O‘zbekiston Milliy universitetida atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash hamda tavalludining 105 yilligiga bagʻishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi

O‘zbekistonning XX asrdagi zabardast davlat arboblaridan biri hisoblangan Sharof Rashidov hayoti va faoliyatini tadqiq etish hamda keng jamoatchilik e’tiboriga havola etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Sharof Rashidovning hayoti talaba-yoshlar uchun ham ibrat maktabidir. Shu maqsadda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida OʻzMUda mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash hamda tavalludining 105 yilligiga bagʻishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o
'tdi. Unda Sharof Rashidov hayot yo‘liga bag‘ishlangan bir qator asarlar muallifi, adib Fyodor Ibatovich Razzakov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Yuzga yaqin kitoblar muallifi hisoblangan Fyodor Razzakov ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda universitetning tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari ishtirok etdi. Tadbirda Fyodor Razzakovning Sharof Rashidov haqida yozilgan ikki kitobi: “Politbyurodagi korrupsiya. “Qizil o’zbek” ishi” va “Rashidovni qutqarish! Andropov SSSRga qarshi” asarlari taqdimotlari oʻtkazildi.




Tadbirni kirish so‘zi bilan universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yoqub Ergashev ochib berdi. So‘ngra so‘z taniqli jurnalist Rahimjon Sultonovga berildi. Rahimjon Sultonov adib Fyodor Razzakovning hayoti va faoliyati, asarlari haqida ma’lumot berdi. Adibning Sharof Rashidov haqida asarlar yozishiga sabab bo‘lgan omillar haqida ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng, so‘z navbati tadbir sababchisi boʻlgan Fyodor Razzokovga berildi. Fyodor Razzokov o‘zining “Politbyurodagi korrupsiya. “Qizil o’zbek” ishi” va “Rashidovni qutqarish! Andropov SSSRga qarshi” asarlari haqida so‘zladi. Jumladan, sobiq Sovet davlatlari chegaralarida yuzaga kelgan tarixiy vaziyat haqida fikr bildirar ekan, O‘zbekiston SSR rahbarlari faoliyatlariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Talabalar uchun qiziqarli bo‘lgan tarixiy voqea va jarayonlarga alohida to‘xtaldi. O‘zbekisttonning 1959–1983-yillardagi siyosiy hayoti va iqtisodiyoti masalasiga oid qimmatli ma’lumotlarni taqdim etdi.
Adib hozirgi zamon sharoitida eng yangi tarixni tadqiq etish yo‘lida yangicha yondashuvlar nechog‘li zarur ekanligini ta’kidladi. O‘z so‘zi so‘ngida O‘zbekiston tarixida katta o‘rin tutgan Sharof Rashidovning Markazni siyosiyatiga munosabati masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Sharof Rashidovning nafaqat O‘zbekiston yoki sobiq Ittifoq tarixida, balki dunyo tarixida muhim iz qoldirgan siyosat arbobi ekanligini asoslab berdi.
Tadbir davomida adibning yuqorida tilga olingan asarlari yoshlar tafakkurini o‘stirishiga xizmat qilishi, shu sababli ham talaba-yoshlar shu kabi asarlarni doimiy mutolaa qilib borishlari lozimligi ta’kidlandi. Shundan so‘ng, so‘z navbati Jahon tarixi kafedrasi mudiri, t.f.d. Dilshod O‘roqovga berildi. Tarixchi olim D. O‘roqov bugungi uchrashuv sababchisi F. Razzokovga minnatdorchilik bildirib, hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish lozimligini qayd etdi.
Uchrashuv davomida t.f.f.d. (PhD) Nodira Vaisova Sharof Rashidovning hayoti va faoliyati, adib tomonidan qalamga olingan voqea-hodisalarning tarixiy tahlili haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. T.f.f.d. (PhD) Asxat Biykuziyev, t.f.n., dots. Sofiya Gabrielyanlar adib va uning ijodiga oid o‘z mulohazalarini bildirdilar. Tadbir yakunida professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.
O’zMU Axborot xizmati