Bugun, 14-oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi saylovi yig‘ilishi bo’lib o’tdi.

Unda universitet birinchi prorektori Jabbor Muhammadiyev, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi raisi Shukurulloxon Anvarov, yoshlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi mas’ullar hamda faol talaba yoshlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Yoshlar Ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlandi. Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti 1-kurs magistranti Daler Safarov universitet yoshlar yetakchisi etib saylandi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida faoliyat olib boradigan yoshlar yetakchisi hamda fakultet va yo‘nalish koordinatorlariga «Ishonch yorlig‘i» tantanali ravishda topshirildi.

Yangi saylangan yoshlar yetakchisi hamda fakultet va yo‘nalish koordinatorlari zimmasidagi mas’uliyatning ahamiyati alohida ta’kidlanib, ularning faoliyatida yuqori natijalarga erishishlari, jamoaviy vazifalarni samarali amalga oshirishlari hamda universitet maqsad va vazifalarini izchil bajarishlari uchun samimiy tilaklar bildirildi.
O’zMU Axborot xizmati