Kartografiya kafedrasi

E.Y. Safarov - Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+99897 751-27-16

e-mail: safarov57@mail.ru


Kartografiya kafedrasi respublikamizda kartografiya sohasida yetakchi yirik ilmiy pedagogik va tadqiqot markazlaridan biri hisoblanadi. Kafedra qoshida «Atlas kartografiyasi» muzeyi tashkil etilgan bo’lib, muzeyda 100 ga yaqin ilmiy ma’lumotnoma xususiyatiga ega bo’lgan ko’p yillik kartografik asarlar fondi T.Mirzaliyev boshchiligidagi ilmiy jamoa tomonidan tashkil etilgan. Hozirda ushbu ilmiy asarlar kafedra tarkibida saqlanib kelinmoqda va bu ishda E.Y.Safarov boshchilik qilmoqda. Kafedra respublikada geografik kartografiyaning yetakchi ilmiy maktabi sifatida tan olingan, uning maqsadi kartografiyaning ilmiy-amaliy masalalarini kartografik tadqiqot usullari asosida tadqiq etish va rivojlantirishdan iborat.

Kartografiya kafedrasi universitet va fakultetda yirik kafedralardan biri hisoblanadi. Hozirgi paytda kafedrada «60722500–Geodeziya, kartografiya va kadastr» bakalavriat yo‘nalishining kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakillari mavjud. Undan tashqari, «70722502-Geodeziya va kartografiya» mutaxassisligi bo’yicha magistratura bosqichida o’qishni davom ettirishlari hamda oliy ta’limdan keyingi ilmiy tadqiqot faoliyatlarini «11.00.06-Geodeziya. Kartografiya» ixtisosligi bo‘yicha doktorantura bosqichida olib borishlari mumkin.

Mutaxassislik fanlarini yuqori malakali professor-o’qituvchilar va ishlab chiqarish korxonalaridan tashrif buyurgan soha vakillari bilan birgalikda olib boradilar. Darslar kompyuter texnologiyalari hamda ilg’or pedagogik usullarga asoslangan holda o’tib kelinadi.

Kafedraning tarixi. Kafedraga 1921 yil professor N.I.Lebedenskiy tomonidan asos solingan. 1921-1945 yillarda kafedra turli fakultetlarning tarkibida faoliyat yuritgan. 1945 yili Geografiya fakulteti tashkil qilingandan so‘ng «Geodeziya va kartografiya» kafedrasi nomi bilan turli mutaxassisliklarga topografiya asoslari, geodeziya, kartografiya fanlaridan dars berib kelingan.

1947 yili O‘rta Osiyo respublikalari ehtiyojini kartografiya mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar bilan ta'minlash maqsadida «Geograf-kartograf» mutaxassisligi ochilib, o‘sha yili 17 ta talaba qabul qilingan.

1948 yilda prof. N.I.Lebedinskiy vafotidan so‘ng kafedraga oldinma keyin katta o‘qituvchi F.L.Tropkin, prof. I.G.Krasovskiy, katta o‘qituvchi I.G.Chernyak, dots. Ch.V.Galkov, prof. T.M.Mirzaliyev, dotsentlar – Y.G.Brodoskiy, P.Y.Butenko, L.H.G‘ulomova, A.Egamberdiyev, H.M. Muborakovlar rahbarlik qilganlar. Hozirda t.f.d., prof. E.Y.Safarov rahbarlik qilmoqda.

Hozirgi kunda, kafedrada 1 ta fan doktori-pofessor, 3 ta fan nomzodi – professor va dotsentlar, 2 ta katta o‘qituvchi, 6 ta o‘qituvchilar faoliyat olib borib talabalarga mutaxassislik fanlaridan dars berib kelmoqdalar.


