O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi
Kafedra mudiri - fan doktori, DSc Boltaboev Xamidulla
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
+998 90 135-85-90
e-mail: hbaltabaev@mail.ru
O‘quv-uslubiy ishlar. Bu kafedralarda “XX asr o‘zbek adabiyoti” (U.Normatov va b.), “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti” (B.Qosimov va b.) kabi darslik va “O‘zbek aruzi lug‘ati” (A.Hojiahmedov), “Milliy uyg‘onish” (jamoa), “Islom tasavvufi manbalari”, “Sharq mumtoz poetikasi” (H.Boltaboev), “O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari” (N.Rahmonov, H.Boltaboev), “O‘zbek adabiyoti tarixi” (N.Rahmonov), “Adabiyotshunoslik metodologiyasi” (B.Karimov) o‘quv qo‘llanmalari yaratilgan va ular hozir ham oliy ta’lim tizimida faol qo‘llanilmoqda.
Bugungi kunda “Adabiyot ensiklopediyasi” 1-2 jild (H.Boltaboev, 2015, 2019), “Jahon adabiyotshunosligi tarixi” (2020, H.Boltaboev), “O‘zbek adabiyoti tarixi” (3 kitob, N.Rahmonov) kabi darsliklar chop etilgan va ular faol qo‘llanilishda.
Ilmiy tadqiqot ishlari. O‘zbekistonda adabiyot sohasida еtakchi ilmiy maktab hisoblangan yuqorida nomlari keltirilgan kafedralarda adabiyot ilmining dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan, o‘ndan ortiq doktorlik dissertatsiyalari va 30 dan ortiq nomzodlik (keyinchalik PhD( dissertatsiyalari yoqlangan. O‘zMUda O‘zbek adabiyotining tadqiqi bo‘yicha ilk ilmiy maktabga 1918-1920-yillarda prof. Abdurauf Fitrat tomonidan asos solingan edi. Keyinroq bu ilmiy maktab negizida G‘.Karimovning mumtoz adabiyot, O.Sharafiddinovning adabiy tanqid, B.Qosimovning jadidchilik ilmiy maktabi faoliyat olib borgan va ular negizida hozir ham bu maktab prof. H.Boltaboev, N.Rahmonov tomonidan davom ettirilmoqda.
Ayni davrda 30 dan ortiq monografiyalar yaratilgan bo‘lib, ular orasida prof. O.Sharafiddinovning “Dovonlagi o‘ylar”, “Ijodni anglash baxti”, U.Normatovning “O‘tkan kunlar” hayrati”, “Qodiriy mo‘jizasi”, B.Qosimovning “Ismoil G‘aspirali”, “Mahmudxo‘ja Behbudiy”, A.Rasulovning “Iste’dod va e’tiqod”, “Tanqid, talqin, baholash”, U.Dolimovning “O‘zbek jadid pedagogikasi”, H.Boltaboevning “Qatag‘on qilingan ilm”, “Fitratning ilmiy merosi”, “Mumtoz so‘z qadri”, N.Rahmonovning “Turk xoqonlgi”, “Ruhiyatdagi dil murodi”, B.Karimovning “O‘zbek munaqqidi Vadud Mahmud” kabi monografiya va kitoblari chop etilgan. Keyingi yillarda prof. H.Boltaboevning “Adabiy-estetik tafakkur tarixi” 1-2 jild (hammuallif M.Mahmudov, 2012, 2016), prof. N.Rahmonovning “Tarixdan oziqlanib”, 2019), dos.v.b. Sh.Hojievaning “Cho‘lpon va milliy she’riyatning yangilanishi” (2019), dos. M.Asadovning “Rindona ma’no va ruhiyat tasviri” (2019), “Soqiynoma: tarix va poetika” (2020) monografiyalari e’lon qilingan.
“Adabiyot ensiklopediyasi” (2007-2011), “Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi” (2012-2016) kabi fundamental va “O‘zbek jadid adbiyoti manbalari” (2006-2008), “Alisher Navoiy asarlaridagi tasavvuf istilohlari lug‘ati” (2012-2013) kabi amaliy davlat grantlari bo‘yicha ilmiy faoliyat olib borilgan.
Kafedrada har yili bir qator xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar o‘tkazilib kelinadi. Jumladan, so‘nggi o‘quv yilida “Filologik ta’limni takomillashtirish muammolari” (2020, 20-21 okyatbr), “Zamonaviy o‘zbek adabiyoti rivojida O‘tkir Hoshimov ijodining o‘rni va ahamiyati” (2021, 28 iyun) kabi anjumanlar o‘tkazilib, ular asosida ilmiy to‘plamlar yaratildi.
Taqdirlanish. Mustaqillik yillarida Milliy universitetning adabiyotshunos olimlari hukumat tomonidan davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Jumladan, prof. Ozod Sharafiddinov “O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan, prof. U.Normatov O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi va “El-yurt hurmati” ordeni, prof. B.Qosimov va prof. A.Rasulov O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi bo‘lganlar. Kafedra olimlaridan bir qanchasi xorijiy mukofotlar bilan taqdirlangan. Jumladan, prof. H.Boltaboev Ozarboyjon Milliy ilmlar akademiyasining “Yil olimi” (2019), prof. N.Rahmonov Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining “Turkologiya sohasidagi ilmiy muvaffaqiyatlari uchun” oltin medali (2020) bilan taqdirlangan.
Kafedra magistri F.Yaxyoev Qozog‘iston Resupublikasini Yosh Markaziy Osiyo yosh tadqiqotchilari oltin medali bilan taqdirlandi, iqtidorli talabalar Alisher Navoiy (B.Jabborova), Mirzo Ulug‘bek (Z.Mirzaeva) kabi stipendiyalar bilan ta’minlandi. Har yili talabalarning eng yaxshi ijodiy ishlari «Erkin Vohidov izdoshlari» adabiy to‘plami orqali nashr etilib boriladi. 2020 yildan universitet rektorining buyrug‘i asosida Erkin Vohidov nomidagi stipendiya joriy etildi. Bu stipendiyaga 2021-22 o‘quv yili uchun S.Po‘latov, M.Nabijonova (4-bosqich), A.Mo‘minov (3-bosqich) va P.Ashurova (magistratura 2-bosqich talabasi) sazovor bo‘ldilar.
