Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetining Isroil qishloq xoʼjaligi vazirligi va agrar taraqqiyot vazirligi bilan hamkorlikdagi faoliyatini yanada rivojlantirish.

2021 yilning 9 iyunida O‘zbekiston Milliy universiteti va Isroil qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish vazirligi o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasidagi muammolarni har tomonlama tahlil qilishga qaratildi.

Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Milliy universiteti vakillari xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, b.f.d. Lazizaxon G‘afurova, Milliy universitet Agroyekobiotexnologiyalar ilmiy markazi rahbari va uning xodimlari bo‘lishdi.

Isroil vazirligi vakili Maya Zahavi, tuproq tadqiqot bo‘limi boshlig‘i, yerni baholash va uzoq zondlash, va mazkur soxadagi yetakchi olimlar ishtirok etdi.

Videomuloqotda asosan tuproqni saqlash va drenajlash, tuproq va uning unumdorligini tekshirish, yerlarni sug‘orish masalalari muxokama etildi.

Shuni ta’kidlash kerakki, tomonlar ta’lim sohasida yaqindan hamkorlik kilish, Orolbo‘yida tuproq degradatsiyasini yaxshilash, iqlim o‘zgarishiga moslashish, dehqonchilik sohasida zamonaviy tadqiqotlar o‘tkazish, sug‘oriladigan maydonlar va bioxilma-xillikni saqlash sohalarida yer regressiyasi va boshqa masalalarga ham batafsil to‘xtalib o‘tdilar
Uchrashuv yakunida tomonlar navbatdagi onlayn uchrashuv iyul oyida o‘tkazilishiga kelishib oldilar.

Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor,

filologiya fanlari doktori,

professor Shirinova Raima Xakimovna