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
Bakalavriatura
1Коmpyuter grafikasi va kartalarni jihozlashKompyuter grafikasi va kartalarni jihozlash fani talabalarda topografik-geodezik ishlar natijasida olingan ma’lumotlar asosida plan, karta va boshqa grafik xujjatlar chizmasini tayyorlash usullari haqidagi bilimlarni shakllantiradi. Kartografik asarlar-karta va atalaslarni belgilangan norma va qoidalar asosida chizish hamda rasmiylashtirish ishlari haqidagi bilimlarni shakllantiradi.
2KartashunoslikKartografik asarlardan ilmiy tadqiqot va xo‘jalik ishlarida keng foydalanish yo‘llarini o‘rgatish, talabalarni kartografik savodxonligini oshirish, kartografik asarlar tabiatni bilish va o‘zgartirishning o‘ziga xos vositasi ekanligini hisobga olib xulosalar chiqara olish ko‘nikmalarni shakllantiradi.
3Matematik kartografiyaFanni maqsadi talabalarga kartografik proyeksiyalar va ularning tasnifini, konusli, azimutal, silindrik va boshqa proyeksiyalarni ishlab chiqishni, proyeksiyadagi xatoliklar va ularning tarqalish qonuniyatlarini, meridian va paralellar to‘riga qarab kartografik proyeksiyalarni aniqlash haqidagi bilimlarni shakllantiradi.
4Davlat kadastrlari asosiFanni maqsadi qayd etilgan  bakalavriatura yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oladigan talabalarni O‘zbekiston  Respublikasining tabiiy resurslar va inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarini yagona umum davlat, yaxlit va kompleks hisobga olish hamda baholash maqsadida Davlat kadastrlarini yaratish va yuritishni nazariy, huquqiy, uslubiy va amaliy jihatdan o‘rganish hisoblanadi.
5Umumgeografik kartalarni loyihalash va tuzishUmumgeografik kartalarni dalada va kameral sharoitda yaratish jarayonlarini, nashrga tayyorlash yo‘llarini hamda undan foydalanish usullarini o‘rgatadi. Kartalarni loyihalash va tahrir qilish jarayonini “Kartografiya” ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasi hamkorligida ish olib borishni o‘rganadi.
6Tabiiy kartalarni loyihalash va tuzishTabiatni kartaga olishning asosiy yo‘nalishlarini, geotizimlar xususiyatlarini, geografik qonuniyatlar va tabiiy bog‘liqlar turlarini, tabiiy sharoitni va resurslarni kompleks va seriyali (tizimli) kartalashtirishni bilishni, turli mavzudagi tabiat tarmoqlari mavzuli kartalarining mazmunini, legendasini ishlab chiqish haqidagi bilimlarni shakllantirishdan iborat.
7Ko‘chmas mulkni baholashFanni maqsadi baholash faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, bozor sharoitida ko‘chmas mulkni baholash jarayonlarining xususiyatlari, baholash faoliyati normativ huquqiy bazasini shakllantirishdan iborat.
8Ijtimoiy-iqtisodiy kartografiyaFanni maqsadi xaritani yangi imkoniyatlarini ochish bilan bog‘liq tadqiqotlarni chuqurlashtirish, davlat ilmiy-ma’lumotnoma xaritalarning yagona tizimini aniqlash va ularni yaratish rejalarini ishlab chiqish jihozlashda raqamli tasvirlarni tuzish va qayta ishlash bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
9O‘zbekistonda kartografiyaFanni maqsadi mavzuli va kompleks kartalarning mazmuni hamda ular orasidagi o‘xshashliklarni; mavzuli va kompleks xaritaga olish va ulardan foydalanish yo‘llarini; turli sohalarda karta va atlaslardan tarixiy manba sifatida foydalanishni; O‘zbekistonda chop etilgan asosiy xarita va atlaslar hamda ularning mazmunini; maxsus soha atlaslaridan foydalanishni; karta va atlaslarni o‘qish, tahlil qilishni; kartografik asarlarni yaratishda yangi texnologiyalarni qo‘llashni o’rganadilar
