O‘zMU olimlari hammuallifligidagi monografiya Germaniyada nashr etildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professorlari Fazliddin Hikmatov va G‘olib Yunusov, dotsentlari G‘ulomjon Umirzoqov va Narzikul Erlapasov, magistrantlari Zulfiya Quranbayeva va Bibinur Gulmirzayeva hammuallifligidagi “Towards Sustainable Future of Central Asia: Analysis of Climate, Resources and Human Security” (“Markaziy Osiyoning barqaror kelajagi sari: iqlim, resurslar va inson xavfsizligi tahlili”) nomli monografiya Germaniyada nashr etildi.

Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Polsha, Shveysariya, Yaponiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston olimlari hamkorligida tayyorlangan mazkur ilmiy nashrda Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi, suv resurslari, muzliklar, qishloq xo‘jaligi hamda inson xavfsizligi bilan bog‘liq tadqiqotlar natijalari yoritilgan. Monografiyani tayyorlashda O‘zMU olimlari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti (GMITI) olimlari ham munosib hissa qo‘shgan.

Monografiya Springer Nature nashriyotining Shveysariyaning Cham shahridagi nashriyot bo‘linmasi tomonidan Advances in Global Change Research turkumining 84-jildi sifatida chop etilgan. Nashr Scopus bazasida indekslangan turkumga kiradi. Monografiyaning to‘liq matni Open Access tamoyili asosida PDF va EPUB formatlarida bepul foydalanish uchun taqdim etilgan.

📚 Monografiyani o‘qish va yuklab olish:
https://link.springer.com/book/10.1007/978-3-032-29989-5

O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi monografiyani tayyorlashda ishtirok etgan barcha o‘zbekistonlik olimlarni ushbu xalqaro ilmiy yutuq bilan tabriklaydi va ularga kelgusi ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi!