Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O’zMU Geologiya va muhandislik geologiyasi fakultetida sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida uch avlod uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Geologiya-mineralogiya fanlari doktori, akademik, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Abdurazzoq Mirzayev, Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh geolog o‘rinbosari Ilhomjon Hamroyev hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati yetakchi geologi Shomurod To‘qsonov universitetda mehmon bo'lib, tadbirda ustozlarning geologiya sohasiga qo‘shgan hissalari, ilmiy faoliyatlari tilga olindi. 🔶 Shuningdek, uchrashuvda universitet rahbariyati, jumladan, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Jabbor Muhammadiyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Yoqub Ergashov, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda fakultet talabalari ishtirok etdi.