Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi

 

Kafedra mudiri - Babanov Shaxobiddin

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998

e-mail: babanov@nuu.uz


Kafedraning tarixi va asosiy faoliyati

O’zbekiston Milliy universiteti "Jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi 1939 yildan "jismoniy tarbiya va sport" fani bo‘yicha mustaqil ta’lim bo‘limi sifatida faoliyat boshlagan.
1920 yilning sentabr oyida tashkil etilgan Turkiston Davlat universiteti o‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari uchun oliy ta’lim taraqqiyotining boshlanishiga asos soldi.
1922 yilda Universitetda harbiy bo‘lim tashkil etilib, uning dasturida "jismoniy tayyorgarlik"ka katta e’tibor berilgan.
1928 yilda Universitetda majburiy o‘quv dasturiga "Jismoniy tarbiya" fani kiritildi.
Yigirmanchi yillarning o‘rtalarida Universitet talabalari hamda o‘qituvchilari futbol va voleybolda havaskor sport to‘garaklarini tashkil etishadi. Shuningdek, shaxmatning rivojlanishi bois talabalar ham, o‘qituvchilar ham unga ishqibozlik bildirishadi.
1939 yilda Universitetda "Jismoniy tarbiya va Sport" kafedrasi tashkil etildi. Ushbu kafedraning birinchi mudiri P. P. Klyaus edi.

Mustaqillik yillarida O’zbekiston ta’lim tizimining barcha darajalari va tarkibiy qismlariga dahldor tizimlarda tub islohotlar amalga oshirilishi, mamlakatning uzoq muddatli maqsad va manfaatlariga, zamon talablariga javob berishini ta’minlashga qaratildi.
Xususan, bu sohani isloh qilishning tegishli huquqiy asoslari yaratilib, investitsiyalarning o‘sishi va uni inson kapitaliga yo‘naltirishni belgilovchi ustuvor demokratik rivojlanish maqsadlarga erishishda eng muhim ahamiyatga ega va hal qiluvchi kuch bo‘lib, ilmli va intellektual rivojlangan avlodni tayyorlashda "jismoniy madaniyat va sport" ijtimoiy hodisa sifatida, umumiy madaniyat va ijtimoiy hayotning organik qismini ifoda etadi.
Milliy universitet hamda "Jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi tomonidan amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish bo‘yicha universitet kasaba uyushmasi tashkiloti bilan birgalikda amalga oshirilayotgan komplek chora-tadbirlar talabalar va xodimlarni barkamol va axloqiy tarbiyalash, ularning salomatligini mustahkamlash, ijodiy uzoq umr ko‘rishlari, yuqori samarali mehnatga tayyorgarlik ko‘rish va Vatanni himoya qilish kabi masalalarga qaratilgan.

Oliy ta’lim muassasalarida "jismoniy tarbiya va sport" intizomini qaytadan qurish (tashkil etish) bo‘yicha o‘tkazilgan muhokama jismoniy tarbiyani takomillashtirishda ko‘plab yo‘llar va turli yo‘nalishlarni ochib berdi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi nuqtai nazaridan, eng muhim va ahamiyatli yo‘l, bu talabalarning qiziqish va ehtiyojlarini hamda jismoniy madaniyatga bo‘lgan munosabatini hisobga olgan holda maqsadlarga erishish yo‘lidir.
Oliy ta’limda jismoniy madaniyat zamonaviy mutaxassis shaxsining umumiy va kasbiy madaniyatini shakllantirishning ajralmas qismi bo‘lib, talabalarni ijtimoiy tarbiyalash tizimi hisoblanadi. O’quv intizomi sifatida jismoiniy madaniyat barcha mutaxassisliklar uchun majburiy bo‘lib, u har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish vositalaridan biri sifatida, talabalarni professional-kasbiy tayyorgarlik jarayonida ular salomatligini mustahkamlash, o‘quvchilarning jismoniy va psixofizik holatini optimallashtirish omili hisoblanadi.
Oliy kasbiy ta’limning davlat ta’lim standartiga muvofiq jismoniy madaniyat Oliy o‘quv yurtlarida ijtimoiy (gumanitar) ta’lim siklining majburiy intizomi sifatida e’lon qilingan.
1991 yilda O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan O’zbekiston Milliy universiteti estafetani munosib tadbiq etib, sport an’analarini yuqori saviyada davom ettirmoqda.
1991 yilda universitetda ikkita bo‘lim mavjud edi: "jismoniy tarbiya" kafedrasi (kafedra mudiri Jukov M.M.) va Sport kafedrasi (kafedra mudiri Isxakov Y. A.).
1994 yilda Milliy universitet hududida sport majmuasi foydalanishga topshirildi; majmua - ikkita sport zali (24 x 42 va 18x36), yengil atletika sport stadioni, futbol maydoni, basketbol va voleybol bo‘yicha tekkis sport maydonchalaridan iborat. Ushbu zamonaviy sport majmuasini barpo etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, talabalar, fakultet a’zolari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, xodimlar va yaqin atrofdagi mahallalar aholisi uchun jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun qulay sharoit yaratishga yo‘naltirilgan.

2020-hozirgi vaqtgacha (kafedra mudiri Sh.J.Babanov



Kafedrada o‘qitiladigan fanlar.

