Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Jurnalistika fakultetida noan’anaviy dars mashg‘uloti tashkil etildi

Jurnalistika fakultetida “Audiovizual va internet jurnalistika” kafedrasi tomonidan "Ilhom va optimizm – muvaffaqiyatli muloqotning kaliti sifatida" mavzusida noan’anaviy dars mashg‘uloti tashkil etildi.

Jurnalistika fakultetining 70 dan ortiq talabalarini qamrab olgan mazkur mashg‘ulot Rossiyadagi LG kompaniyasining PR/ESG bo'yicha katta direktori Tatyana Shaxnes tomonidan olib borildi.

Ma’ruza avvalida LG kompaniyasining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Sangcheol Li talabalarga tabrik so'zi bilan murojaat qildi.

Ma’ruzachi Tatyana Shaxnes talabalarga samarali marketing, kommunikatsiya vositalari, mahsulot va brendga ijobiy va optimistik yondashish, shuningdek, fikr yetakchilari bilan malakali ishlash muhimligiga e’tibor qaratib, PR-industriyasining hozirgi tendensiyalari haqida gapirdi. Tatyana o'z nutqida ijobiy munosabat jurnalistikada ham, muloqot jarayonida ham asosiy rol o'ynashini ta'kidladi.
Tatyananing O‘zbekiston Milliy universitetidagi ma’ruzasi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi va talabalarga kommunikatsiya sohasidagi zamonaviy tendensiyalar haqida qimmatli bilimlar bilan boyitish imkonini berdi.