Adabiy maktablar
Adabiy tanqidchilik maktabi asoschisi O‘zbekiston qahramoni, prof. O.Sharafiddinovdir. Adabiy tanqidchilik, adabiyotshunoslik ilmiy ijodning yangi sohasi sifatida XX asrning 60-yillaridan o‘zini to‘la namoyon qildi. G‘oyat qisqa fursatda O‘zbekistonda ham “adabiy tanqidchi” degan kasb paydo bo‘ldi. Adabiy tanqidchilik adabiy jarayonga ta’sir ko‘rsatish barobarida, jamiyatda muayyan ijtimoiy fikr shakllanishiga salmoqli ulush qo‘shdi. U jamiyat hayotida ta’sirchan kuchga aylanib, adabiyotning “ob-havo”sini belgilaydigan qudratga erishdi va o‘z namoyandalarini yaratdi. Ularning adabiy-tanqidiy maqola, taqrizlari, kitoblari xuddi adib, shoir, dramaturglarning asarlari kabi e’tibor qozondi. Bu ishga butun umrini bag‘ishlagan adabiyotshunos, munaqqidlar orasida Ozod Sharafiddinov nomi alohida ajralib turadi. Olim O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil oldi, shu tabarruk dargohda salkam yarim asr O‘zbek filologiyasi fakultetida faoliyat olib bordi. Uning fidoyiligi, jonkuyarligi tufayli bu davrda mazkur fakultet mamlakatimizning o‘ziga xos adabiy markazlaridan biri bo‘lib keldi. Uning shogirdlari orasidan davlat va jamoat arboblari, mashhur shoirlar, adiblar, taniqli adabiyotshunos, munaqqidlar, tarjimonlar, jurnalistlar, noshirlar еtishib chiqdi. Ozod Sharafiddinov 2002 yil 23 avgustda Prezident Farmoniga binoan “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan mukofotlandi. Ozod Sharafiddinov 1946–1951 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)da tahsil olgan. 1951–1954 yillarda Moskvadagi Jahon adabiyoti institutida aspiranturada o‘qigan, 1955 yilda “Urushdan keyingi davr o‘zbek poemachiligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi yoqlagan. 1954–1994 yillarda dotsent, professor, 1994–1997 yillarda esa “Tafakkur” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, 1997 yildan umrining oxirigacha “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri bo‘lib ishlagan. Adabiy tanqidchilik maktabi mamlakatimizdagina emas, xorijda ham e’tibor qozondi.
Ozod Sharafiddinovning o‘zi o‘ttizga yaqin kitob nashr ettirdi. Uning besh yuzga yaqin maqola, taqrizi bosilib chiqdi. Bir yuz ellikka yaqin asarni o‘zbek tiliga tarjima qildi. Ularning salkam yarmi rosmana roman hajmidagi asarlar ekanligi e’tibor olinsa, Ozod Sharafiddinov tarjimon sifatida ham naqadar samarali mehnat qilgani yaqqol ayon bo‘ladi. O.Sharafiddinov o‘zining tarjimon, muharrir, noshir sifatidagi faoliyatini V.Belinskiy, N.Dobrolyubov kabi ulug‘ munaqqidlarning asarlarini tarjima qilish, nashr etish bilan boshladi. O‘zbek o‘quvchilari o‘tgan asr 50-yillarida Ozod Sharafiddinovning sa’y-harakatlari, kuyinchakligi tufayli jahon badiiy-estetik tafakkurida chuqur iz qoldirgan bu ulug‘ mutafakkirlarning adabiyot va ijtimoiy hayot to‘g‘risidagi salmoqdor maqolalari bilan tanishdilar. Zamonaviy adabiy tafakkur shakllanishi, kishilarning estetik didi o‘sishiga samarali ta’sir ko‘rsatgan ushbu maqolalar endilikda noyob manba bo‘lib qoldi.
Ozod Sharafiddinov va uning shogirdlari nafaqat zamonaviy o‘zbek adabiyoti, balki jadidlarning millatparvar, ma’rifatparvar namoyandalari Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy kabi ijodkorlarning qayta tiklashga, ularning asarlarini topib, nashr etib, jiddiy tadqiq qilishga kirishdilar. XX o‘zbek adiblari Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O‘tkir Hoshimov, Shukur Xolmirzaev kabi ijodkorlarning asarlari millat ma’naviyatini ulg‘aytiradigan bebaho boylik ekani ilmiy tahlil qilib ko‘rsatildi. Uning “Zamon, qalb, poeziya”, “Iste’dod jilolari”, “Birinchi mo‘jiza” singari kitoblariga e’tiborli manba sifatida tayaniladi. “Ijodni anglash baxti” va “Dovondagi o‘ylar” kitobining birinchi darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlangani ham Ozod Sharafiddinov so‘zining salmog‘i naqadar yuksak ekanligini bildiradi.
Ozod Sharafiddinov “E’tiqodimni nega o‘zgartirdim?” maqolasida hayotiy misollar asosida o‘zi yashagan davrning juda ko‘p murakkab muammolari to‘g‘risida so‘z yuritadi.
Bu maktab haqida so‘z ketganda Matyoqub Qo‘shjonov, Umarali Normatov, Norboy Xudoyberganov, Abdug‘afur Rasulov, Ibrohim G‘afurov kabi taniqli munaqqidlar nomi tilga olinadi. Chunki ularning adabiy-tanqidiy maqolalari, kitoblarisiz o‘zbek adabiy tanqidchiligini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ozod Sharafiddinov ana shunday tabarruk maskanda o‘ziga xos ilmiy maktab yaratdi. Bu maktabning faol davomchilaridan biri Umarali Normatovdir. Ozod Sharafiddinov adabiy tanqidchilik maktabi an’analarini izchil davom ettirayotgan bu ulkan olim ustozi bilan yonma-yon ishladi va mudir sifatida yigirma olti yil kafedrani boshqardi. Ellik yildirki, adabiyotshunos, munaqqidlardan hech kim ko‘p maqola chop ettirish bo‘yicha Umarali Normatovdan o‘tolgan emas. Olimning mingdan ortiq maqollari, 30 monografiya va ilmiy to‘plamlari, 15 shogirdga ustozlik qilgani ayni 1991-2011-yillarga to‘g‘ri keldi. U asos solgan XX asr o‘zbek adabiyoti kafedrasi zamonaviy adabiyot sohasida dunyo va mamlakat uchun еtuk kadrlar tayyorlab bergan ilmiy maktabga aylandi. Bu kafedrada Ozod Sharafiddinov adabiy tanqidchilik maktabi samarali davom etdi. Maktabning еtuk olimlaridan biri prof. Abdug‘afur Rasulovdir, u ham Fan arbobi unvoni bilan taqdirlangan. Uning shijoati tufayli Ozod Sharafiddinov adabiy tanqidchilik maktabi an’analari davom etib, bu maktab ayniqsa tanqid tarixi va nazariyasi borasida jiddiy yutuqlarga erishdi. Bu maktabda prof. Norboy Xudoyberganov еtishib chiqdi, jangovor munaqqid sifatida adabiyotdagi har bir hodisaga, har bir yohitlayotgan yangi asarga ushbu munaqqidning munosabati adabiy jarayon “ob-havosi”ni belgilagandek bo‘ldi. Sanjar Sodiqov ham universitetda faoliyat ko‘rsatadi. Uning XX asr o‘zbek adabiyoti, hozirgi adabiy jarayon fanlari bo‘yicha yaratgan darslik, qo‘llanmalari o‘ttiz yildan beri mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida eng e’tiborli manba sifatida o‘qitib kelinadi.
