O’zMU delegatsiyasi Konstantin Filosof universitetiga tashrif buyurdi

16-23 may kunlari O‘zbekiston Milliy universiteti delegatsiyasi Slovakiyaning Nitra shahri Konstantin Filosof universitetiga tashrif buyurib, O‘zMU va Konstantin Filosof universiteti o‘rtasidagi memorandum hamda Erazmus Mundus K-171 loyihasi bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirdi. 19-may kuni Nitra Konstantin Filosof universiteti Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori, prof. Dr. Martina Pavlikova hamda San’at fakulteti dekani, PhD, Dr., prof. Martin Xetani bilan O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani, PhD, dotsent Komiljon Inakov, O‘zMU Ta’lim sifati nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, PhD Shuhratjon Lakayev, Falsafa va mantiq kafedrasi mudiri, prof. Shahnoza Madayevalar uchrashuvda ikki universitetning hamkorlikda olib borayotgan faoliyati, kelgusidagi rejalarni muhokama qildilar.

Ushbu muhokamada :
1. Yevropa va Markaziy Osiyo ijtimoiy-gumanitar fanlarining Erazmus Mundus va Yevropa ittifoqining boshqa ta’lim dasturlari bo‘yicha ikki universitet o‘rtasiga olib borish mumkin bo‘lgan dasturlari haqida gaplashildi.
2. Konstantin Filosof universiteti misolida Yevropa ta’lim sifati me’yorlari va tamoyillari, kredit tizimida ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha tajriba almashildi.
3. Xorijiy hamkorlar tomonidan Erazmus Mundus K-171 loyihasi 2024-2025 yillar uchun uzaytirilgani ma’lum qilindi va O‘zMU ga hamkor universitet sifatida yangi tasdiqlangan memorandum taqdim etildi.
4. Erazmus Mundus K-171 loyihasi bo‘yicha ijtimoiy gumanitar fanlarning sohalarini kengaytirish, tizimli tahlil, ijtimoiy ish va madaniy antropologiya bo‘yicha olimlar mobillik almashinuvi kelishib olindi.
Shuningdek 22-may kuni O‘zMU delegasiyasi Nitra Konstantin Filosof universitetining yangi tashkil etilgan San’at va turizm menedjmenti instituti rahbarlar prof. PhD, Dr. Boris Michalik va kafedra mudiri PhD. Jozef Politevka hamda bir qator olimlar bilan uchrashib yangi yo‘nalishlar, ijtimoiy-gumanitar fanlarga oid yangi amaliy tajribalar va boshqaruv prinsiplari bilan tanishishdi.



Hamkorlik davomida ijtimoiy-gumanitar fanlarni raqamlashtirish, sosial amaliyoti sohalarini kengaytirish, IT texnologiya orqali modellashtirish, tizimli tahlil sohasi bo‘yicha ingliz tilida elektron qo‘llanma yaratish vazifalari rejalashtirildi.
O‘zMU Axborot xizmati