O‘zbek tilshunosligi kafedrasi

Qurbanova Muhabbat - Kafedra mudiri
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
e-mail:
Bugungi kunda O‘zbek filologiyasi fakulteti tarkibidagi tilshunoslik yo‘nalishidagi kafedralar ko‘p yillar davomida faoliyat ko‘rsatgan. O‘zbek tilshunosligi kafedrasini 1946-86-yillarda prof. Ayub G‘ulomov boshqardi. 1986-2016-yillar davomida kafedrani prof. Karim Nazarov, prof.Yormat Tojiyev, prof. Ra’no Sayfullaeva, prof. Muhabbat Qurbonovalar boshqarishdi. Mustaqillik arafasida O‘zbek tilshunosligi kafedrasi bazasida Umumiy tilshunoslik kafedrasi tashkil etildi va bu kafedraga dotsent M.Qodirov, A.Jurayev, X.Dadaboyev, dotsent B.Abdushukurovlar mudirlik qilgan. 80-yillar o‘rtasida Turkologiya va Fakultetlararo o‘zbek tili kafedralari faoliyat yuritgan va prof. Iristoy Qo‘chqortoyev, dotsent Abduroziq Rafiyev, dotsent Havoxon Qahhorovalar mudirlik qilgan. 2016-yilda tashkil etilgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti tarkibidagi O‘zbek tilshunosligi va o‘zbek tili metodikasi kafedralari yuqoridagi kafedralar negizida tashkil etildi. Filologiya va tillarni o‘qitish( o‘zbek tili) yo‘nalishiga ma’lum muddat talaba qabul qilinmadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 11-maydagi “O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2527-sonli qarorining ilovasiga asosan O‘zbek tili va nutq madaniyati kafedrasi tashkil etildi. Kafedrani 2016-yilning sentyabr oyidan f.f.n., dos. M.T.Abduraxmanova boshqardi. 2018-yildan keyin O‘zbek filologiyasi kafedrasi qayta tiklandi, 2019-yil noyabr oyidan prof. Muhabbat Qurbonova mudirligida O‘zbek tilshunosligi kafedrasi faoliyat boshladi. Bu o‘quv yilida O‘zbek tilshunosligi kafedrasi bazasida Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi tashkil etildi.
O‘tgan davr ichida tilshunoslikka oid qator tadqiqotlar amalga oshirildi, ko‘plab kitoblar chop etildi. Professor Y.Tojiyevning “O‘zbek tilida affiksal sinonimiya” (fe’l yasalishi,fe’l yasovchilar, fe’l shakllari hosil qiluvchilar 1992), “O‘zbek tili morfemikasi” (1992), “O‘zbek tili grammatikasi” 1999), “O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari” (Darslik, hammualliflikda 1994, 2006),
Professor R.Sayfullayeva va M.Qurbonovalarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (R.Sayfullaeva va b.), professor M.Qurbonovaning “Zamonaviy morfologiya” (jamoa bilan hamkorlikda) 2009, “O‘zbek dialektologiyasi” , “Kompyuter lingvistikasi” (A.Po‘latov), “Xorijiy sotsiolingvistika” (H.Dadaboyev, Sh.Usmonova), “Turkiy tillarning etimologik lug‘ati” (Sh.Rahmatullayev), “Hozirgi adabiy o‘zbek tili” (Sh.Rahmatullayev), “Ona tili o‘qitish metodikasi” (M.Qodirov va b.), “O‘zbek tili” (M.Abdurahmanova va b.2018 ), “Hozirgi o‘zbek tili” (R.Sayfullayeva va boshqalar. 2010), “Hozirgi o‘zbek tili” (R.Sayfullayeva va boshqalar. 2021) darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratilgan oliy ta’lim tizimida faol qo‘llanilmoqda.
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor o‘qituvchilari filologiya sohasidagi jahonning yetakchi ilmiy maktablari bilan aloqa o‘rnatgan, Anqara universiteti (Turkiya), Baku-Slavyan universiteti Gumilev nomidagi Yevrosiyo universiteti va Al-Farobiy nomidagi Milliy universiteti va boshqa ilmiy markazlar bilan hamkorlikda ilmiy va pedagogik ishlar olib borilmoqda. Ular natijasida bir necha xalqaro ilmiy konferensiyalar o‘tkazilmoqda, qo‘shma dasturlar asosida til va adabiyot bilimlari o‘qitilmoqda.
Bino manzili: O‘zMU 1-bino 1-qavat 104-xona O‘zbek tilshunosligi kafedrasi
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
№ | Fan nomi | Fan hakida qisqacha ma’lumot |
1 | Hozirgi o‘zbek tili | Hozirgi o‘zbek adabiy tilining sathlari, til birliklarining struktur-semantik, funksional xususiyatlari, fonetika va fonologiya munosabati, nutqning og‘zaki va yozma shakllari, turg‘un birikmalarning xususiyatlari yoritilgan. |
2 | O‘zbek tili o‘qitish metodikasi | O‘zbek tili va adabiyot o‘qitish metodikasining predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, fanning ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligi, shakllanish jarayoni, taraqqiyoti, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabati, mazkur munosabatni zamonaviy ta’lim standartlari asosida tahlil qilish. O‘zbek tili va adabiyot darslari jarayonida o‘quvchilarga fan doirasida bilim berish, badiiy va ilmiy adabiyotlar mutolaasiga yo‘naltirish, yozma va og‘zaki nutqiy kompetensiyasini shakllantirish. |
3 | O‘zbek tili tarixi | «O‘zbek tili tarixi» fani o‘zbek tilining bir necha yuz yillik shakllanish va taraqqiy etish dinamikasini kuzatish, davrlar osha yetib kelgan qo‘lyozma manbalar va ularning mavjud nashrlaridagi ashyoviy materiallarga suyangan holda fonetik, morfologik, leksik hamda sintaktik xususiyatlari haqida bilim berish vazifasini bajaradi. Fanni o‘qitishdan maqsad – tarixiy tilshunoslikning nazariy va amaliy masalalarini tahlil qilish, o‘zbek tili tarixini davrlashtirish masalasiga munosabat bildirish, eski turkiy adabiy til va uning yodgorliklarini tavsiflash, eski o‘zbek adabiy tili va shu tilda bitilgan yozma manbalarni tahlil qilish, o‘zbek tilining fonetik, leksik, grammatik taraqqiyotiga doir ma’lumotlarni umumlashtirish, o‘zbek adabiy tilining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini tahlil qilish, o‘zbek adabiy tilining qardosh turkiy tillar bilan munosabatini faktik material asosida yoritish ilmiy-nazariy ma’lumot berishdan iborat. |
4 | Tilshunoslik nazariyasi va umumiy tilshunoslik | Tilshunoslik sohasining predmeti, vazifalari, tilning ijtimoiy tabiati, shakllanish jarayoni, taraqqiyoti, til va jamiyat, til va tafakkur munosabati, til-lison-nutq munosabati yoritilgan. |
5 | O‘zbek dialektologiyasi | O‘zbek dialektologiyasi fani doirasidagi asosiy masalalarni, dialektal ushunchalarni, o‘zbek dialektologiyasi nazariy asoslari, amaliy jihatlari, transkripsiya, lingvistik xarita haqida bilim berish, ulardan amalda foydalanish ko‘nikma hamda malakasini shakllantirishdan iborat. O‘zbek dialektologiyasining fan sifatidagi xususiyatlari, “dialekt”, “lahja”, “sheva” terminlarining mazmun-mohiyati, umumxalq tilining tarkibiy qismi, lahja va shevalarning tarqalish hududi, o‘zbek lahjalari, shevalariga xos xususiyatlar, shevalar tasnifi, fonetik, leksik hamda grammatik o‘ziga xosliklari haqida tasavvur paydo qilish. |
6 | Tilshunoslikka kirish | Tilshunoslik sohasining predmeti, vazifalari, tilning ijtimoiy tabiati, shakllanish jarayoni, taraqqiyoti, til va jamiyat, til va tafakkur munosabati, til-lison-nutq munosabati yoritilgan. |
7 | Turk tili | Tilning funksional tasniflari, til va jamiyatning o‘zaro bog‘likligi |
8 | Sotsiolingvistika | Tilning ijtimoiy tabiati, til va jamiyatning o‘zaro bog‘likligi, lisoniy vaziyatlar, tilning funksional tasniflari, sotsiolingvistikada savodxonlik masalalari yoritilgan. |
9 | Kompyuter lingvistikasi | Kompyuter lingvistikasini o‘zlashtirish Zamonaviy dasturlar yordamida OAV texnika va texnologiyalaridan foydalanish.internetda ishlash va uni amalda qo‘llash |
10 | Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi | Tilshunoslik sohasining predmeti, vazifalari, tilning ijtimoiy tabiati, shakllanish jarayoni, taraqqiyoti, til va jamiyat, til va tafakkur munosabati, til-lison-nutq munosabati yoritilgan. |
11 | O‘zbek tilshunosligi tarixi | |
12 | Adabiy til tarixi | |