rof. G‘ulom Karimovning mumtoz adabiyotni o‘rganish maktabi
O‘zbek mumtoz adabiyotining tadqiq etilishi ming yillik tarixga ega bo‘lsa-da, XX asrning boshlariga kelib, uni ilmiy o‘rganishga, qo‘lyozma va bosma matnlar asosida o‘zbek adabiyoti tarixini yaratishga jiddiy kirishildi. 20- yillarda prof. Fitrat mumtoz sharq adabiyoti namunalarini to‘plab, izchil bir tizimga soldi. Natijada ,,Eng eski turkiy adabiët namunalari" (1927), ,,O‘zbek adabiyoti namunalari" (1928) kabi ilmiy majmualarda ilk bor o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixini yangicha davrlashtirish tamoyillari asosida yaratdi. O‘zining yigirmadan ortiq maqola va tadqiqotlarida o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini tadqiq etishga erishdi. Abdurahmon Sa’diy universitetimizda adabiyot kafedrasining mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatish davomida mumtoz adabiyot masalalarini jiddiy tadqiq etdi. Ayniqsa, navoiyshunoslikka ilmiy yo‘nalish berdi. “Alisher Navoiy ijodi o‘zbek mumtoz adabiyotining yuqori cho‘qqisi" mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.
Prof. G‘ulom Karimov 50-90-yillar davomida Fitrat, Abdurahmon Sa’diy boshlab bergan tadqiqot yulini davom ettirish bilan cheklanmay, atrofiga undan ortik iste’dodli olimlarni birlashtira oldi va o‘zbek mumtoz adabiëtini maxsus tadqiq etuvchi ilmiy maktabga asos soldi. Avvalo, 1942 yilda “O‘zbek adabiyoti tarixi” kafedrasi ta’sis etildi va bu kafedra respublikada o‘zbek adabiyotini o‘rganuvchi, tashviq va targ‘ib qiluvchi markazga aylandi. Prof. G‘ulom Karimov “O‘zbek adabiyoti” tarixi kafedrasini tashkil etuvchisi bo‘lishi bilan birga mumtoz adabiyot masalalarini o‘rganuvchi ilmiy maktabga asos soldi.
Bu maktab hozirgi kunga qadar faol harakatdadir. Prof. G‘.Karimov 1909 yil 15 aprelda Toshkentning Oqmachit mahallasida tug‘ilgan. 1918- yillari o‘rta maktabda, 1925 yildan Narimonov nomidagi mashhur ta’lim-tarbiya texnikumida o‘qidi. Saboqdosh dustlari Mirkarim Osim, Homil Yoqubov bilan birga ustoz Olim Sharafitdinovdan tahsil oldi. 1930 yilda dastlabki maqolasini e’lon qildi. 1931 yili O‘zbekiston Maorif komissarligi tavsiyasi bilan Sankt-Peterburg universitetining tarix, falsafa va lingvistika fakulteta o‘qidi, V.M.Jirmunskiy kabi taniqli professorlar ma’ruzalarini tingladi
1935 yili O‘zbekiston Fanlar komiteti huzuridagi Til va adabiet institutining aspiranturasiga kirdi. Tez orada Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi va 1945 yilda ushbu dostoni nashrga tayyorladi. Matnshunos sifatida 1958 yilda Muqimiy “Tanlangan asarlar”ini o‘zbek va rus tillarida nashr ettirdi. 1960 yili Muqimiyning ikki jildligini, 1971-1980 yillar orasida mashhur pedagog olim Subutoy Dolimov bilan hamkorlikda Ogahiy “Asarlar”ining olti jildligini e’lon qildi.
1962 yilda “O‘zbek demokrat shoiri Muqimiy va uning davri adabiyoti” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 1970 yili “Muqimiy” monografiyasini nashrga chop ettirdi. G‘ulom Karimov XIX asrning oxiri XX asr boshlari o‘zbek adabiyotining eng zabardast tadqiqotchilaridan biridir. Buning yorqin dalili sifatida 1966 yili nashr etilgan “O‘zbek adabiyoti tarixi (XIX asrning 2-yarmidan XX asr boshlarigacha), 3- kitob”i muallifidir. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan ushbu darslik bir necha marta qayta nashr qilindi. Mana shu davrda yashab ijod etgan o‘nlab shoirlar merosini to‘plash, o‘rganish va nashr qilishda benazir xizmat qildi.
1977 yili ustoz F.Karimovning “Xalq. Tarix. Adabiyot” monografiyasi nashrdan chikdi. Olim 8-9-sinflar, oliy va urta maxsus bilim yurtlari uchun qator dastur va darsliklar yaratdi. Bu jihatdan olimning “Qisqacha o‘zbek adabiyoti tarixi. Qadimgi davrlardan XV asrgacha” (1978), “Qisqacha o‘zbek adabiyoti tarixi. XIV-XV asrlar” (1978) qo‘llanmalari e’tiborga molik.
Ustozning metodist sifatidagi faoliyati ham samaralidir. 1948-1951 Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutini boshqardi. 1954-1984 yillari Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning “O‘zbek adabiyoti” kafedrasining mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatdi.
Ustoz G‘ulom Karimov bilan yonma-yon turib, mumtoz adabiyot namunalarini to‘plab, nashrga tayyorlash, uni tadqiq etish borasida O‘zbekiston Fan arbobi Subutoy Dolimovning xizmatlari katta. Ayniqsa, Ogahiy ijodini o‘rganish va uning 6 jildlik asarlar to‘plamini nashr etish bilan bu noyob iste’dod namunasining ijodini adabiyotimiz tarixidan mustahkam o‘rin olishiga erishdi.
