Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Ma’naviyatli yoshlar kelajak bunyodkori

2021-yil 21-dekabr kuni O'zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti talabalari o'rtasida "Ma'naviyatli yoshlar kelajak bunyodkori" nomli ma'naviy-ma'rifiy ko'rik-tanlov o'tkazildi. Tanlovda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi xodimlari, barcha fakultetlarning dekan o'rinbosarlari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tanlovda "Adrenalin", "Liderlar", “Zamona", “Zulfiyaxonim qizlari", "O'zbekiston yoshlari", "Renassans" jamoalari ishtirok etdi. Tanlovda talabalar 5 ta shart bo’yicha bellashib, iqtidorlarini namoyish etishdi: tanishtiruv, tezkor savol-javob, o'xshatish, muammoli mavzularda sahna ko'rinishi va erkin mavzu.
Qiziqarli o'tgan tanlovda, hakamlar hay'atining yakuniy qarorlariga ko'ra, faxrli 1-o'rinni "Liderlar" jamoasi, 2-o'rinni "Adrenalin" jamoasi, 3-o'rinni "Renassans" jamoasi egalladilar. G'olib bo’lgan jamoalar diplom, esdalik sovg'alar va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

O’zMU Axborot xizmati