Fan nomi Fan haqida qisqa ma’lumot
1. Jismoniy tarbiya va sport Talabalarni jismoniy tarbiyalashning maqsadi shaxsning jismoniy madaniyatini shakllantirishdir, bu esa o‘z navbatida shaxsning ijtimoiy va kasbiy faoliyatga tayyorligi, sog‘lom turmush tarziga rioya etish, muntazam ravishda jismoniy barkamolikka erishishga intilishni ta’minlaydi. Yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagi o‘quv, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va sog‘lomlashtiruvchi masalalarni yechimi ko‘zda tutilgan: ­ jismoniy madaniyatni shaxs shakllantirishdagi rolini tushunish va uni kasbiy faoliyatga tayyorlash; ­ jismoniy madaniyat va sog‘lom turmush tarzining ilmiy­amaliy asoslarini bilish; ­ jismoniy madaniyatga qadriyatli munosabatlar, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy barkamolikka intilish, va o‘z­o‘zini tarbiyalash, jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug‘ullanish zaruratini shakllantirish; ­ jismoniy tarbiya sohasidagi sog‘liqni saqlash va mustahkamlash, ruhiy barkamollik, psixofizik qobiliyatlarni rivojlantirish va takomillashtirishdagi shaxsning sifat va hususiyatlarida tizimli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish; ­talabaning kelajakdagi kasbiga psixofizik tayyorgarligini belgilaydigan amaliy­jismoniy tayyorgarligini ta’minlash; ­ hayotiy va kasbiy maqsadlarga erishishda jismoniy madaniyat va sport mashg‘ulotlaridan ijodiy foydalanish bo‘yicha tajriba to‘plash.  

Tadqiqodchi va ilmiy ishlar to‘g‘risida.

Professor o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi,  unvoni Disertatsiya ishi mavzusi
1 Babanov Shaxobiddin Jiyanmurodovich - Yuqori malakali dzyudochilarning mashg‘ulot jarayyonini matematik modellashtirish
2 Fayziyeva Oydin Lukmonovna - Oliy o‘quv yurtlari jismoniy tarbiya darslarida talabalarni sport turlari yordamida sog‘lomlashtirish texnologiyalari

Maxalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot.

Tashkilot nomi Shartnoma imzolangan sana Shartnoma muddati
1 Chuvash davlat qishloq xo‘jalik akademiyasi (Rossiya) 2017 yil dekabr   2022 yil 31 dekabr  
2 Yakkasaroy tumani 2-son BO’SM 2019 yil sentyabr 2022 yil 31 avgust
3 O’zbekiston gandbol federatsiyasi 2019 yil sentyabr 2022 yil 31 avgust
4 O’zbekiston basketbol federatsiyasi 2019 yil sentyabr 2022 yil 31 avgust

Kafedra tarkibi.

F.I.Sh Elektron pochtasi
  Babanov Shaxobiddin Jiyanmurodovich Shaxob1973@mail.ru  
  Nabiyev Timur Erikovich t.nabiev64@mail.ru 
  Platunov Andrey Igorevich a.i.p@inbox.ru
  Burnes Lyubov Anatolevna xiaomi5pulsssssssss@gmail.com
  Xalikova Liliya Sagdullayevna Xalikova1201@mail.ru
  Razakova Feruza Sayfiyevna r.feruza1966@mail.ru
  Turkmenova Mukarram Shermaxamatovna turkmenovamukarram@gmail.com
  Fayziyeva Oydin Luqmonovna luqmonovnaoydin@gmail.com

 


To‘garaklar

Haftaning  kunlari                        Vaqt Dushanba Seshanba Chorshanba Payshanba Juma Shanba Sport turlari bo'yicha mas'ul
Sport paviloni
16.00-19.00 Basketbol (e) Basketbol (a) Basketbol (e) Basketbol (a) Basketbol (e) Basketbol (a) Platunov A.I.
Markaziy Markaziy Markaziy Markaziy Markaziy Markaziy  
16.00-18.00 Voleybol (e) Voleybol (a) Voleybol (e) Voleybol (a) Voleybol (e) Voleybol (a) Boltayev A.A.
Chap zali Chap zali Chap zali Chap zali Chap zali Chap zali Otajonova L.B.
16.00-19.00 Kurash, dzyudo Belbog ' kurash Kurash, dzyudo Belbog ' kurash Kurash, dzyudo Belbog ' kurash Babanov Sh.J. Mirzayev A.M.
O`ng zali O`ng zali O`ng zali O`ng zali O`ng zali O`ng zali
16.00-18.00 Shaxmat Shashka Shaxmat Shashka Shaxmat Shashka Ravshanov G.X.
Auditoriya Auditoriya Auditoriya Auditoriya Auditoriya Auditoriya  
16.00-18.00 Stol tennisi   Stol tennisi   Stol tennisi   Platunov A.I.
Chap zali   Chap zali   Chap zali    
16.00-18.00 Armrestling   Armrestling   Armrestling   Murodov K.N.
Kichik zali   Kichik zali   Kichik zali    
Stadion
16.00-18.00 E/atletika   E/atletika   E/atletika   Arziboyev K.O.
Stadion   Stadion   Stadion   Fayziyeva O.L.
16.00-18.00   Futbol   Futbol   Futbol Ruzmetov R.T.
  Stadion   Stadion   Stadion  
16.00-18.00 Futzal   Futzal   Futzal   Kodirov A.A.
Sun`iy maydon   Sun`iy maydon   Sun`iy maydon    
16.00-19.00 Rugby (e) Rugby (a) Rugby (e) Rugby (a) Rugby (e) Rugby (a) Kulikov D.A.
Stadion Stadion Stadion Stadion Stadion Stadion Gulyamov A.A.
Universal sport zali (42x24)
16.00-18.00 Gandbol (e) Gandbol (e) Gandbol (e) Gandbol (e) Gandbol (e) Gandbol (e) Rahmatillayev M.S.
  Futzal   Futzal   Futzal Kodirov A.A.
Universal sport zali (36x18)
16.00-20.00 Taekvondo   Taekvondo   Taekvondo   Pulatov L.A.
  Taekvondo   Taekvondo   Taekvondo Soliev F.Sh.