Prof. G‘ulom Karimov maktabi o‘z ilmiy an’analariga ega bo‘lishi bilan birga respublikadagi o‘nlab taniqli olimlar ustozning bevosita shogirdlari hisoblanadi. Universitetning prof. Laziz Qayumov, Saida Narzullaeva, Anvar Hojiahmedov, Begali Qosimov kabi mashhur adabiyotshunos olimlari prof. G‘ulom Karimovning bevosita rahbarligida doktorlik dissertatsiyalarini yoklaganlar. Ustoz F.Karimov rahbarligida yigirma olim (L.Qayumov, A.Hojiaxmedov, Sh.Yusupov, B.Qosimov, U.Dolimov, M.Muhiddinov, S.Ahmedov va boshkalar) nomzodlik dissertatsiyalarini, to‘rt olim (A.Hojiaxmedov, A.Zunnunov, S.Narzullaeva, B.Qosimov, M.Muhiddinov) doktorlik dissertatsiyalarini yoklaganlar.
O‘zbek mumtoz adabiyotini tadqiq etish maktabining asoschisi prof. G‘ulom Karimovning yigirmata o‘quv-metodik ishlari (darslik, qo‘llanma va dasturlar), o‘ttizdan ortik nashr ishlari (mumtoz adabiyot vakillarining kitoblari) va muharrirlik faoliyatida yigirmaga yaqin tahrir ishlari ma’lum. U 200 ga yaqin adabiy-ilmiy maqolalar muallifidir.
Ustoz G‘ulom Karimov asos solgan va o‘ttiz yil davomida boshqargan “O‘zbek adabiyoti tarixi” kafedrasi asosida uch kafedra (“O‘zbek mumtoz adabiyoti”, “Hozirgi o‘zbek adabiyoti”, “Millii uygonish davri o‘zbek adabiyoti”) tarkib topdi. Hozirgi kunda Milliy universitetda faoliyat yuritayotgan kafedralar mudirlari va a’zolarining ko‘pchiligi ustoz F.Karimov asos solgan adabiyotshunoslik maktabining davomchilaridir. Bu ilmiy maktab faoliyati 1990-2003 yillar davomida professorlar Anvar Hojiahmedov, Begali Qosimov tomonidan davom ettirilib, mumtoz poetika masalalarini o‘rganishga jiddiy kirishildi. Professor A.Xojiahmedovning aruz, qofiya ilmi va she’riy san’atlarga bag‘ishlangan risola va tadkikotlari o‘zbek aruzshunosligi va poetika ilmi taraqqiyotida alohida e’tiborlidir.
Prof. B.Qosimov tomonidan jadid adabiyoti masalalarini o‘rganish barobarida jadidchilikni tadqiq etuvchi markazga aylandi Olimning Milliy uyg‘onish davri adabiyotining shakllanishi, taraqqiyot tamoyillarini asoslagan monografiya va darsliklari respublikadagi barcha oliy o‘quv yurtlarida faol o‘rganilmoqda. XX asr boshlarida ijod etgan yuzdan ortiq shoir va adiblarning ilmiy merosining tiklanishi, ularning asarlarining bugungi kitobxonlarga еtib borishi B.Qosimov faoliyati bilan bog‘liqdir. Olimning “Milliy uyg‘onish”, “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiëti” singari asarlari shu jihatdan xarakterlidir.
Jadid adabiyoti namoyandalaridan Abdulla Qodiriy ijodini tadqiq etishla prof. Umarali Normatovning bir necha risola va tadqiqotlari, jumladan, ““O‘tkan kunlar” hayrati”, “Qodiriy bog‘i” kabi kitoblari qodiriyshunoslikda muhim qo‘llanma bo‘ldi. O‘zbek qodiriyshunosligi haqida so‘z ketganda dotsent B.Karimovning ayni shu ilmiy muammo еchimiga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasi arzirli tadqiqot bo‘ldi.
Hozirgi kunda o‘zbek mumtoz adabiyoti muammolarini o‘rganishla prof. Hamidulla Boltaboev, O‘zbek adabiyoti tarixi" kafedralarining mudirlari sifatida ushbu maktab faoliyatiga rahbarlik qilmokda. Bu maktab tarkibida prof. Sharif Yusupov, prof. Botirxon Akramov, prof. Nasimxon Raxmonov va dotsentlar Ulug‘bek Dolimov, Omonulla Madaev, Tojixon Sobitova, Nurboy Jabborov, Iqboloy Adizova, Sh.Hojieva, J.Mahmudov kabi olimlar faoliyat ko‘rsatishdi.
Prof. H.Boltaboevning Fitrat ijodini o‘rganish borasidagi fundamental tadqiqotlari, adibning 5 jildlik asarlarini nashrga tayyorlash borasidagi mehnatlari bu maktabning asosiy ilmiy tamoyillari davom etayotganining dalilidir. Bundan tashqari, prof. H.Boltaboevning “Islom tasavvufi manbalari” (2005), “Sharq mumtoz poetikasi” (2006) kabi majmua-tadqiqotlari respublika va xorijdagi olimlar tomonidan yuqori baholandi. O‘zbek mumtoz adabiyotini o‘rganuvchi maktab o‘z faoliyatini kengaytirib, struktural poetika masalalari bilan shug‘ullana boshlagani badiiy matn tahlilida bu maktab zamonaviy ilmiy maktablar qatoriga qo‘shilayotganini bildiradi.
Prof. Nasimxon Rahmonovning o‘zbek adabiyotining ilk davriga bag‘ishlangan tadqiqotlari, jumladan, O‘rxun-Yenisey obidalari tadqiqi bilan bog‘liq ishlari xorijda ham e’tibor topgan. Prof. Botirxon Akramov ishlarida shu kungi universitet navoiyshunosligining ko‘rinishi aks etgan. Olimning “Fasohat mulkining sohibqironi”, “Navoiy shohbaytlari” singari monografiya va risolalari bugungi o‘zbek navoiyshunosligi darajasida yaratilgan.
Ilmiy maktab a’zolari hozirgi kunda mumtoz adabiyot tarixi bilan birga adabiy manbashunoslik va matnshunoslik, adabiyot nazariyasi, adabiyotshunoslik tarixi, adabiy tanqid kabi soxalarda faoliyat yurgizmokda. Ayni yo‘nalishlarda keyingi o‘n yillik davomida yigirmadan ortiq nomzodlik, falsafa doktori va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlandi va himoya etildi.
