Joriy yilning 26 may kuni Markaziy harbiy okrug ilmiy tadqiqot markazida Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston milliy universiteti psixologiya kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari doktori, professor (ilmiy kengash raisi) Dilbar Muhammedova va kengash aʼzolari tomonidan harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarning mustaqil izlanuvchi harbiy xizmatchilari hamda Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakillari bilan seminar-trening oʼtkazildi.
Ushbu seminar-trening Markaziy harbiy okrug qoʼmondoni polkovnik Аybek Saidov tashabbusi bilan tashkil etilgan boʼlib, unda okrug mustaqil izlanuvchilaridan 14 nafari ishtirok etdi.
Tadbir davomida tadqiqotlar jarayonida uchraydigan muammolar va ularga yechimlar, izlanuvchilar uchun zarur boʼlgan ilmiy maslahatlar, ilmiy uslubiy koʼrsatmalar toʼgʼrisida fikrlar almashildi. Seminar-trening mustaqil izlanuvchi harbiy xizmatchilar uchun juda ham samarali boʼldi va oʼzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi. Ochiq muloqot shaklidagi ushrashuvda mustaqil izlanuvchi harbiy xizmatchilar oʼz fikr-mulohazalari va takliflarini bildirishdi. Bundan tashqari, kelgusida Respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy konferetsiyalar oʼtkazishga kelishib olindi.
Shuningdek, mehmonlar Markaziy harbiy okrugda amalga oshirilgan innovatsion loyihalar va harbiy okrug ilmiy tadqiqot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
OʼzMU Аxborot xizmati