O’zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o’quv markazi tashkil etilganiga uch yil bo’ldi

O'tgan qisqa uch yillik davr mobaynida o'quv markazi ofitserlari, professor-o'qituvchilari hamda ishchi-xodimlari mehnatlari natijasida yetarli darajadagi o'quv moddiy baza yaratildi, o'quv tarbiya jarayoni va markazning ilmiy salohiyatini yuksaltirishga erishildi. Harbiy tayyorgarlik o'quv markazi ofitserlari hamda professor-o'qituvchilari o'z xalqiga, Prezidentiga va Vataniga sadoqatli bo'lgan bo'lg'usi rezerv va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlashda, o'qitish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, markaz o'quv-moddiy bazasini rivojlantirishdagi vazifalarini sidqidildan bajarib kelmoqdalar.






Shu munosabat bilan, o'z xizmat vazifalarini bajarishga vijdonan yondashganligi, yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun hamda Harbiy tayyorgarlik o'quv markazi tashkil etilganligining 3 yilligi munosabati bilan zahiradagi va iste’fodagi ofitserlar, qurolli kuchlar ishchi va xizmatchilari, kursantlar faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
O`zMU Axborot xizmati