorlikni kengaytirish orqali rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirish
Zoxirova Gulnora Muxammadievna k.o‘qituvchi Ta’lim tizimida nodavlat ta’lim xizmatlarini rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirish  
Muxitdinova Nasibaxon Keldibaevna k.o‘qituvchi Milliy iktisodietni innovatsion rivojlanishini teoretik asoslarini takomillashtirish
Xamraev Olimjon  Yaxshiboevich   k.o‘qituvchi  
Jannazarova Gavxar Kaipnazarovna k.o‘qituvchi  
Normurodov Xusan Eshmaxmatovich k.o‘qituvchi Ishlab chiqarish infratuzilmasini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmining nazariy asoslarini takomillashtirish
Razakova Barno Sayfievna k.o‘qituvchi  
Umarov Okil Omiljonovich o‘qituvchi  
Xamidova Nargiza Miryusup kizi o‘qituvchi  
Xolmatjonov Farxod Maxammatisanovich o‘qituvchi  
Raxmatullaeva Dilbar Olimovna o‘qituvchi  
Xasanova Nigora Xasan kizi o‘qituvchi Ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash mexanizmini takomillashtirishning nazariy asoslari
Pulatova Shaxnoza Abdurashidovna o‘qituvchi  
Eshmirzaev Fariddin Ilxomjonovich o‘qituvchi