Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

MАSHHАRGАCHА UYGʼOQ BUYUK NАVOIY

Ulugʼ mutafakkir, soʼz mulkining sultoni Аlisher Navoiyning boy maʼnaviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mamlakatimizda ulugʼ bobokalonimizga ehtirom koʼrsatish, asarlarini oʼrganish, uni dunyoda keng targʼib etishga doimiy eʼtibor qaratilmoqda.

Bugun 9 fevralь sanasida buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan Аdiblar xiyoboni hududida qad rostlab turgan Аlisher Navoiy haykali poyiga gul qoʼyish marosimida Oʼzbekiston Milliy universiteti jamoasi ham munosib ishtirok etishdi.

Unda universitetning yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektori boshchiligida professor-oʼqituvchilar, talaba-yoshlar, dekan oʼrinbosarlari hamda navoiyshunos olimlar, shoirlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida adabiyotshunos, tilshunos olimlarimizning Аlisher Navoiy hayoti va ijodiy borasidagi qizgʼin maʼruzalar tinglanar ekan, universitet rektorining badiiy-adabiy maslahatchisi, filologiya fanlari doktori, professor H.Boltaboev Аlisher Navoiy haqida bebaho fikrlarini bayon qildi. Jumladan, “uning doʼsti, muxlisi Husayn Boyqaro “Аning nazmi vasfida til qosir va bayon ojizturur”, desa, Davlatshoh Samarqandiy “Bu ulugʼ amir dinu davlat homiysi, shariat hamda millatning pushti panohidir”, deb taʼkidladi.

Аlisher Navoiyning tavallud ayyomi xalqimiz, butun dunyo uchun adabiyot bayrami desak arziydi, – deydi prorektor K.Mirzaaxmedov. – Boisi, Аlisher Navoiy oʼzining ijodi, insoniy gʼoyalari bilan butun dunyoda ezgulikni, insonparvarlikni, yaxshilikni tarannum etgan. Hazratning soʼz mulkining sultoni, deb atalishi ham bejiz emas. Shu paytgacha dunyo adabiyotida ulugʼ mutafakkir bobomizchalik biron ijodkor oʼz ijodida koʼp va xoʼb soʼz ishlatgan emas. U kishining maʼnaviy merosi xalqimiz uchun bitmas-tuganmas xazinadir.

Universitet yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat tizimi