13 | Uslubiyat asoslari | |
14 | Nutq madaniyati |
Magistratura - Lingvistika(o‘zbek tili) - 70230101
№ | Fan nomi |
1 | Matn tilshunosligi |
2 | Lingvokulturologiya |
3 | Psixolingvistika |
4 | Pragmalingvistika |
5 | Nazariy tilshunoslik |
6 | Areal lingvistika |
Kafedra tarkibi
Professor- o‘qituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni, lavozimi | |
1 | Qurbonova Muhabbat Matyakubovna | F.f.d.,professor, kafedra mudiri |
2 | Sayfullaeva Ra’no Raupovna | F.f.d., professor |
311 | Keldiyorova Gulchehra Saydievna | F.f.n.,dotsent |
4 | Alavutdinova Nodira Ganievna | P.f.n., dotsent.v.b. |
5 | Ubaydullaev Alisher Abdusalomovich | F.f.n., dotsent |
6 | Xomidova Mahfuzaxon Farhodjon qizi | F.f.f.f.d. (PhD) katta o‘qituvchi |
7 | Yandashova Tursunoy Rustam qizi | F.f.f.f.d. (PhD), dotsent v. b. |
8 | Isroilova Saodat Turopovna | F.f.f.f.d. (PhD), katta o‘qituvchi |
9 | Xo‘jamqulova Maxbuba Bobonazarovna | o‘qituvchi |
10 | Qobilova Nargiza Eshimovna | o‘qituvchi |
11 | Rasulov Namoz Murodulloevich | o‘qituvchi |
12 | Saatova Surayyo Ismailovna | Stajyor-o‘qituvchi |
13 | Tursunova Sojida Ahmadjon qizi | Stajyor -o‘qituvchi |
14 | Toshpo‘latova Nilufar Abdug‘ani qizi | Stajyor -o‘qituvchi |
15 | Sarbarova Dilnoza Nosirjon qizi | Stajyor -o‘qituvchi |
16 | Karimova Mastura Abdulaxad qizi | Stajyor -o‘qituvchi |
№ | Familiya ismi sharifi | Elektron pochta |
1 | Qurbonova Muhabbat Matyakubovna | qurbonova2007@mail.ru |
2 | Sayfullaeva Ra’no Raupovna | r.sayfullayeva@nuu.uz |
3 | Keldiyorova Gulchehra Saydievna | n.keldiyorova@nuu.uz |
4 | Alavutdinova Nodira Ganievna | n.alavutdinova@nuu.uz |
5 | Ubaydullaev Alisher Abdusalomovich | a.ubaydullayev@nuu.uz |
6 | Xomidova Mahfuzaxon Farhodjon qizi | mahfuzaxon.xomidova@mail.ru |
7 | Yandashova Tursunoy Rustam qizi | yandashova92@gmail.com |
8 | Isroilova Saodat Turopovna | israilovasaodat64@gmail.com |
9 | Saatova Surayyo Ismailovna | surayyosaatova23@gail.com |
10 | Tursunova Sojida Ahmadjon qizi | sojidatursunova0525@gmail.com |
11 | Aliev Faxodbek Mirzoulug‘bek o‘g‘li | farhod.aliyev94@mail.ru |
12 | Toshpo‘latova Nilufar Abdug‘ani qizi | n.toshpulatova@nuu.uz |
13 | Sarbarova Dilnoza Nosirjon qizi | Sarbarova Dilnoza Nosirjon qizi |
14 | Qobilova Nargiza Eshimovna | n.qobilobva@nuu.uz |
15 | Xujamqulova Maxbuba Bobonazarovna | m.xujamqulova@nuu.uz |
16 | Rasulov Namoz Murodulloevich | rasulovnamoz89@gmail.com |
Kafedraning xalqaro ilmiy aloqalari:
2021-yilning 21-24-sentyabr kunlari O‘zbekiston Milliy O‘zbek tilshunosligi va O‘zbek adabiyotshunosligi kafedralari hamda Anqara universiteti Til va tarix, jo‘g‘rofiya fakultetida Zamonaviy turk lahjalari va adabiyotlari kafedrasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi va Buyuk jadidchilar xotirasiga bag‘ishlangan “Turk dunyosi jadidchiligi” simpoziumi bo‘lib o‘tdi. Simpoziumda dunyoning ko‘pgina davlatlaridan 100 dan ortiq jadidshunoslik bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar ishtirok etdi. Xalqaro konferensiyaning ochilishida har ikki universitet rahbariyati ishtirok etib, simpozium ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Ushbu konferensiyada kafedra a’zolari professor R.Sayfullaeva, prof. M.M.Kurbanova, PhD M.Homidova, PhD T. Yandashevalar mavzuga oid ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, prof.M.Kurbanova tashabbusi bilan Anqara universiteti Til va Tarix-Geografiya fakulteti Hozirgi turkiy tillar va adabiyotlari bo‘limi bilan hamkorlikda onlayn tarzda 2020-2021-o‘quv yilining 2-semestridan boshlab ZAMONAVIY TURKIY TADQIQOTLAR MA’RUZALARI tashkil etildi. Bu onlayn ma’ruzalardan maqsad har ikki universitet mutaxassislari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, turkologiyaga oid dolzarb muammolar xususida fikr almashish, ikkala universitet talabalar va yosh tadqiqotchilarini sohaga oid yangiliklardan yaqindan xabardor etishdir.

