Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Kembrij universiteti matbuot va baholash bo’limi ta’lim bo’yicha maslahatchisi O’zMUda

Bugun, 26-noyabr kuni Buyuk Britaniyaning Cambridge University Press and Assessment (Kembrij universiteti matbuot va baholash) bo’limi hamda O’zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti hamkorligida “Ta’lim va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda Cambridge University Press and Assessment bo’limi ta’lim bo’yicha maslahatchisi Steve King o’zining ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada jahonda ta’limning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati, ko’rsatkichlari va hozirgi tendensiyalari haqida so’z yuritildi. Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari xorijiy mutaxassis tomonidan tahlil qilib berildi.
Seminar-trening yakunida talabalar-yoshlar ta’lim va oliy ta’limni davom ettirish masalasiga oid o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Shu bilan birga, Buyuk Britaniyada davom ettirish imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo’ldilar. Xorijlik mutaxassis Steve King bu kabi tadbirlarni kelgusida yana tashkil etish tarafdori ekanligini va hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

O’zMU Axborot xizmati