Milliy universitetning O‘zbek filologiyasi fakultetida Fulom Karimov fondi faoliyat yurgizmokda, fond uch mingdan ortiq kitob jamg‘armasiga ega bo‘lib, xuddi ustozning hayotlik davrini kabi talaba va aspirantlarga, tadqiqotchi va doktorantlarga belar xizmat qilmoqda.
G‘ulom Karimov tomonidan asos solingan o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixini tadqiq etish ilmiy maktabi xorijiy mamlakatlarda, jumladan, Rossiya, AQSh, Turkiya, Yaponiya olimlari tomonidan ham tan olingan, ayrimlari bu maktab a’zolari bevosita aloqa bog‘laganlar. Shu jihatdan AKSh olimi Temur Ko‘ja o‘g‘li, yapon olimlari Enji Mono va Xisao Ko‘matsu, Turkiya olimlari Kamol Eraslon, Usmon Sartqoya kabilar sharq mumtoz adabiyotini tadqiq etishda ushbu maktab vakillari bilan muhim aloqa o‘rnatganlar.
Prof. B.Qosimovning jadid adabiyoti ilmiy maktabi
XX asr boshlarida “Jadidchilik” harakati Turkiston ijtimoiy turmushining barcha jabhalarini qamrab oldi. Tabiiyki, bunday keng miqyos kasb etgan, Vatan va millatning nurli istiqboli uchun kurashni bosh maqsadi qilib olgan harakatni mustabid sho‘rolar zamonida o‘z nomi bilan xakkoniy o‘rganish imkonsiz edi. 1985-1991 yillari bu harakatni xolis va haqqoniy o‘rganish masalasi kun tartibiga qat’iy ko‘yilgan bo‘lsa, millatning mustaqillikka erishishi uni o‘rganish bo‘yicha ilmiy maktab yuzaga kelishi uchun zarur shart-sharoit yaratdi. Bugun mamlakatimiz va xorijdagi bu soha mutaxassislari bir xakikatni yakdil e’tirof etadilar jadidchilik va jadid adabiyotini o‘rganish bo‘yicha ilmiy maktab O‘zbekiston Milliy universitetida yaratildi va uning asoschisi O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Begali Kosimovdir.
Bu ilmiy maktab jadidchilik va jadid adabiyotini o‘rganish bo‘yicha o‘ziga xos tadqiqot tamoyillariga, an’analariga ega. Jadidchilik va jalid adabiëti ilmiy maktabi o‘zbek adabiyoti tarixini tadqiq etish bo‘yicha prof. G‘ulom Karimov asos solgan ilmiy maktab negizida shakllandi. Begali Qosimov ustozi G‘ulom Karimov rahbarligida sho‘rolar zamonidagi cheklovlarga qaramay, jadidchilikning yetuk namoyandasi Mirmuhsin Shermuhamedov xayoti va ijodi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. O‘zgacha nomlar bilan bo‘lsa-da, XX asr boshidagi o‘zbek adabiy harakatchiligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi, olimga shuhrat keltirgan “Izlay-izlay topganim” monografiyasi yaratildi. Bu monografiya jadidchilikni o‘rganishda yangi bosqichni boshlab berdi, unda yuzga yaqin ijodkor nomi tiklangani, ular haqidagi ilmiy haqiqatlar yuzaga chikkanining ahamiyati ayon bo‘ladi.
Milliy istiqlol jadidchilik va jadid alabiyotini o‘rganishning ilmiy maktab darajasida yuksalishi uchun mustahkam zamin tayyorladi. Natijada, professor Begali Qosimov rahbarligidagi bu ilmiy maktab quyidagi muhim natijalarni qo‘lga kiritdi:
Birinchidan, “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti” istilohi ilmiy muomalaga olib kirildi. Bu davr adabiyoti milliy madaniyatimiz taraqqiyotining o‘ziga xos davri ekani hujjatlar asosida dalillandi. XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlari ijtimoiy va adabiy harakatchiligi har bir bosqichning xos xususiyatlaridan kelib chiqib davrlashtirildi. Bu yo‘nalishda fundamental tadqiqotlar yaratildi.
Ikkinchidan, jadidchilikning zamonaviy oliy va o‘rta ta’limni yuzaga keltirishdagi o‘rni quvvatli ilmiy dalillar asosida ko‘rsatib berildi. Zero, chinakam zamonaviy universitetlarni bizga kimlardir kelib barpo etib bergan emas, ajdodlarimiz salohiyati bilan bunyod etilgan. Tabiiyki, mustamlaka sharoitida yashagan ma’rifatparvar jadidlar bunga osongina erishgan emas. Ularning bu boradagi faoliyati ikki yo‘nalishda olib borilgan: 1. Yoshlarni G‘arb va Sharqning taraqqiy qilgan mamlakatlariga o‘qishga yuborish.
2. Milliy dorulfunun - universitetni tashkil etish. Tabiiyki, uzoq muddatli mustamlaka asorati sabab taraqqiyotdan orqada qolib ketgan Turkistonni rivojlangan mamlakatlar darajasiga olib chiqish - jadidlarning bosh maqsadi bo‘lgan. Buning uchun yoshlarni taraqqiy qilgan mamlakatlarga o‘qishga yuborish, istiqbolga zamin hozirlash kerak edi. Bu o‘z-o‘zidan amalga oshmasligi tayin edi.
Prof. B.Qosimovning aniqlashicha, 1909 yil 12 mayda Toshkent jadidlari “Jamiyati xayriya” ochdi. Uning Nizomi nochor va muxtojlarning moddiy va ma’naviy ahvolini yaxshilashdan, yoshlarni maktabda o‘qitish, so‘ng oliy tahsil uchun chet ellarga yuborishgacha bo‘lgan masalalarni ko‘zda tutar edi. Bu ishlarning boshida Fitrat, Munavvarqori, Fayzulla Xo‘jaev, Turor Riskulov turadi. Ular Germaniyadagi turli oliy o‘kuv yurtlarida - Berlin Humbold universiteti tib, falsafa, iktisod, binokorlik, elektrotexnika, mashinasozlik, kishlok xujaligi fakultetlarida, Leypsig matbachilik maktabida, Drezden dorulmualliminlarida tahsil olgani ma’lum. Ulardan mashhur Tohir Shokir (Toxir Chitatoy) Xaydelberg universitetining iqtisod, Abdulvahob Is’hoq (O‘ktoy) shu universitetning meditsina fakultetlarida o‘qigan.
