Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Malta universiteti professori Sergio Portelli Xorijiy filologiya fakultetida bo‘ldi

O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakultetiga Malta universiteti Tarjima, terminologiya va og‘zaki tarjima kafedrasi mudiri, professor Sergio Portelli tashrif buyurdi.

Xorijiy filologiya fakulteti Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi tashabbusi bilan xorijlik mehmon ishtirokida “Xalqaro loyihalar bo‘yicha Malta universiteti tajribasi” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda Malta universitetida ta’lim tizimining tuzilishi hamda universitetda xodim va talabalar mobilligini oshirishdagi tajribalar yuzasidan qiziqarli ma’lumotlar berildi.