Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

OʼzMU talabalari “Oqsoq ota” oʼquv-dala amaliyoti bazasida amaliyot oʼtamoqda

Soʼnggi yillarda Oʼzbekiston Milliy universitetida ham yoshlarga oid davlat siyosati doirasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Bulardan asosiy maqsad jahon standarti talablariga mos keladigan, intellektual salohiyati yuqori, malakali mutaxassislarni yetishtirish va ularni mamlakat taraqqiyotiga safarbar etishdan iborat. Talaba-yoshlarning nazariy bilimlarini amaliyot koʼnikmalari bilan oʼzaro muvofiqlashtirish, ularni tashabbuskorlik va faollikka undash maqsadida rahbariyat tomonidan koʼplab tadbir va tashabbuslar tashkil etilyapti. Xususan, Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulьtetida tahsil oluvchi 1, 2 kurs talabalarining 2020/2021 oʼquv yilidagi oʼquv rejasiga muvofiq, 120 nafar talabalar Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan “Oqsoq ota” oʼquv-dala amaliyoti bazasida 25 iyunьdan 2 xaftalik oʼquv-dala amaliyotini oʼtab kelishmoqda. Joriy yil 4 iyulь kuni universitetning yoshlar bilan ishlash tizimi masʼullari: prorektor, dekan oʼrinbosarlari, jamoatchilik tashkiloti vakillari hamkorlikda oʼquv-dala amaliyotini oʼtayotgan talabalar hamda ularga rahbarlik qilayotgan professor-oʼqituvchilar uchun “Yangi Oʼzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida madaniy tadbir tashkil etdilar.
Mamlakatimiz rahbarining besh muhim tashabbusni izchil amalga oshirish, isteʼdodli yoshlarning qobiliyatini roʼyobga chiqarish, yosh avlodning jismoniy va maʼnaviy yetuk boʼlib ulgʼayishi, sogʼlom turmush tarzini qaror toptirishkabi vazifalaridan kelib chiqib mazkur tadbir ham yuqori saviyada oʼtkazildi. Ushbu madaniy-maʼrifiy tadbir davomida talabalar oʼzida yuksak insoniylik fazilatlarini shakllantirish barobarida individual qobiliyatlarini, iqtidorini ham kashf etish imkoniyatiga ega boʼldi. Talabalarimiz qalbida faqat bir quvonch, u ham boʼlsa universitet jamoasi ular bilan yaqin ekanligidan, oʼz talabalariga xayrixoh ekanligidan juda ham hursand boʼlishdi.

OʼzMU Аxborot xizmati