Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Nazariy fizika kafedrasi

Musaxanov Mirzayusuf - Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 98 126-80-33

e-mail: musakhanov@umail.uz


Kafedra tarixi va asosiy faoliyati. Nazariy fizika kafedrasi 1935- yilda tashkil topgan. Bu kafedrani 1935-1941 yillari prof. A.E.Levashov, 1941-1957 yillari akad. S.U.Umarov, 1957-1965 yillari prof. G.M. Avakyants, 1965-1967 yillari prof. A.Teshaboev, 1967-1972 yillari prof. R.X.Mallin, 1972-2005 yillari akad. M.M.Musaxanov mudirlik qilgan. 2005 yildan 2016 yillar davomida nazariy fizika kafedrasi yadro fizikasi kafedrasi bilan birlashtirildi va Yadro va nazariy fizika kafedrasi tashkil etildi. 2016 yilda Nazariy fizika kafedrasi alohida kafedra sifatida ajralib chiqdi va uni 2017 yil may oyidan   boshlab akad. M.M.Musaxanov boshqarib kelmoqda.

M.M.Musaxanov kafedraga kelishi bilan bu yerda yarim o`tgazgichlar fizikasi bo`yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar qatorida yuqori energiya fizikasi, atom va yadrolarning to`qnashuvi, nurlanishning muhit bilan ta`sirlashuvi kabi yangi yo`nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari boshlandi. Katta salohiyatga ega bo`lgan yirik ilmiy markazlar: Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (YaTBI, Rossiya, Dubna), Lebedev nomidagi Fizika instituti (RFA FI, Moskva) bilan ilmiy aloqalarning o`rnatilishi ushbu izlanishlarni faol olib borishga zamin yaratdi. M.M.Musaxanovning tashabbusi bilan nazariyotchilar uchun kvant xromodinamikasi, elementar zarralar nazariyasi, kalibrlangan maydonlar nazariyasi kabi yangi maxsus kurslar o`quv jarayoniga kiritildi. YaTBI bilan yaqindan o`rnatilgan aloqalar kafedra talabalari va bitiruvchilariga Dubnada katta ilmiy maktabni o`tishga imkoniyat yaratdi. Kafedraga yetakchi nazariyotchilar ma`ruzalar o`qish uchun taklif qilindi. Natijada dunyo ilmiy markazlarida kafedra bitiruvchilariga talab kuchaydi, kafedraning dovrug`i nafaqat O`zbekiston, balki jorijga ham tarqaldi.
Nazariy fizika kafedrasining yangi davri O`zbekiston Respublikasi mustaqilligidan keyin boshlandi. Kafedraning ilmiy tadqiqotlar sohasi elementar zarrachalar fizikasi va kvantlangan maydon nazariyasini (M.M.Musaxanov, B.A.Fayzullaev, U.Yaxshiev, A.Karimxodjaev), nazariy yadro fizikasini (B.F.Irgaziev), modda bilan nurlanishning o`zaro ta`sirini (P.E.Pyak), nochiziqli to`lqinlar jarayonlar nazariyasi (A.A.Abdumalikov, A.S.Rahmatov, H.N.Ismatullaev), kondensatlangan holatlar fizikasi nazariyasini (M.M.Musaxanov, B.Abdullaev) o`z ichiga qamrab olgan.
Kadrlar tayyorlash borasida fizika fakultetida Nazariy fizika sohasi alohida o`rin tutadi. Professor A.A.Abdumalikov boshchiligidagi kafedra a`zolaridan tuzilgan ijodiy jamoa tomonidan o`zbek tilida nazariy fizikaning umumiy fanlari bo`yicha 2008-2011 yillarda Nazariy fizika kursi bo`yicha to`rt jildli (B.A.Fayzullayev Nazariy mexanika, A.A.Abdumalikov Elektrodinamika, M.M.Musaxanov, A.S.Rahmatov Kvant mexanikasi, A.A.Abdumalikov, R.Mamatqulov Termodinamika va stastistik fizika) darslik nashr qilindi. 2014 yilda Matematik fizika metodlari (B.A.Fayzullayev, A.S.Rahmatov), magistrlarga mo`ljallangan Nazariy fizikaning matematik usullari (B.A.Fayzullayev) darsliklari ham chop etildi. Kafedra o`zining yuqori malakali professor-o`qituvchilari bilan faxrlanadi.
 Zamonaviy universitet ta`lim jarayonini AKTning komponentlarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Aynan shu komponentlarni barpo etish borasidagi qilingan sa`y-harakatlar, ilmiy-texnik yechimlar, zamonaviy elektron o`quv adabiyotlar yaratish metodikasi va elektron qobig`ini barpo etish hamda professor-o`qituvchilar va talabalarni elektron muhit doirasida faoliyat olib borishi bo`yicha keng qamrovli izlanishlar kafedra a`zolari pedagogik faoliyatida o`z aksini topgan (A.Karimxodjaev). Sir emaski, axborotlashtirish jarayoni kompyuterlashtirish jarayonidan tubdan farq qiladi, shuning uchun ham bu ko`p mablag` talab qiladigan jarayondir. Bu borada dotsent  A.Karimxodjaev raxbarligida 12 ta xalqaro donorlar grantlari (jami: 825000 yevro va 240.000 AQSh dollari), jumladan TEMPUS (Evropa ittifoqi), YuNESKO grantlaridan unumli foydalanib, nafaqat O`zMU, balki Talabalar shaharchasi va Shifokorlar shaharchasi kompyuter tarmoqlari yaratildi.
Jami 120 ta kompyuterdan iborat va zamonaviy serverlar bilan jihozlangan Ochiq o`quv informatsion markaz ishga tushirildi (A.Karimxodjaev, A.S.Rahmatov), Astronomiya va fizika bo`yicha YuNESKO kafedrasi tashkil etildi va faoliyat ko`rsatmoqda (M.M.Musaxanov, A.S.Rahmatov).  Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida nazariy fizika sohasida olib borilayotgan ilmiy ishlarning keng jamoatchilik tomonidan tan olinishiga kafedramizda tahsil olgan talabalar ichidan (Abdufarrux Abdumalikov 1997 y., Jasur Abdullaev 2005 y.) O`zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlari bo`lganligi yaqqol misol bo`ladi. Hozirgi paytda kafedramiz xodimi Ulug`bek Yaxshiev Inha universitetida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. V.Morozova AQShda Prinston universitetida, E.B.Abdikamalov Ostona shahridagi Nazarboev universitetida ilmiy izlanish olib bormoqda.
Nazariy fizika kafedrasida taxsil olgan talabalar va magistlar relyativistik astrofizika, gravitatsiya va kosmologiya sohasida ham ilmiy izlanishlar ishlarni prof. B.J.Axmedov va f.-m.f.d. A.A.Abdujabbarov raxbarligida olib boradi.


