Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Nagoya Universiteti

2023- yilning 6-noyabr kuni O'zbekiston-Yaponiya Markazi hamda Tsukuba Universiteti (NipCa loyihasi), Nagoya Universitetining O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yaponiyaning O'zbekistondagi Elchixonasi, Yaponiya Xalgaro Hamkorlik Agentligi (JICA), Yaponiya Talabalarni qo'llab-quvvatlash Tashkiloti (JASSO) va O'zbekistondagi yapon tili o'qituvchilari uyushmasi ko'magi ostida Toshkent shahrida navbatdagi "Japan Education Fair 2023" ta'lim ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Ko'rgazmada Yaponiyaning quyidagi yetakchi oliy ta'lim muassasalari ishtirok etdi: Nagoya, Tsukuba, Toyo, Tokio, Musashino, Ritsumeikan universitetlari, Keio universiteti Shonan Fujisava kampusi, Yaponiya xalqaro universiteti, Yamanashi Gakuin universiteti (Xalqaro gumanitar fanlar kolleji), Nagoya iqtisodiyot universiteti, Nagoya savdo va biznes universiteti, Kyoto ilgor fanlar universiteti, Ritsumeikan Osiyo-Tinch okeani universiteti.