Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Mahliyo Mirsoatova, Jurnalistika sohasida «Oltin qalam» XVII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovda Bosh milliy mukofot sovrindori  — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dekani:

Bu mukofot nafaqat bizning jamoamizga, balki O‘zbekistonning yetuk jurnalistlarini kamolga yetkazgan otaxon va tabarruk dargohga bo‘lgan ehtirom va e’tirof ifodasi bo‘ldi. Axir Yangi O‘zbekiston jurnalistikasining ayni paytdagi dadil qadamlari ham ushbu dargohda saboq olgan ijodkorlarning yutuqlari bilan baholanmoqda. Bu rag‘bat bizga juda katta shijoat bag‘ishlaydi. Kelgusida yurtimizdagi islohotlarni teran anglab yetgan holda talabalarni bugungi jurnalistikaning zamonaviy uslub va yangiliklaridan bahramand etishga harakat qilamiz.