10Ekologik kartografiyaTalaba bu fanni mukammal o‘rganishi uchun injener-texnikaviy bilimlarni ma’lum darajada o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Kursni o‘rganishda talaba kartografiya, geografiya, matematika, elektronika va boshka yer bilimlari, davlat kadastr asoslari to‘grisida ham ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
11Kadastr kartalarini loyihalash va tuzishDavlat kadastr tizimini yuritish, tabiiy va sotsial-iqtisodiy boyliklarni miqdori va tarqalish chegaralarini aniqlash, yerlarni turlari, miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ta’riflash va ularning kartalarini tuzish bo‘yicha yanada chuqurroq bilimlarni shakllantirishdan iborat.
12Demografik kartografiyaDemografik kartografiya fanining maqsadi demografik mavzudagi xarita va atlaslar va ularni tuzish usullarini o’rgatish hisoblanadi.
13Topografiya, kartografiya, GISFanni maqsadi topografik xaritalar yordamida turli masalalarni yechish; joyda burchak, chiziq uznligi va nisbiy balandliklarni o‘lchash; geodezik asboblar teodolit, nivelir bilan o‘lchashlarni bajarish; plan olish ishlarini bajarish; geografik xarita va atlaslarni o‘qish, tahlil qilish va baholash to‘g‘risida bilim berish.
14Kartografiya va geodeziya asoslariFanni maqsadi talabalarda gidrologik va gidrometeorologik injenerlik inshootlari va obyektlarni loyihalashda qurishda zamonaviy geodezik asboblardan foydalanish hamda turli xil gidrometeorologik kartalarni loyihalash va tuzish bo‘yicha xulosalar chiqara olish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Magistratura
15Geoinformation kartografiyaFanni maqsadi geoaxborot tizimlari (GAT) va texnologiyalari bilan tanishtirish, kartografiya, GIS va masofadan zondlash fanlari aloqalarini, geoinformatsion kartaga olishni, geotasvirlarni tasniflash prinsiplarini bilish, kartografik, avtomatik, dinamik generalizatsiya turlarini aniqlash hamda ma’lum GAT tizimi bilan ishlashni o‘rgatishdir.
16Atlas kartografiyasiFanni maqsadi magistrantlarga atlas kartografiyasining shakllanishi, hozirgi holati va istiqbollari, atlaslarni hususiyatlari, tasnifi, tarkibiy qismlari, turlari, tiplari, yaratish uslubiyoti bo‘yicha nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
17Qishloq ho’jaligi kartografiyasiFanni maqsadi magistrantlarda O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydigan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining fazoviy – xududiy joylashuvi, hozirgi holati va istiqbollari, shuningdek, mazkur tarmoqni boshqarishning iqtisodiy va texnik asoslarini aks ettiruvchi sohaviy qishloq xo‘jaligi xarita va atlaslarini loyihalash, tuzish, nashr qilish va ulardan ilmiy va amaliy faoliyatda foydalanish bo‘yicha zarur nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
18Kartografiya va geovizualizatsiyaFanni maqsadi magistrantlarga kartografiya va geovizuallashtirish haqida ma’lumot berish, geoinformatika, kartografiya va masofadan zondlash fanlari orasidagi bog‘liqlik modellarini aniqlash, geovizuallashtirish va kartaga olish metodlari va usullarini bilish, ularni sinflari, tasniflanishi va muvofiqlash, ularda generalizatsiya ishlarini olib borishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishni o‘rgatishdan iborat.

