Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Olima – ilmdagi fidoyilik va jonkuyarlik ramzi

11-fevral – Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni munosabati bilan O‘zbekiston Milliy universitetida kimyo fakulteti tomonidan “Olima – ilmdagi fidoyilik va jonkuyarlik ramzi (kimyogar olimalar misolida)” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Fanlar Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Davlat bojxona qo‘mitasi vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yoqub Ergashov ochib berdi. Tadbirga tashrif buyurgan olimalar ilm-fan sohasida erishilayotgan yutuqlar va kimyogar olimalarga berilayotgan imkoniyatlar haqida ma’ruza qilishdi. Tadbirning badiiy qismida talaba-qizlar tomonidan ijodiy chqishlar namoyish etildi. Tadbir so‘ngida mehmonlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Kimyo fakulteti professori Muxabbat Yuldasheva, Fanlar Akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti professori Nilufar Mamadaliyeva, Jamoat xavfsizligi universiteti professori, polkovnik Xilola Usmanova, Qurolli Kuchlari Akademiyasi Harbiy psixologiya va pedagogika kafedrasi dotsenti, zaxiradagi podpolkovnik Shoira Mirabdullayeva, Davlat bojxona qo‘mitasi Markaziy bojxona laboratoriyasi xodimasi, sud-tibbiyoti bosh eksperti Sakina Musabekova tomonidan qilingan ma’ruzalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.