1993 yili professor B. Qosimov tashabbusi bilan universitetda “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra qisqa muddatda shu davr adabiyotini tadqiq etish bo‘yicha nainki mamlakatimizda, hatto xorijda xam e’tirof etilgan ilmiy markazga aylandi. Xorijdagi ko‘plab fan va ta’lim muassasalari bilan, jumladan, Germaniyaning Gumboldt universiteti bilan yaqindan aloqa o‘rnatildi.
60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
№ | Fan nomi | Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1 | O‘zbek folklori | O‘zbek folklorshunosligi muammolarini o‘rganish, xalq og‘zaki ijodi namunalari sinkretik san’at namunasi sifatida xalq hayotida muhim o‘rin tutishi, unda o‘zbek xalqining asrlar davomidagi ijtimoiy, maishiy, madaniy hayoti o‘z badiiy ifodasini topganini tadqiq etish, fol’klor tur va janrlarini ilmiy tahlil qilishdan iborat. |
2 | O‘zbek adabiyoti tarixi va yangi o‘zbek adabiyoti | O‘zbek adabiyoti tarixi va mumtoz poetika bilan bog‘liq boy adabiy va ilmiy meros bilan filolog talabalarni tanishtirish, qadimgi davrlardan boshlab zamonaviy o‘zbek adabiyotigacha faoliyatda bo‘lgan adiblar va ularning asarlarini tahlil qilish orqali ularni yuksak ma’naviyatli va keng ma’rifat sohibi yetib tarbiyalashdan iborat. |
3 | Hozirgi adabiy jarayon | Hozirgi adabiy jarayondagi muammolar, yetakchi tamoyillarni o‘rganish, yaratilayotgan turli janrlardagi asarlarining hozirgi davr bilan bog‘liqligi, ularning milliy istiqlol g‘oyasi bilan daxldor jihatlarini tahlil qilish, faol kitobxonlikni o‘rgatadi. |
4 | Adabiyotshunoslikka kirish va adabiyot nazariyasi | Badiiy adabiyotga doir istilohlarni, badiiy adabiyotning san’at turlariga munosabati, badiiy matn strukturasini o‘rganish va badiiy asarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. |
5 | Sharq tillari (arab, fors) | Talabalarga arab va fors tillarining nazariy asoslari, ularning asosiy grammatik kategoriyalarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qiladi. |
6 | Jahon adabiyoti | Dunyo adabiyotining zabardast siymolari va ularning bebaho asarlari bilan tanishtirish, G‘arb va Sharq adabiyotining o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berish, talabalarning adabiy-estetik tafakkurini, nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, fanga doir muammolarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi. |
7 | O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi | Talabalarga o‘zbek adabiyot fanlarining ilmiy-nazariy asoslarini, o‘qitishning eng qulay va zamonaviy metodlarini ta’limning turli bosqichlarida qo‘llay olishni, bo‘lajak o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar asosida ona tili va adabiyot fanlarini zamon talablari darajasida o‘qitishning samarali metodlarini yoritadi. |
8 | Tasavvuf va badiiy ijod | Tasavvuf adabiyotining shakllanishi, o‘zbek mumtoz adabiyot tarixida tasavvufning roli va mohiyati, adabiy jarayonda faol qo‘llaniladigan tasavvufiy istilohlarni o‘rganadi. |
9 | Navoiyshunoslik | Alisher Navoiy ijodiyotining ilmiy tadqiqotlarda o‘rganilishini talabalarga o‘rgatish orqali ularni yuksak ma’naviyatli, keng ma’rifat sohibi yetib tarbiyalash va ularda ilmiy tafakkur tarzini shakllantiradi. |
10 | Adabiy tahrir asoslari | Adabiy tahrir asoslari bilan bog‘liq jarayonlarning ilmiy asoslari, xususan matn tahririning ahamiyati, matn tahriri bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis faoliyati, matnning tahlili, nashr jarayonida muharrirning muallif bilan hamkorligi, matn bayonining usullari, tahrirning mantiqiy qonunlari, asarning tuzilishi, sarlavhalari, kitob apparati, shuningdek adabiy asar turlari, uslub hamda adabiy tahrir asoslari o‘rganiladi. |
11 | Mumtoz poetik tahlil | O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarining matniy tahlil qilish tartibini talabalarga o‘rgatish orqali ularni yuksak ma’naviyatli, keng ma’rifat sohibi etib tarbiyalash va ularda ilmiy tafakkur tarzini shakllantiradi. |
12 | O‘zbek adabiyoti jahon kontekstida | O‘zbek adabiyotini boshqa xorijiy adabiyotlar bilan qiyoslash orqali uning jahon adabiyotidagi o‘rnini aniqlaydi. Shuningdek, dasturda o‘zbek va jahon adabiyotining deyarli barcha davrlarining asosi qamrab olingan. |
13 | Turkiy xalqlar adabiyoti | Turkiy xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish, adabiy manbalarni qiyosiy o‘rganish, qardosh xalqlar adabiyotining namoyandalari asarlarini o‘qitish va ularni o‘zbek adabiyotidagi asarlar bilan qiyoslaydi. |
5220100 – Jurnalistika: Internit jurnalistikasi
№ | Fan nomi | Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1 | Adabiyot nazariyasi va tarixi | Badiiy adabiyotga doir istilohlarni, badiiy adabiyotning san’at turlariga munosabati, badiiy matn strukturasini o‘rganish va badiiy asarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. O‘zbek adabiyoti tarixi bilan bog‘liq boy adabiy va ilmiy meros bilan talabalarni tanishtirish, qadimgi davrlardan boshlab zamonaviy o‘zbek adabiyotigacha faoliyatda bo‘lgan adiblar va ularning asarlarini tahlil qilish orqali ularni yuksak ma’naviyatli va keng ma’rifat sohibi yetib tarbiyalashdan iborat. |
5220200 – Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar
№ | Fan nomi | Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1 | O‘zbek adabiyoti | O‘zbek adabiyoti tarixi bilan bog‘liq boy adabiy va ilmiy meros bilan talabalarni tanishtirish, qadimgi davrlardan boshlab zamonaviy o‘zbek adabiyotigacha faoliyatda bo‘lgan adiblar va ularning asarlarini tahlil qilish orqali ularni yuksak ma’naviyatli va keng ma’rifat sohibi yetib tarbiyalashdan iborat. |
2 | Uzbekskaya literatura | Oznokomit studentov istoriey bogatoy uzbekskoy literaturoy i formirovat u nix navыki analiza obrazsov klassicheskoy i sovremennoy literaturы. |
70230502 – Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) magistratura
ta’lim yo‘nalishi