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

Tadqiqotchi professor-o’qituvchining FISHIlmiy darajasi, unvoniDissertatsiya ishi mavzusi
1Bekanov Kuat KoshkarbayevichTayanch doktorantOrolbo’yi murakkab ekologik sharoitidagi foydalanishni optimallashtirishda geoinformatika metodlarini qo’llash
2Ergasheva Yulduz XalilovnaTayanch doktorantJoyning jangovar vaziyatini o‘rganish va baholashda rakamli kartalardan foydalanish asoslari
3Ibragimov Orif AlimahamatovichMustaqil izlanuvchiO’zbekistonda muqobil energiya resurslaridan foydalanishning kartografik metodlari
4Mo’minov Abdujalil Abdusalom o’g’liMustaqil izlanuvchiVeb-texnologiyalar yordamida bog‘dorchilik va uzumchilik veb atlasini yaratishni ilmiy–uslubiy asoslari
5Sobirov Qahramon Bektursun o’g’liMustaqil izlanuvchiAholini sotsial-iqtisodiy xususiyatlarini geoinformatsion xaritaga olishni ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

Kafedra hozirgi kunda qator xorijiy davlatlar OTMlari, shu jumladan, G‘arbiy Vengriya, Zalsburg, London Grinvich universitetlari, Moskva davlat universiteti, Janubiy Qozog‘iston davlat pedogogika institutlari bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

2013 yil yanvardan boshlab kafedra a’zolari Yevropa Ittifoqining TEMPUS dasturi bo‘yicha 2012-2015 yillarga mo‘ljallangan yirik loyiha “TEMPUS GE–UZ: Geoinformatika: O‘zbekistonda barqaror rivojlanishga erishishni ta’minlash” nomli yirik loyihada faol ishtirok etdilar. Ushbu loyiha doirasida kafedra a’zolaridan 11 kishi G‘arbiy Vengriya, Zalsburg va Grinvich universitetlarida tashkil etilgan trening kurslarda qatnashib, o‘z malakalarini oshirib qaytdilar.

2014 yili kafedra qoshida maxsus “Geoinformatika” o‘quv laboratoriyasi tashkil etildi va u zamonaviy rusumdagi yangi geodezik asboblar, kompyuterlar va geoaxborat dasturlari bilan jihozlandi.

2013 yil yanvardan boshlab kafedra a’zolari Erasmus Mundus dasturi (545696 – EM – 1- AT- ERA  MUNDUS- EMA 21) gSmart loyihasida ham qatnashib kelmoqda. Ushbu loyihaning O‘zbekistondagi koordinatori sifatida kafedra mudiri prof. E.Y.Safarov ish olib bordi. Dastur bo‘yicha bakalavriat talabalaridan 4 ta, magistrantlardan 1 ta, PhD bo‘yicha 2 ta, PostDoc bo‘yicha 1 ta kishi Evropaning turli oliy o‘quv yurtlarida o‘qib o‘z bilimlarini oshirib qaytdilar. Bu loyiha doiraisda O‘zbekistonng bir qancha OTMlaridan (O‘zMU, TIMI, TATI, UrDU, BuxDU va boshqa) pedagog hodimlar chet elga borib o‘z malakalarini oshirib keldilar. 2015 yil sentyabirdan 2016 yil iyunigacha kafedraning katta o‘qituvchisi I.O‘.Abdullaev (Avstriyada), Sh.Prenov (Vengriyada) va A.Ruziev (Gollandiyada) ushbu dastur bo‘yicha malaka oshirib keldilar.


Kafedra tarkibi

Familiyasi ismi sharifiElektron pochta
1Safarov Eshqobul Yuldashovichsafarov57@mail.ru
2Egamberdiyev Asomberdia.egamberdiev@nuu.uz
3Saloxiddinova Sevara Saidaminovnas.salohitdinova@nuu.uz
4Ibraimova Aziza Alimbayevnaazizaibraimova595@gmail.com
5Mo‘minov Abdujalil Abdusalom o‘g‘lia_muminov@nuu.uz
6Ochilov Shodiqul Shomurodovichsh.ochilov@nuu.uz
7Yusupov Baxridin Normo‘minovichbahridinyusupov@gmail.com
8Uvrayimov Sunnatilla Tilaboy o‘g‘liu.uvraimov@nuu.uz
9Bekanov Kuatbay Koshkarbayevichquwatbay1989@gmail.com
10Prenov Shavkat Mamatsoliyevichsh.prenov@nuu.uz
11Sobir Qahramon Bektursun o’g’liqaxramon_7333mail.ru
12Ergasheva Yulduz Xalilovna 

7. To‘garaklar

Kartografiya kafedrasida “Kartografiya va GIS texnologiyalari” ilmiy to’garagi mavjud bo’lib, unda 60722500 – Geodeziya, kartografiya va kadastr yo’nalishi talabalari darsdan tashqari holatda soha oid yangiliklar, davra suhbatlari, zamonaviy dasturlar haqida ma’lumotlarga ega bo’ladilar.