Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Jurnalistika va media sohasi vakillari ishtirokida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi 

O‘zbekiston Milliy universitetida “Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar XXI asrda: rivojlanish tendensiyalari, ta'lim va texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. 

Mazkur anjuman 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda 2022-yil 27-iyunda imzolangan “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zMUning 106 yilligi munosabati bilan tashkil etildi. 

Konferensiyada jurnalistika, publitsistika, kommunikatsiya, sun’iy intellekt, internet media, jamoatchilik bilan aloqalar, dizayn, mediasavodxonlik, reklama va medialingvistika sohalarida olib borilayotgan tadqiqotlarga akademik doiralar va keng jamoatchilik diqqatini jalb etish hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari jurnalistika fakultetlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash ko‘zda tutildi.

Konferensiya ochilishida YUNЕSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xalqaro konsultanti  Anet Obolenski, BMTning Qozog‘istondagi axborot Byurosi rahbari Vlastimil Samek so‘zga chiqdilar.

Konferensiya ishida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Qoraqalpog‘istonning yetakchi universitetlari  olimlari, Italiya, AQSH, Ozarbayjon, Rossiya mediatadqiqotchilari, magistrant, doktorant va talabalari ishtirok etdi.

Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi yangi bilim va tajribalarni almashish, yangi texnologiyalarni joriy etish va sohaga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘ldi.