Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati” tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar o‘rtasida ekologik ong va madaniyatni yuksaltirish, ularni ekologik volontyorlik asosida ijtimoiy faollikka undash, mamlakat miqyosidagi ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliy faoliyatga jalb etish maqsadida “O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati” faoliyati yo‘lga qo‘yimoqda.

O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakatining asosiy vazifalari:

  • Talabalar va yoshlar orasida ekologik ong, mas’uliyat va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish;
  • Atrof-muhit muhofazasi, chiqindilarni qayta ishlash, suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar,
  • seminar va treninglar tashkil etish;
  • Ekologik tadbirlar – “Yashil hudud” yaratish, daraxt ekish, tozalash aksiyalari, ekologik marafonlar, eko-festivallarni o‘tkazish;
  • Ekologiya sohasi bo‘yicha tajribali mutaxassislar, olimlar va amaliyotchilar bilan uchrashuvlar, mahorat darslari tashkil qilish;

Talabalarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion va tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishga ko‘maklashish va boshq.


O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati KONSEPSIYASI

“O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati”ga a’zo bo‘lishni istaysizmi?
Unda ro‘yxatdan o‘ting!