Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zMU akademigi Amerikaning nufuzli universitetlarida ma’ruza o‘qidi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Fiziologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktori, Odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi professori, akademik  Bakridin Zaripov  2024-yil 21-martdan 12-aprelgacha AQSHda xizmat safarida bo‘lib qaytdi. 

Safar davomida  NASA loyihalarida ishtirom etuvchi olimlar jamiyatida, AQSHning nufuzli ta’lim dargohlari Garvard universiteti, Pittsburg universiteti hamda Nyu-York   universitetlarida  ilmiy va o‘quv faoliyatida ma’ruzalar bilan ishtirok etdi. 

“Vet-Vittles” ilmiy-ishlab chiqarish kompaniyasi va Fiziologiya ilmiy tadqiqot markazi o‘rtasida  memorandum tuzildi.