Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Oʼquv muassasasi — maʼnaaviyat targʼibotchisi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida kuni kecha boʼlib oʼtgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari boʼyicha videoselektor yigʼilishi oʼtkazildi. Jahon tarixiga nazar solsak, har bir xalq, avvalo, maʼnaviy birlashuvi, milliy gʼoyasi bilan yuksalgan. Bugun yangi hayot qurish, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish yoʼlidan borayotgan mamlakatimizda ham milliy gʼoya masalasi juda muhim ahamiyatga ega. Soʼnggi yillarda bu borada qator qarorlar qabul qilindi. Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi Prezident ekani belgilab qoʼyildi. Kengashning hududiy boʼlimlariga masʼullik hokimlar zimmasiga yuklatildi. Bu oʼzgarish maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni davlatimiz siyosatida yanada yuksak oʼringa koʼtardi. “Аgar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʼlsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir. Biz yangi Oʼzbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz”.

Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli maʼnaviyat. Yaqinda boʼlib oʼtgan yirik tadbirlar – davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Oʼzbekiston yoshlarining birinchi forumi hamda Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʼilishida maʼnaviyat yoʼnalishidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi. Chunki bu borada yechimini kutib turgan, oʼzgarishlar shamoli kirib bormagan masalalar koʼp. Milliy gʼoyaning mohiyatini toʼliq anglab yetmagan, eski mafkurani tasavvur qilib, bunga yuzaki qaraydiganlar ham yoʼq emas. Shu bois Prezident mamlakatimiz mafkurasining asosiy gʼoyasini taʼkidlab oʼtdi: – Biz yaratayotgan yangi Oʼzbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm gʼoyasi boʼladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan, – dedi davlatimiz rahbari.

Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetida maʼnaviyat va maʼrifat sohasiga masʼul Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi faoliyat yuritadi. Ushbu boʼlim Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining shahar, tuman boʼlimlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamgʼarmalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni takomillashtirishda faol ishtirok etishdan iborat.
Universitetda Ijtimoiy fanlar Milliy gʼoya va Falsafa yoʼnalishi maʼnaviyat va maʼrifat, milliy gʼoya sohasiga oid fanlar, amaliyot mavjud. Shuningdek АQSh, Turkiya, Ispaniya, Rossiya kabi davlat OTM va ilmiy fondlari bilan aloqalar mavjud boʼlib, bu ilmiy va taʼlim dasturlarida milliy davlatchilik ildizlari, Markaziy Osiyo falsafasi, Sharq falsafasi tarixi mavzularida ilmiy hamkorlik oʼrnatilgan. Xorij tajribasi oʼzbek mentaliteti va madaniyati nuqtai nazaridan koʼproq Yaqin va Oʼrta Sharq, Sharqiy Osiyo davlatlari davlatchilik tashkil etilishidagi mafkuraviy tajribalari mosligini koʼrsatib, ilmiy nazariy tadqiqotlarda ham hududiy va mental yaqinlik xususiyatlari aks etadi.

Ijtimoiy fanlar fakulьteti tarkibida esa 2019 yilgacha Milliy gʼoya va ijtimoiy falsafa hamda Dinshunoslik va maʼnaviyat asoslari kafedralari mavjud boʼlib, 2019 sentyabr oyida Ijtimoiy fanlar fakulьteti kafedralari reorganizatsiyasi natijasida bu kafedralar nomi Fuqarolik jamiyati va huquq taʼlimi, Falsafa va maʼnaviyat kafedralari sifatida tashkil etildi. Shuningdek Ijtimoiy fanlar fakulьteti tarkibidagi Falsafa va mantiq kafedrasi mavjud boʼlib, ushbu kafedra falsafa tarixi sohasining Sharq falsafasi, mantiqi yoʼnalishlari taʼlimini qamrab olgan. Falsafa yoʼnalishi taʼlim sohasida 2-3-kurs bakalav taʼlimida arab va fors tillari oʼqitiladi. Falsafa tarixi magistratura mutaxassisligida Islom ilohiyotshunosligi falsafasi predmeti mavjud.
Universitetning Ijtimoiy ish fanlari fakulьtetida milliy gʼoya va huquq taʼlim yoʼnalishida 2020—2021 oʼquv yilida 25 ta kvota ajratilgan boʼlsa, 126 nafar talaba qabul qilindi. Bu talabalar uchun Ozarbayjon, Turkiya, Qirgʼiziston, Xitoy, Partugaliya davlatlari bilan talaba va oʼqituvchi almashinuv hamkorligi mavjud. Maʼruzalar va amaliy darslarda yoshlar ongiga maʼnaviyat tushunchasi singdiriladi.

Maʼlumki, bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar toʼqnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy oʼzlik va maʼnaviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda. Faqat oʼzini oʼylash, mehnatga, oilaga yengil qarash, isteʼmolchilik kayfiyati turli yoʼllar bilan odamlar, ayniqsa, yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilyapti. Terrorizm, ekstremizm, transmilliy va kiber-jinoyatchilik, odam savdosi, narkotrafik kabi tahdidlar xavfi oshib bormoqda. Baʼzi hududlarda atayin beqarorlik yuzaga keltirilib, norozilik kayfiyati avj oldirilmoqda. Bunday tahlikali vaziyatda hushyor va ogoh boʼlib, xalqimizning tinchligi, mamlakatimiz manfaatlarini oʼylab yashash zarur. Davlatimiz rahbari loqaydlik va beparvolik eng katta xavf ekanini, bugun uchrayotgan ijtimoiy muammolarni kamaytirish uchun nuroniylar tarbiyasi, jamoatchilik nazorati yetishmayotganini taʼkidladi. Yigʼilishda qayd etilganidek, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni ilmiy asosda tahlil qilishni davrning oʼzi talab etmoqda. «Аfsuski, hali oramizda milliy gʼoyaning, maʼnaviyatning mohiyatini toʼliq anglab yetmaganlar, maʼnaviyat kerakmi-yoʼqmi deb yurganlar ham yoʼq emas. Milliy gʼoya deganda eski sovet mafkurasini tasavvur qilib, labiga uchiq toshayotganlar ham yoʼq emas. Bu ham haqiqat. Lekin agar mafkura odamiy boʼlsa, insonning huquq va erkinliklarini, uning qadr-qimmatini ulugʼlashga xizmat qilsa, nima uchun undan qoʼrqishimiz kerak? Hamma harakatlarimizning asosi – xalqimizni rozi qilish. Shu munosabat bilan taʼkidlab aytmoqchiman, biz yaratayotgan Yangi Oʼzbekistonning mafkurasi – ezgulik, odamiylik, gumanizm gʼoyasi boʼladi. Biz mafkura deganda avvalo fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Аlbatta, bu yuksak gʼoyalar osmondan tushmagan. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan», – dedi Shavkat Mirziyoev selektorda. Prezident pandemiya davrida Oʼzbekiston xalqi koʼrsatgan birdamlikni milliy qadriyatlarga bir misol sifatida eslab oʼtdi.

Jamiyatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar shunday asosda yoʼlga qoʼyilmagani uchun ham kutilgan natijani bermayapti. Shuning uchun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ishini tanqidiy oʼrganib chiqib, faoliyatini tubdan takomillashtirish zarurligi aytildi. Prezidentimiz ushbu markazning “Maʼnaviyat targʼibotchisi” oʼquv muassasasi negizida Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar institutini tashkil etish taklifini bildirdi.

Raima ShIRINOVА,

OʼzMU xalqaro aloqalar boʼyicha prorektori, professor