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar (bakalavriat) uchun

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
1Matematik fizika usullariTo‘lqin tarqalishi,issiqlik va massa ko‘chishi kabi fizik jarayonlarni o‘rganishda paydo bo‘ladigan differensial tenglamalar  keltirib chiqarilgan va ularni echishning asosiy usullari beriladi
2Nazariy mexanikaUshbu fan klassik nazariy mexanikaga bag‘ishlangan bo‘lib, unda nazariy fizika uchun muhim bo‘lgan Lagranj hamda Gamilton formalizmlarning asolari, tebranishlar nazariyasi, qattiq jism xarakati va suyuqliklar mexanikasining elementlari berilgan
3ElektrodinamikaMazkur fan elektromagnit maydon larning nazariyasiga bag‘ishlangan,bo‘lib, xam mikroskopik (vakuumda) ham makroskopik(tutash muhitlarda) elektrodinamikani qamrab olgan.To‘la-tukis elektromagnit maydonning nazariyasi o‘z ichiga  mahsus nisbiylik nazariyasini ham qamrab olgan.
4Kvant mexanikasiFan mikrodunyoga tegishli bo‘lgan hodisalarni va unda uchraydigan jarayonlarni o‘rganishiga bag‘ishlangan. O‘ziga hos matematik apparat makroolamda uchraymidigan hodisalarni to‘g‘ri ifodalab berdi, jumladan korpuskulyar-to‘lqin dualizmni, Geyzenbergning noaniqlik prinsipini va x.k.
5Statistik fizikaUshbu fan katta sondagi zarralardan tashkil topgan makroskopik jismlarning xossalari va xususiyatlarini o‘rganishiga bag‘ishlangan.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar(Nazariy fizika- magistratura) uchun

