Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Orol sari — ezgu niyat bilaт

“Orol dengiziga ekologik poyezd”  yoshlar ekologik aksiyasi doirasidagi safarning 2-kunida ishtirokchilar — Varshava universiteti professori, O‘zbekiston Milliy universiteti faxriy doktori Boguslav Vilkomirskiy hamda i OʻzMU professor-o‘qituvchilari va faol talaba-yoshlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumaniga tashrif buyurishdi.

Ular “Kemalar qabristoni”, “Orol dengizi tarixiy muzeyi” va O‘zMUning  2-o‘quv-ilmiy poligonida bo‘lib, Orol fojiasining oqibatlari va ekologik ahamiyatga ega hududdagi holat bilan bevosita tanishishdi.

Orol dengizi — bir zamonlar dunyodagi eng yirik suv havzalaridan biri edi. XX asrning oxirlariga kelib, u asta-sekin qurib borib, bugungi kunda o‘rnida Orolqum sahrosi paydo bo‘lgan. Mo‘ynoq esa baliqchilar shahri bo‘lganidan dalolat beruvchi yagona narsa — dengizini yo‘qotgan kemalar qabristoni.

Bu tashrif yoshlarda ekologik ongni yanada mustahkamlash, tabiatga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish zarurligini chuqur anglashga xizmat qildi.

Tabiat – bu bizning kelajagimiz.

O‘zMU Axborot xizmati