Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash


BMTning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish dasturida “Iqlim o‘zgarishlari va uning oqibatlari bilan kurashish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish” alohida maqsad sifatida belgilanib, uni amalga oshirish uchun bir qancha vazifalar belgilangan. Mazkur vazifalar doirasida universitetda 2021/2022 o‘quv yilida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
- Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan “Oqsoq ota” o‘quv-dala amaliyoti bazasida Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti talabalari uchun Favqulotda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda 2 xaftalik o‘quv-dala amaliyoti tashkil qilindi. Amaliyot davrida xavfli iqlim hodisalaridan himoyalanish, iqlim o‘zgarishining oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha treninglar o‘tkazildi.
- Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Chorvoq” o‘quv dala amaliyoti bazasida Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti talabalari uchun Kadastr agentligi bilan hamkorlikda 2 xaftalik o‘quv-dala amaliyoti tashkil qilindi. Amaliyot davrida iqlim o‘zgarishlari, ayniqsa global isishning yerlardan foydalanishga ta’siri, bunday o‘zgarishlarga adaptatsiya qilish, yerlardan foydalanishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha treninglar o‘tkazildi.
- Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Chorvoq” o‘quv dala amaliyoti bazasida Biologiya va Ekologiya fakultetlari talabalari uchun Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan hamkorlikda 2 xaftalik o‘quv-dala amaliyoti tashkil qilindi. Amaliyot davrida iqlim o‘zgarishlari, global isish natijasida arid o‘lkalardagi hayvonlarning migratsiyasi va o‘simliklarning fenologik bosqichlariga ta’siri, o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish bo‘yicha treninglar o‘tkazildi.
- Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Chorvoq” o‘quv dala amaliyoti bazasida Gidrometeorologiya fakulteti talabalari uchun Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan hamkorlikda 2 xaftalik o‘quv-dala amaliyoti tashkil qilindi. Amaliyot davrida iqlim o‘zgarishlari, global isish natijasida tog‘ muzliklar va qor qoplamining kamayishi, buning aholini chuchchuk suv bilan ta’minlanishiga ta’siri, glyatsial-erozion jarayonlar dinamikasidagi o‘zgarishlar bo‘yicha treninglar o‘tkazildi.
Treninglar davomida talabalar iqlimning global o‘zgarishlariga moslashish, xavfli gidrometeorologik jarayonlardan himoyalanish, iqlim hodisalarini kuzatish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ldilar.
OʼzMU Аxborot xizmati