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
1Nazariy fizikaning matematik usullariMagistrlarga tenzorlar,matritsalar differensial tnglamalarning analitik hossalari,asimptotik metodlar va gruppalar bo‘yicha chuqur va mustahkam bilim berish
2.Kvantlangan maydonlar nazariyasiZamonaviy elementar zarrachalar nazariyasining asoslari, kvantlangan vakuum nazariyasining metodlari va tushunchalari bilan tanishtirish.
3Qattiq  jism nazariyasiKondinsirlangan fizikada zona strukturasi,kristall panjara bir elektronli holatlarva qattaiq jismda sodir bo‘ladigan xodisalar bilan tanishtirish.
4Elementar zarrachalarning standart modeliSU(2)xSU(1) simmetriya gruppasiga asoslangan zamonaviy kalibrlangan nazariyasining metodlari bilan tanishtirish.Adronlarning kvark modellari,simmetriyaning spontan buzilishi, Golstoun teoremasi va Xiggs bozonlari to‘g‘risida tushuncha berish
5Relyativistik astrofizikaMagistrlarga maydon nzariyasi elementlari, Eynshteyn tenglamasi, qora o‘ralar,ularning optik va astrofizik xossalari to‘g‘risida tushunchalar berish.
6Nochiziqli tebranishlar va to‘lqinlar nazariyasiFizikada uchraydigan nochiziqli xodisalarni o‘rganish .

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar( Matematik fizika- magistratura) uchun

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
1Nazariy fizikaning matematik usullariMagistrlarga tenzorlar,matritsalar differensial tnglamalarning analitik hossalari,asimptotik metodlar va gruppalar bo‘yicha chuqur va mustahkam bilim berish
2.Matematik fizika fanining zamonaviy usullariCHiziqli normalangan fazo tushunchasi, ortonormal sistemalar,Fure qatori,Sobolev fazolariRiss teoremasi haqida tushunchalarv va ularni qo‘llash.
3Statistik fizikaning panjariy modellariTasodifiy jarayonlar,Markov zanjiri,Keli daraxtlari, Izing modellarini o‘rganish va bilish.
4Faza o‘tishlar nazariyasiIzing va Potts modellari,Gibbs ulchovi, Boze-Eynshteyn kondensati, gaz-suyuqlik fazalardan o‘tishlarni o‘rganish va tatbiq qila bilish.  
5Differensial operatorlarning spektral nazariyasiCHegaralanmagan operaratorlar, spektral teorema,2-chi tartibdi elliptik operatorlar,fundamentil funksiyalar sistemasini o‘rganish va bilish.
6Nochiziqli tebranishlar va to‘lqinlar nazariyasiFizikada uchraydigan nochiziqli xodisalarni o‘rganish .

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

Kafedrada xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy va o‘quv  hamkorlik aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Asia Pacifis Center for Theoretical Physics (Janubiy Koreya), Inxa universiteti (Janubiy Koreya ) va Xitoy Fanlar Akademiyasining Zamonaviy fizika instituti bilan nazariy fizika soxasida ilmiy izlanishlarni, konferensiyalarni hamkorlikda olib borish uchun shartnomalar tuzilgan, Erasmus+ “ programmasi bo‘yicha 2 loyixalar amalga oshirilmoqda.

Kafedra tarkibi

Familiya ismi sharifiElektron pochta
1M.M. Musaxanov yousufmm@list.ru
2. B.F.Irgazievirgaziev@yahoo.com
3.A.S. Rahmatovarakhmatov2022@gmail.com
4.A. Karimxodjaevabdugapur2013@gmail.com
5. B.A.Fayzullaevbiruni@mail.ru
6. S.SH.Tadjimuratovtadjimuratov.sagd@gmail.com
7.M.M.Nishonov  mnishonov@gmail.com
8.T.V.Akramovtahir.akramov@yahoo.com
9.H. Ismatullaevlifesmat@gmail.com
10.N.R.Raximovrakhimovnr@mail.ru
11.B.J.Ahmedovahmedov@astrin.uz
12.F.X.Abdullaevfatkhulla@yahoo.com