Unda turkologiya va turkiy tillar tarixi, turkiy yodgorliklar tili, o‘zbek va turk tillari qiyosi, o‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligining nazariy masalalari, hozirgi o‘zbek va turk tili grammatikasi masalalari, turkiy tillar lug‘atchiligi kabi ilmiy muammolar haqida har ikkala universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’ruzalar muntazam tashkil etildi. (Darslar Anqara universitetining rasmiy veb-saytiga va You Tube ijtimoiy tarmog‘iga to‘liq joylashtirilgan).
Kafedra a’zolari xalqaro aloqalarni davom ettirib 2022-yilning may oyida Turkiyaning Anqara universitetiga memorandum asosida tashrif buyurdi.
Kafedrasi mudiri, prof. Muhabbat Kurbanova hamda kafedra o‘qituvchisi Namoz Rasulovlar Anqara universiteti Til va tarix, jo‘g‘rofiya fakultetida Zamonaviy turk lahjalari va adabiyotlari bo‘limi talabalariga o‘zbek tili grammatikasi, o‘zbek tili tarixi haqida mashg`ulotlar olib borishdi. Safar davomida Anqara universitetining onlayn platformasi, Hozirgi turkiy tillar va adabiyotlari boʻlimining kutubxona va resurs markazlari bilan tanishildi, ushbu kafedraning oʻquv rejasidan joy olgan oʻzbek tili, oʻzbek adabiyotiga oid darslar kuzatildi.

“O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi bilan L.N.Gumilyev nomidagi Yevrosiyo Milliy universiteti turkologlari o‘rtasida xalqaro aloqalar keng yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra tomonidan 2021-yilning 19 oktabr kunio‘tkazilgan “O‘ZBEK TILI TADQIQI VA TA’LIMI MUAMMOLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman L.N.Gumilev nomidagi Yevrosiyo Milliy universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Konferensiyaning yalpi majlisida L.N.Gumilev nomidagi Yevrosiyo Milliy universiteti professori Karlig`ash Serekenova tabrik so‘zi va ilmiy ma’ruza bilan qatnashdi. Shuningdek, ushbu tadbirda universitetning bir qator professor –o‘qituvchilari ham qiziqarli ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Gumilyev nomidagi Yevrosiyo Milliy universitetida 2021- yil 29 -oktabrda ushbu universitet bilan hamkorlikda xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Bu xalqaro konferensiyaning yalpi majlisida O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, prof. Muhabbat Kurbanova tomonidan ilmiy ma’ruza qilindi. O‘zbekiston Milliyuniversiteti va ushbu universitet o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik davom etmoqda. Ikkala universitet o‘rtasida imzolangan memorandum asosida har ikki universitet prof- o‘qituvchilari tomonidan turkologiya masalalari bo‘yicha onlayn darslar tashkil qilingan.
O‘zMU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan 2022-yil 21-oktabr sanasida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33-yilligiga bag‘ishlangan “ Ona tilim, buyuklikda eng baland tog‘san” nomli tadbir tashkil etildi.
2022-yil 23-dekabrda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tashabbusi bilan “O‘zbek tili tadqiqi va ta’limi muammolari” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.