№ | Fan nomi | Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1 | Ilmiy tadqiqot metodologiyasi | Talabalarni ilmiy faoliyat jarayoniga tayyorlash, to‘g‘ri fikrlash mahoratini shakllantirish, ilmiy tadqiqot dasturini tuzishda nazariya va amaliyot birligiga rioya qilishni o‘rgatadi. |
2 | Jahon adabiyotshunosligi tarixi | Jahon estetik tafakkuri va adabiyotshunosligi erishgan yutuqlarni zamon talablari nuqtai nazaridan o‘rganadi va jahon adabiyotshunosligining yetuk namunalarini nazariy jihatdan tahlil qilish ko‘nikmasini o‘zida shakllantiradi . |
3 | Mumtoz tarixiy poetika | Mumtoz tarixiy poetikaning nazariy muammolarini o‘rganish, milliy va Sharq xalqlari adabiyoti tarixini nazariy aspektda tadqiq etish, uning madaniy va ma’naviy ildizlariga oid muhim muammolarni tahlil qilish ruhida tarbiyalaydi. |
4 | Nazariy poetika | Nazariy poetikaning muammolarini o‘rganish, badiiy matn va uning strukturasini nazariy aspektda tadqiq etish, nazariy qarashlarning ilmiy ildizlariga oid muhim muammolarni tahlil qilishga yo‘naltiradi. |
5 | Ilmiy seminar | Magistrlarning dissertatsiyasi mavzulari bo‘yicha zarur ilmiy talablarni, dissertatsiya yozishning asosiy yo‘nalishlarini o‘rganadi, dissertatsiyaning yozishning metodik talablarini o‘zlashtiradi |
6 | Comparative literature (Qiyosiy adabiyotshunoslik) | Target of teaching the subject of comparative literature studies is to acquaint students with the staGES of evolution of trends and trends in English, Uzbek, Russian and other national literary works. To acquaint, analyze and give detailed information about the life, creative path and work of the representatives of the great literary figures who were present and their artistic significance. |
7 | Zamonaviy adabiyotshunoslikdagi yetakchi konsepsiyalar | Hozirgi adabiy jarayon va adabiyotshunoslik ilmidagi yangilanish-larning asosiy yo‘nalishlaridan talabalarni xabardor qilishni ko‘zda tutadi, shu bilan birga ularning kelib chiqish sababini o‘rgatadi. |
Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida
№ | Tadqiqotchi professor- o‘kituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1 | Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich | F.f.d., prof. | XX asr boshlari o‘zbek adabiyotshunosligi va Fitratning ilmiy merosi |
2 | Rahmonov Nasimxon Asqarovich | F.f.d., prof. | Urxun-Yenesey yodgorliklari va turkiy eposlar munosabati |
3 | Mahmudov Jasurbek Husinovich | F.f.n.dos. | Pahlavon Mahmud va futuvvat manbalari |
4 | Hojieva Shaxlo Hazratovna | PhD. | Cho‘lpon she’riyatida poetik tafakkurning yangilanish tamoyillari |
5 | Azimova Dildora Bahriddinovna | PhD. | Yangi o‘zbek adabiyotida davr va shaxs fojiyasining poetik talqini |
6 | Mullaxodjaeva Ra’no Tashxodjaevna | PhD. | 80-yillar o‘zbek she’riyatida poetik tafakkurning yangilanishi va Shavkat Rahmon ijodi |
7 | Ametova Ulbo‘sin Kamiljanovna | PhD. | O‘zbek mumtoz adabiyotida kubraviylik tariqati an’analari |
8 | Qo‘shmoqov Mahamadali | F.f.n., dos. | Traditsiya va improvizatsiya mu’ammosi (Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi namoyondasi Yergash Jumanbulbul o‘g‘li repertuari misolida) |
9 | Jo‘raeva Sobira Eshqurbonovna | PhD. | Shukuriyning adabiy merosi |
10 | Kazakbaeva Dilrabo Jalolovna | O‘qituvchi, mustaqil tadqiqotchi | O‘zbek mumtoz adabiyotida tarjiband va tarkibband janrlarining takomili |
11 | Ismoilov Bobur Xudoyarovich | O‘qituvchi | Iso Termiziyning “Sunan” asarida sifatlarning qo‘llanilishi |
12 | Yusupova Nafisa Zikrillaevna | Katta o‘qituvchi | |
13 | Sulaymonov Zaxiriddin O‘rol o‘g‘li | Stajyor-o‘qituvchi | “Nahj-ul-farodis” asari hikoyatlar poetikasi |
14 | Yo‘ldoshev Qozoqboy Yo‘ldoshbekovich | P.f.d., prof. | Yangi pedagogik tafakkur va umumta’lim maktablari adabiyot o‘qitishning ilmiy metodik asoslari |
15 | Temur Ko‘ja o‘g‘lu | (PhD),Prof. | XX asr o‘zbek romanlarida milliy ongning shakllanishi |
16 | Asadov Maqsud Husenovich | F.f.d., dos. | O‘zbek mumtoz adabiyotida “Soqiynoma” (genezisi, taraqqiyot bosqichlari va poetik xususiyatlari) |
17 | Nazarova Shahnoza Ibodullaevna | PhD. | O‘zbek xalq yertaklarida sinov motivlari genezisi va poetikasi |
18 | Umarova Maxliyo Yunusovna | f.f.n., dos. | Tarixiy dramada badiiy vaqt konsepsiyasi dramalar misolida |
19 | Xaitov Shuhrat Moylievich | F.f.f.d.,(PhD). | Bobur ijodining xorijda o‘rganilishi (o‘zbekcha-turkcha manbalar misolida) |
20 | Po‘latova Malohat Rixsiboevna | F.f.f.d., (PhD). | Sharq mumtoz adabiyotida “Arba’in” yozish an’analari (Jomiy, Navoiy va Fuzuliy asarlari misolida) |
21 | Shomurodova Sevara Ilyasovna | Katta o‘qituvchi | |
22 | Sultonov Isajon Sultonovich | O‘qituvchi | |
23 | Hojimatov Minhojiddin Mirzajonovich | O‘qituvchi | |
24 | Zoir Toxirov | F.f.n.prof. | O‘zbek tilida progmatik semalarning hosil bo‘lishi va ularda subektiv munosabatning yuzaga chiqishi |
Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot
Xalqaro hamkorlik. O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi professor o‘qituvchilari filologiya sohasidagi jahonning yetakchi ilmiy maktablari bilan aloqa o‘rnatgan, Indiana va Michigan universiteti (AQSh), Tokio universiteti (Yaponiya), Anqara universiteti (Turkiya), Moskva davlat universitetining Osiyo va Afrika instituti (Rossiya) va boshqa ilmiy markazlar bilan hamkorlikda ilmiy va pedagogik ishlar olib borilmoqda. Ular natijasida bir necha xalqaro ilmiy konferensiyalar (Hoji Bayram Valiy universiteti, Ozarboyjon Milliy ilmlar akademiyasi, Anqara universiteti) o‘tkazildi, qo‘shma dasturlar asosida til va adabiyot bilimlari o‘qitilmoqda. 2019 yilda “Alisher Navoiy ijodining Onado‘liga ta’siri” (Anqara Hoji Bayram universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda), 2021 yil 21-25 sentyabrda “Turk dunyosi jadidchiligi” (Anqara universiteti bilan hamkorlikda) xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazilgan.
