Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O’zbekiston ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda gender masalalariga bag’ishlangan trening

O’zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida "O'zbekiston ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda gender masalalari" mavzuida trening o’tkazildi.
Trening o’tkazishdan asosiy maqsad talabalarni gender tengligining huquqiy asoslari, O'zbekiston ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda gender masalalarini yoritishga qaratilgan genderga to'g'ri yondashuvlarni qo'llash bilan tanishtirishdan iborat.
Ushbu treningni Gender ta'limi bo'yicha mutaxassis Malika Inakova, USAID Legal Reform Program f.f.d. Yoqutxon Mamatova olib bordilar. Jurnalistika fakulteti talabalari treningda “O'zbekistonda gender tengligining huquqiy asoslari”, “Jamiyatda gender siyosati va gender stereotiplari”, “Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda “Nafrat tili”, “Zo'ravonlik. Uning ildizlari va ijtimoiy oqibatlari. Zo'ravonlikka qarshi kurashda huquqiy omillar” mavzularda ma’ruzalar tingladilar. Shuningdek, talaba-yoshlar guruh bo’lib shakllanib, “O'zbekiston ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarida ayollar va erkaklar qiyofasi” mavzusida ommaviy axborot vositalari amaliyotini tahlil qildilar. Trening taqdimot mavzusiga doir savol-javoblar va ilmiy mulohazalar bilan o’z nihoyasiga yetdi.

O’zMU Axborot xizmati