Mahalliy hamkorlik. ӮzR FA Ӯzbek tili, adabiyoti va folklori instituti bilan 2019-2024 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik shartnomasi tuzilgan. Unga ko‘ra: Ilmiy tadqiqot ishlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi majburiyatlari ko‘rsatilgan.
ӮzR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi bilan 2019-2024 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik shartnomasi tuzilgan. Unga ko‘ra: Ilmiy tadqiqot ishlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi hamda O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi majburiyatlari ko‘rsatilgan.
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan 2019-2024 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik shartnomasi tuzilgan. Unga ko‘ra: ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi majburiyatlari ko‘rsatilgan.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi bilan 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik shartnomasi tuzilgan. Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bilan 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik shartnomasi tuzilgan
Kafedra tarkibi
№ | Familiya ismi sharifi | Elektron pochta |
1 | Kafera mudiri prof. Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich | hbaltabaev@mail.ru |
2 | Prof. Rahmonov Nasimxon Asqarovich | nasimhon_r@mail.ru |
3 | F.f.n.dos. Mahmudov Jasurbek Husinovich | jasurbekm@mail.ru |
4 | PhD. Hojieva Shaxlo Hazratovna | sh.hojiyeva@mail.ru |
5 | PhD. Azimova Dildora Bahriddinovna | dildora_baxriddinova@mail.ru |
6 | PhD. Mullaxodjaeva Ra’no Tashxodjaevna | rano-05@list.ru |
7 | PhD. Ametova Ulbo‘sin Kamiljanovna | ametovau20@gmail.com |
8 | F.f.n.dos. Qo‘shmoqov Mahamadali | muhammadali.qoshmoqov@mail.ru |
9 | PhD. Jo‘raeva Sobira Eshqurbonovna | sobirajuraeva@mail.ru |
10 | Kazakbaeva Dilrabo Jalolovna | dilrabokazakbayeva0707@mail.com |
11 | Ismoilov Bobur Xudoyarovich | bobur_ismoilov@internet.ru |
12 | Yusupova Nafisa Zikrillaevna | din_ara61@mail.ru |
13 | Sulaymonov Zaxiriddin O‘rol o‘g‘li | sulaymonovzaxiriddin@gmail.com |
14 | Prof. Yo‘ldoshev Qozoqboy Yo‘ldoshbekovich | qashqirli@mail.ru |
15 | Prof. Temur Ko‘ja o‘g‘lu | tkocaoglu@yahoo.com |
16 | F.f.d.dos. Asadov Maqsud Husenovich | alpbek2010@mail.ru |
17 | PhD. Nazarova Shahnoza Ibodullaevna | nazarxonova@mail.ru |
18 | f.f.n.dos.Umarova Maxliyo Yunusovna | u.mahliyo@mail.ru |
19 | F.f.f.d. (PhD). Xaitov Shuhrat Moylievich | shuhrathayitov84@mail.ru |
20 | F.f.f.d.(PhD). Po‘latova Malohat Rixsiboevna | maloxat_pulatova@tsuos.uz |
21 | Shomurodova Sevara Ilyasovna | shomurodovas1964@gmail.com |
22 | Sultonov Isajon Sultonovich | isajon_suitonov@mail.ru |
23 | Hojimatov Minhojiddin Mirzajonovich | M_hojimatov@umail.uz |
24 | f.f.n.prof. Zoir Toxirov | toxirovzoir753@gmail.com |
Ilmiy labaratoriyalar
Kafedra qoshida Erkin Vohidov ilmiy-ma’rifiy markazi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu markazda “Shoirning hoyot va ijod falsafasi”, “Ijod bog‘i – o‘lmas meros maskani”, “Shoir ijodi – ilmiy tadqiqotlar manbai”, “Erkin Vohidov va jahon” yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Erkin Vohidov ijodi bo‘yicha doktorlik va magistrlik dissertatsiyalari, bitiruv malakaviy va kurs ishlari tayyorlanmoqda.
To‘garaklar
1. 2018 yildan buyon “Hilol” to‘garagi faoliyat olib bormoqda. To‘garak ikki haftada bir marta chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu to‘garakda nazm, nasr va munaqqidlik ishi namunalari tahlil qilinadi. To‘garak rahbari f.f.n.dos. Qo‘shmoqov Mahamadali.
2. 2020 yildan “Matnshunoslik” to‘garagi faoliyat yuritib keladi. To‘garak haftaning payshanba va shanba kunlari bo‘lib o‘tadi. To‘garak natijasida talabalar asl matnni erkin o‘qiy olishadi. To‘garak rahbari f.f.n.dos. Mahmudov Jasurbek Husinovich
3. 2019 yildan boshlab “Dutorchi qizlar” to‘garagi faoliyat olib bormoqda. To‘garak rahbari PhD. Jo‘raeva Sobira Eshqurbonovna.
O‘zbekiston Respublikasi Vazarlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi “Atoqli adiblar va mutafakkirlar ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 502-sonli qarori hamda Vazarlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi 30/502-sonli Nazorat rejasi ijrosi yuzasidai Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasining 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan yoshlar bilan ishlash hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.